G’isht ishlab chiqarishning texnologik tizimi.
G’isht ikki usulda-plastik va yarim quruq usulda ishlab chiqariladi (4-rasm).
Plastik usulda xom g’isht namligi 18-20 % bo’lgan plastik loyli massadan lentali presslarda qoliplab tayyorlangan. Namlangan va yaxshilab pishitilgan loysimon massa panjara 7 orqali vint konveyer 8 bilan vakuum kameraga 6 bosiladi. Bu yerda loy aylanadigan pichoq 5 bilan uriladi va undan havo chiqib ketib, loy zichlashadi. Keyin loy vintsimon val 1 yordamida press 2 ning konus kallagiga uzatiladi. Bu yerda loy oxirigacha yaxshilab zichlanadi va pressning qoliplovchi qismi-munshtukka bosiladi.
Munshtuk loy lentaga zarur shakl beradi; unda g’ishtlarda g’ovaklik hosil qiluvchi kern o’rnatilgan bo’lishi ham mumkin
4-rasm. Lentali vakuum press sxemasi: 1-pressning vint vali; 2-konussimon kallak; 3-munshtuk; 4-loy brus; 5-pichoq; 6-vakuum kamera; 7-panjara; 8-vintli konveyer.
Loy lenta avtomatik qurilmalar yordamida xom g’ishtlarga kesiladi. Bunday g’ishtlarning o’lchamlari talab etilgan o’lchamdan kattaroq bo’ladi, chunki pressda ishlov berilganda g’ishtlar qisqaradi. G’ishtlar qoliplangandan so’ng quritib, namligi 6-8 % ga tushirilgandan so’nggina pishirishga yuboriladi.
5-rasm. Plastik usulda g’isht ishlab chiqarish sxemasi:1-xom ashyo; 2-transportyor; 3-qirra tishli tuproq maydalagich; 4-qo’shilmalar; 5-begun; 6-valets; 7-burama uzun zichlagich va keskich.
Tasmali zichlagich (shneklar) yordamida loy qorishmasini plastik holatda qoliplash amalda juda keng tarqalgan (5-rasm).
Tayyor loy qorishmasi buyum shaklini beruvchi-munshtuk o’rnatilgan tasmali uskunasiga tushadi. Zichlashdan qorishma gorizontal o’qqa o’rnatilgan parraklar vositasida munshtuk o’rnatilgan teshikka tomon bosim bilan itariladi. Xorijiy zichlagich mashinalari loyni 1,6-7,0 MPa gacha bosim bilan mundshtukka itaradi. Munshtukdagi teshik shakli har xil buyumlar uchun moslangan (6-rasm). Ayniqsa, kesimi bir xil bo’lgan uzun sopol buyumlari tayyorlashda mundshtuklardan ko’p foydalaniladi. Loy qorishmasining plastikligini oshirish hamda buyum g’ovakligini kamaytirish maqsadida konstruktorlik tomonidan yangi, mukammallashtirilgan tasmali vakuum zichlagichlar ishlab chiqarilmoqda.
G’isht ishlab chiqarishning yarim quruq usuli plastik ishlab chiqarish usulidan shu bilan farq qiladiki, bunda namligi 6-7 % bo’lgan loy kukun holigacha maydalanadi. Bu kukunlardan maxsus pechlarda g’isht alohida-alohida qoliplanadi. Bunday xom g’ishtni kuritish talab etilmaydi, qoliplangandan so’ng pishirish mumkin.
Yarim quruq usulda presslab olingan g’isht ancha zich bo’lganligidan, parron teshiklar qilinadi. Yarim quruq usulda presslangan g’ishtning qirralari tekis, plastik qoliplangan g’ishtga qaraganda buzuqliklari juda kam bo’ladi. Bundan tashqari, yarimquruq usulda presslangan g’ishtning sovuqqa chidamliligi past.
6-rasm. Tasmali zichlagichga o’rnatiladigan munshtuk:
a-ichi g’ovak g’ishtbop munshtuk; b-quvur munshtugi; v,g-tasmali cherepitsa munshtugi.
Yarim quruq usulda ishlab chiqariladigan g’ishtning nisbatan kam ishlab chiqarilishiga sabab, qoliplash protsesslarining murakkabligi va ishlab chiqarish samaradorligining pastligidir.G’isht ishlab chiqarish protsessii murakkab protsess bo’lib, bir qancha stadiyalarni o’z ichiga oladi (5-rasm).
G’isht ishlab chiqarish kerakli xom ashyo manbalari bor yerlarda amalga oshiriladi va xom ashyo bir yoki ko’p cho’michli ekskavator yordamida qazib olinadi. So’ngra tuproq 12 tonna yoki undan ham ko’p yuk ko’taradigan KrAZ, BelAZ markali avtosamosvallarda tuproq saqlash omboriga jo’natiladi va saqlanadi.
Xom ashyoni maydalash jarayoni g’isht ishlab chiqarish texnologiyasining eng ahamiyatli jarayonidan biridir. G’isht korxonalarida bu jarayon tosh ajratgich va siqilish valli mashina (bulg’alagichlar) yordamida bajariladi.
150-200 mm razmerli bo’lakchalar tosh ajratgich tsilindrlarida 12 mm gacha, silliq vallarda esa 3-4 mm gacha maydalanadi. Mexanik aralashtirgichlar yordamida tuproqqa qo’shimcha moddalar va suv qo’shiladi. Sanoatda keng tarqalgan SM-447 A aralashtirgichda bir soatda 18 m3 atrofida moddalarning qo’shish va namlash mumkin. Namlikning massada bir tekisda tarqalishi, tuproqning tez bo’kishi uchun suv o’rnida 0,5-0,7 atmosferali par ishlatilsa yaxshi natijalar berishi mumkin. Quyida berilayotgan oddiy va effektiv g’isht ishlab chiqarishning texnologik sistemasi bu haqida tushuncha hosil bo’lishiga yordam beradi (5-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |