O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti



Download 1,7 Mb.
bet11/105
Sana14.02.2023
Hajmi1,7 Mb.
#911292
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   105
Bog'liq
muxlisaaaaas

3-mavzu. Keramik g’isht
Ryeja



    1. Keramik g’isht tarifi.

    2. G’isht ishlab chiqarishning texnologik tizimi.



Tayanch so’z va iboralar: qurilish g’ishti, o’tga chidamli g’ishtlar, texnik g’isht, g’isht markasi, mustahkamligi, sovuqqa chidamlilik, yuzali g’isht.



    1. Keramik g’isht tarifi.

Qurilish mahsulotni qurilgan va foydalanish uchun tayyorlangan ob’ekt–bino va inshootlar xisoblanadi. Ularning qadimiy va oddiy «noni» esa keramika g’ishtidir.Keramik g’isht, odatda tarkibida 40-50 % qum, plastikligi o’rtacha bo’lgan oson suyuqlanadigan loydan olinadi.


1855 yil Germaniyada ixtiro etilgan tasmali g’isht qoliplovchi zichlagich va 1858 yilda doira shaklidagi g’isht pishiruvchi humdonlar dunyoda sopol buyumlar ishlab chiqarish sanoatining o’sishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Tasmali zichlagichlarning qo’llanilishi natijasida g’ovak g’isht va toshlar ishlab chiqarish keng tarqaldi. SHu bilan bir qatorda, temir, shisha, koks, sopol buyumlari ishlab chiqarish tez sur’atda o’sdi. Natijada, o’tga chidamli sopol buyumlariga bo’lgan ehtiyoj orta boshladi.
Yuqorida qurilish keramikasi haqida qisqacha ma’lumot berildi. Kel­tirilgan ma’lumotlardan ular orasida qurilish g’ishtining roli naqadar kattaligi ko’rinib turibdi. Qurilishda eng ko’p ishlatiladigan oddiy va ko’p teshikli devorbop g’ishtlar oson eruvchan tuproqqa qo’shilmalar qo’shib yoki qo’shilmasiz loydan tayyorlanadi. Tuproqlar dala shpatlari va metamorfik tog’ jinslarining (granitlar, gneyslar, porfiritlar, tuflar va mexanik jihatdan nurashi va kimyoviy parchalanishi natijasida hosil bo’lgan. Qurilish g’ishti ishlab chiqaruvchi zavodlar odatda, xom ashyo zaxiralari ko’p bo’lgan joylarga quriladi. Tuproq ekskavatorlar yordamida qazilib, temir yo’l transportlari, avtomashinalar yoki tasmali transportyorlar bilan zavodga keltiriladi. Quyida ko’p tonnajli mahsulot – qurilish g’ishti ta’rifi, turlari, olinishi va ishlatilishi haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. 
Qurilish g’ishti tushunchasi ko’pincha uy – joy qurilishi materiali sifatida talqin etiladi. Ammo bu tushunchani texnikada ishlatiluvchi qurilish materialiga ham taaluqli deb hisoblansa katta xatoga yo’l qo’yilmaydi. Tarkibi asosan mullit, tsirkonomullit, kvarts, shpinel, xromomagnezit, korund kabi minerallardan tashkil topgan va o’tga chidamli material nomi bilan atalgan g’isht turi juda yuqori haroratda ham o’z xossalarini yo’qotmaydi. Bunda g’ishtning erish nuqtasi albatta 1580 darajadan yuqori, og’irlik ta’sirida deformatsiya nuqtasi esa 1500 daraja atrofida. O’tga chidamli g’ishtlar o’lchami qurilish g’ishti qolipiga o’xshash bo’lsada, ammo mustahkamlikda tanhodir. Ularning 1 kvadrat santimetriga teng yuzasi 1 tonna va undan og’irroq yuk bilan siqilganida ham o’zining formasini yo’qotmaydi. Keramik g’isht-tarkibida mergelь ko’p bo’lmagan tuproqni suv bilan qorishtirib va qoliplab olingan material. Odatda, O’zbekiston sharoitida xom g’isht oddiy toza soz tuproqdan tayyorlanadi, ya’ni loyni maxsus qoliplarga joylab, so’ng ochiq tekis joyga eltib qo’yiladi.
Xom g’ishtning mustahkamligini oshirish uchun tayyorlanadigan loyga 5-10 sm uzunlikdagi somon yoki boshqa tolali to’ldirgich qo’shish mumkin. Bulardan tashqari loyga qum, qipiq va shu kabilarni ham qo’shish mumkin. Xom g’isht bahordan yozgacha qo’yilsa uni yaxshilab quritib ishlatish imkoni bo’ladi. Sifatli tayyorlanib, quritilgan xom g’isht 1,5-2 m dan tashlansa sinmaydi, boltada yaxshi qirqiladi va 1-2 kun davomida suvda ivib ketmaydi. 
Entsiklopediyalarda g’ishtdan tug’ri burchakli paralellepiped formasiga ega bo’lgan standart razmerli, mineral materiallardan qo’yilgan, kuydirish yoki par bilan ishlov berish orqali olinadigan sun’iy toshga aytiladi deb ta’rif berilgan. Haqiqatdan ham, qurilish materiali sifatida ishlatila­di­gan g’isht (mahalliy aholi uni xom g’ishtdan ajratish maqsadida pishiq g’isht deb ham atashadi) sun’iy kimyoviy material bo’lib, bo’yi 250, eni 120 va qalinligi 65 mm, og’irligi 4 kilogramm qilib tayyorlanadi. Bir yarim yoki modulь g’isht deb ataluvchi g’ishtning turida esa paralellepiped qalinligi 88 mm.ni tashkil etadi. Ishlab chiqarilgan mahsulot o’zining siqilishga chidamliligi bilan 75, 100, 125, 150, 200, 250 va 300 nomli markalarga bo’linadi (4-jadval).



Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish