Keramik g’ishtning markalari
4-jadval
G’ishtning
markasi
|
CHegaraviy mustahkamligi(5 ta namunadan o’rtachasi), MPa, kamida
|
Siqilishdagi
|
Egilishdagi
|
Plastik qoliplangan va yarimquruq usulda presslangan g’isht uchun
|
Plastik qoliplangan g’isht uchun
|
Quruq usulda presslangan g’isht uchun
|
300
250
200
150
125
100
75
|
30
25
20
15
12,5
10
7,5
|
4,4
4,0
3,4
2,8
2,5
2,2
1,8
|
3,4
3
2,6
2
1,8
1,6
1,4
|
Bu raqamlar g’ishtning 1 kvadrat santimetr yuzasiga tug’ri keladigan va kilogrammda berilgan yukning miqdorini belgilaydi. Qurilish g’ishti 6-14 % suv yutish, o’n besh marta ketma – ket, minus 15 va plyus 20 daraja oraligida o’zgargan muhitga chidamli bo’lishi kerak. Uning 1 kub metr hajm og’irligi 1450 kilogrammdan kam emas.
Sovuqqa chidamliligiga ko’ra g’isht to’rt markaga bo’linadi: Mrz 15, 25, 35 va 50.
Loy quriganda va pishganda cho’kkani uchun g’isht o’lchamlari va shakllaridan fizik-mexanik xossalar ko’rsatkichini pasaytirmaydigan quyidagi chetga chiqishlarga yo’l qo’yadi:
Plastik qoliplangan g’isht uchun uzunligi bo’yicha + 5, eniga + 4 va qalinliga bo’yicha + 3;
Qirralari va qobirg’alarining qiyshayishi enli tomoni bo’yicha 3 mm dan oshmasligi kerak;
Uzun yog’ida u yoqdan bu yoqqa o’tuvchi yoriqlar enli tomoni bo’ylab 30 mm dan oshmasligi kerak;
Urilgan va to’mtoqlangan qirralar va burchaklari bir g’ishtda 2 tadan va uzunligi 15 mm dan oshmasligi kerak.
Yaxshi pishirilgan g’isht urib ko’rilganda jarangli, aks holda jarangsiz tovush chiqadi.
Qurilish g’ishti fizik–kimyoviy jihatdan kalьtsiy, magniy, alyumosili-kat, temir silikati singari tuzlar va kremniy (IV) oksidi asosida qotirilgan suyuqlikning evtektik qotishmasidan iborat.
Harorat 1200-1300 oS bo’lganda u butunlay erib ketadigan shishasimon moddaga aylanib qoladi.
Yuzali g’ishtlar qam xuddi oddiy g’isht o’lchamlarida ishlab chiqariladi, lekin ularning yuzasi keyinchalik eritma bilan suvalmagani uchun yaxshi kuygan, tashqi ko’rinishi tekis va zich bo’lishi kerak. Bu g’ishtlar arxitektura ahamiyatiga ega bo’lgan imoratlarning peshtoqini bezashda qo’llanilgani uchun uning yuzasi yupqa qavat yaxshi pishadigan oq tuproq yoki sir, angobalar bilan qoplangan.
Bunday g’ishtlar bilan Buxorodagi Samoniylar maqbarasi, Andijondagi Jomiy masjidi, Alisher Navoiy nomli Akademik opera va balet teatrining tashqi devori bezalgan. Ularning naqadar ko’rkamligiga bir boqib ko’ringchi. Ko’pincha bunday g’ishtlarni qoliplarda quyish vaqtida unga mexanik usul bilan juyak bosilib, shakl hosil qilinadi, rangli to’kma quyiladi.
Yuzali g’isht sifatli lyoss va kaolin tuprog’iga turli aralashmalar, jumladan shishasimon modda qo’shish orqali olinadi. Yuqori harorat – 1100 daraja atrofida o’zaro birikish va kristallanish jarayonlari zudlik bilan ro’y berganligi sababli tiniq, silliq yuza hosil bo’ladi.
G’isht deganda yana uning izolyatsiya maqsadlarida ishlatiladigan yengil vaznli, serkovak va serkovak – ichi kovakli turlari ham tushuniladi. Bu g’ishtlar xajm og’irligini kamaytirish maqsadida olib borilgan izlanishlar natijasida bunyodga keldi.
Nihoyatda yengil bo’lgan bu xildagi yengil vaznli g’ishtlarning 1 tonnasini par qozonlari, turbina, pech va issiqlik uzatish trubalarini qurishda ishlatish natijasida xalq xo’jaligida bir yilda 200 tonna atrofida issiqlikni tejash imkoniyatigaega bo’linadi. Texnika vositalari orasida kovakli g’ishtga teng keladigan, yonmaydigan, issiqlikni tejash koeffitsienti 95-97 % ga yetadigan boshqa qurilish materialini topish amri maxol.
Yana uning akustik xususiyatlarini aytmaysizmi? Kovakli g’ishtda tovush yutish va tovushni izolyatsiya qilish nihoyatda a’lo darajadadir.
Ichi kovak g’ishtlar 12, 16, 19, 24, 31, 65, 105 teshikli qilib chiqariladi (3-rasm).
Serkovak g’ishtlarning minerologik tarkibi xudi oddiy qurilish g’ishtining tarkibiga aynan o’xshash, ammo tanada sferik shakldagi juda mayda mikroskopik bo’shliqchalarning bo’lganligi ularning 1 kub metr xajmi og’irliklarini 1450 dan 600 kilogrammgacha tushib qolishiga sababchidir. Albatta, har bir g’ishtning og’irligi 4 kilogrammdan ancha kam bo’ladi.
Teshiklarning ko’pligiga qarab g’ishtlarning og’irligi 2,5 kilogrammgacha kamayadi, issiqlikni saqlash xususiyati esa ortadi, ammo siqilishga chidamliligi kamayadi. SHuning uchun ham ichi kovak g’ishtlarni ishlab chiqarish protsessida uning markasini keskin kamayishiga yo’l qo’ymaslik darkor.
Keyingi yillarda g’ishtning serkovak va ichi kovak turlari o’rniga serkovak – ichi kovakli g’isht turi ko’plab ishlab chiqarilmoqda. Bu effektiv g’isht turi massaga kuyuvchi qo’shimchalar (mayda ko’mir, qipiq) va g’isht qoliplarga maxsus kernlar quyish orqali amalga oshirilmoqda.
G’ishtning turlari ko’p. SHundan biri kislotaga chidamli g’isht. Fazali tarkibi asosan mullit va kvarts minerallaridan tashkil topgan bunday g’ishtlarning markasi 200 dan, kislotalarga chidamliligi 94 % dan kam bo’lmasligi uning asosiy xossalaridir.
G’ishtning kimyoviy tarkibi qanday va qaysi komponentlar asosida olinadi? Oddiy qurilish g’ishtini yasash uchun avvalo lyoss nomi bilan ataluvchi va tarkibida 50 % suv hamda angidrid gazidan iborat tuproq ishlatiladi. Bu tuproqning erish temperaturasi 1150–1180 darajaga teng bo’lib, toshga aylanish temperaturasi 1050–1100 daraja atrofidadir.
O’tga chidamli bo’lgani uchun uni o’choqlar, xumdonlar qurishda hamda 1-2 qavatli bino devorlarini terishda ishlatish mumkin. G’ishtni quritish jarayonida uning kirishishligini kamaytirish maqsadida qorishma bikir qilib tayyorlanishi kerak va qorishmaga oz miqdorda qum yoki shamot kabi mayda to’ldirgichlar qo’shiladi.
Engil vaznli izolyatsiya g’ishtini olishda lyoss, slanetsli tuproq, diotomit, trepel kabi plastik moddalar, bazalьt, granit, diabaza, traxit kabi tog’ jinslari yoki domna toshkoli, issiklik elektrostantsiyalarining kullari kabi sanoat chiqindilaridan foydalaniladi. Mahsulot vaznida atom va molekulalar zichligini kamaytirish maqsadida esa gaz, kupik, o’tin, torf, qamish, xashak, alyuminat pudrasi, kanifol, sovun, vodorod perekisi kabilar massaga qo’shiladi.
Serkovak va serkovak – ichi kavakli g’ishtlar massaga pishish temperaturasini kamaytiruvchi qum yoxud qipiq yoki kul va ko’mir qo’shish orqali olinadi. Granulometrik tarkibi asosan 0,05–0,005 mm.dan iborat bo’lgan lyosslarga daraxt chiqindisi yoki maydalangan ko’mir qo’shiladi.
Ichi kavak g’isht yuqorida qayd qilganimizdek uvalanishga moil, siqilishga esa chidamsiz. Bu kamchilikni ularga kuchli plastik moddalar qo’shish orqaligina bartaraf etish mumkin. Toshkent Kime-texnologiya instituti «Silikat moddalar texnologiyasi» kafedrasi olimlarining fikricha, bu maqsadlarda 10–15 % miqdorda Kelis bentoniti yoki Angren kaolinitini lyossga qo’shish maqsadga muofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |