O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti



Download 1,7 Mb.
bet7/105
Sana14.02.2023
Hajmi1,7 Mb.
#911292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   105
Bog'liq
muxlisaaaaas

2.1. Qurilish keramikasi mahsulotlari
Qurilish keramikasi materiallari va buyumlari qatoriga yirik va mayda donalik keramika massalari asosida olingan va imoratlar, turli muhan­dislik inshoatlari, yo’llar, suv va kanalizatsiya tarmoqlari qurili­shida ishlatiladigan materiallar kiradi. SHuningdek, qurilish keramikasi devorbop, tomga va fasadga oid keramika, pol plitkasi, kanalizatsiya uchun ishlatiladigan sopol quvurlar, kimyoviy chidamli keramika, filьtrlovchi kovak keramika, keramzit, agloporit va sanitariya qurilish sopol buyumlaridan tashkil topgan (2-jadval). 
Qurilish keramikasi mahsulotlari - mayda va yirik donalik keramika massalari asosida olingan va qurilishda ishlatishga mo’ljallangan g’isht va cherepitsa kabi materiallar. Loy g’isht va cherepitsa 5000 yil oldin ishlatila boshlangan. Keramik materiallar mustahkam, uzoqqa chidamli va dekorativ bo’lgani yana fan va texnika, bog’ va parklar, turli-tuman sohalar uchun xizmat qiluvchi inshoat­lar qurilishida, hamda tayyorlash oson bo’lganligi uchun keng qo’llaniladi. 
Gil-keramik materiallar olish uchun asosiy xom ashyo hisoblanadi. Gil asosan loysimon minerallardan tashkil topgan cho’kindi tog’ jinslariga kiradi. Loyli minerallar turli tarkibli juda mayda zarrachalarning (0,005 dan kam) bo’sh aralashmasidir. Bu minerallar o’z sirtida namni yaxshi adsorbtsiyalash (namni yutish va tutib turish) xususiyatiga ega. Loylardan loysimon minerallardan tashqari .yirikroq zarrachalar-chang (o’lchamlari 0,005…0,15 mm) va qum (o’lchamlari 0,015…5 mm) ham bo’ladi.
Gil tuproq. Suv bilan aralashtirilgan yopishqoq va plastik loy hosil qiluvchi va yuqori temperaturada suvga chidamli toshsimon ashyo hosil qiluvchi mayin cho’kundi tog’ jinslariga gil tuproq deyiladi.
Gil tarkibida dala shpati, ohaktoshlar parchalanmagan donalari shuningdek, temirli, organik va boshqa moddalar bo’lishi mumkin. Ohaktoshning gil tarkibidagi yirik donalari zararli aralashmalar xisoblanadi, so’ngra ohak havoda so’nadi va xajmi kengayib keramika buyumlarini yemiradi. Gillarning donador tarkibi turlicha bo’ladi. Gillar tarkibida xar xil o’lchamli zarrachalar bo’lishi ularning xossalariga sezialarli darajada ta’sir qiladi. Odatda gillarning tarkibida ko’pchilik xollarda kaolinitdan iborat.
Ular o’tga chidamlilik darajasiga qarab quyidagi guruxlarga bo’linadi.
1. O’tga chidamligi 15800 S dan yuqori o’tga chidamli tuproqlar.
2.O’tga chidamligi 1350 - 1580 0 ga bo’lgan qiyin eruvchi tuproqlar.
3.O’tga chidamli darajasi 1350 0S dan past oson eruvchi tuproqlar.
Tuproqlar tarkibida kaolinit Al2Oz.2SiO2.2H2O, montmorillonit Al2O3.4SiO2.nH2O, illit K2O.MgO. 4Al2O3. 7SiO2. 2N2O, kvarts SiO2 singari ashyolar va boshqa aralashmalar bo’ladi. Sopol ashyolarning texnologik va fizik-mexanik xossalri shu minerallar tarkibiga kiruvchi Al2O3, SiO2Fe2O3, Na2O, K2O, CaO oksidlarni miqdor iga bog’liqdir.
Al2O3 (glinozem)-tuproqni plastikligini (yopishqoqligini) va mahsulotini o’tga chidamligini oshiradi.
SiO2 (kremnezem)-tuproqni plastikligini pasaytiradi, mahsulotni mustahkamligini oshiradi.
Fe2O3 - tuproqni pishish temperaturasi intervalini qisqartiradi va mahsulotga tuk rang beradi.
CaO - tuproqni pishish intervalini qisqartiradi, mahsulotni o’tga chidamligi, sovuqqa chidamligi va mustahkamligini pasaytiradi.
Na2O, K2O - tuproqni pishish intervalini oshiradi, pishish teperaturasini pasaytiradi.
Loysimon minerallar loyga xarakterli xossalar beradi: loy namlan­ganda bo’kadi va plastiklashadi; nam loy quriganda hajmi kamayadi (cho’kadi) va gil tosh ko’rinishidagi mustahkam materialga aylanadi. Loyning plastik holatdan tosh ko’rinishiga o’tishi qaytuvchandir: tosh ko’rinishidagi loy namlanganda yana dastlabki holatga qaytadi. 
Loyda loysimon minerallar qancha ko’p bo’lsa, u o’ziga shuncha ko’p suv oladi, ko’proq bo’kadi, lekin qurishi qiyinlashadi va ko’p suv oladi, ko’proq bo’kadi, lekin qurishi qiyinlashadi va ko’p kirishadi. Bunday loylar «mayin» loylar deb ataladi. 
Tuproqlarni plastikligini, qoliplangan buyumlarni quritish va pishirish jarayonida xajm kichrayishini (chukishini) pasaytirish uchun tuproqka cho’ktirmaydigan qo’shimchalar qo’shiladi. Bunday qo’shimchalar sifatida kvarts qum, metalurgiya shlaklari, sopol ashyolarini siniqlari va shamyut (kuydirlgan tuproq) ishlatiladi.
Yoqilgini tejash, mahsulotlarni g’ovakdorligini oshirish va massasini kamaytirish uchun loy tarkibiga kuyib ketadigan qo’shimchalar qo’shiladi. Bunday qo’shimchalar sifatida yog’och qirindisi, arra to’foni, ko’mir va torf maydalari, qog’oz chiqindilari ishlatiladi.
Ba’zi bir sopol ashyolarni pardozlash va suv o’tkazmaslik xossasini oshirish uchun ularni yuzalari yupqa shishasimon qatlam bilan qoplanadi. Bu qatlamni glazur dab ataladi. Sopol materiallar yuzalaridagi noteksliklarni to’ldirish va tashqi ko’rinishini yaxshilash maqsadida angoblar ishlatiladi. Glazur va angoblar qiyin va oson eruvchi tuproqlarga turli qo’shimchalar qo’shib tayyorlrnadi. Ularni issiqlikdan kengayish koeffitsentlari sopol ashyonikiga teng bo’lishi kerak.
Loy tarkibida qum donachalari ko’p bo’lsa, bunday loyning bukishi va qisqarishi kamayadi, oson quriydi, lekin plastikligi kamayadi. Bunday loylar «dag’al» loylar deb ataladi.

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish