Noan’anaviy keramikaga texnika keramikasi (elektr izolyator va boshqalar) kiradi. Keramika buyumlari o’tga chidamlilik nuqtai nazaridan ikki katta gruppaga ajraladi:
1. Oddiy keramika buyumi va materiallari – qurilish g’ishti, sopol, chinni, koshin, quvur va boshqalar. Ularning shakli 1580 oS li haroratda o’zgaradi. Odatda qurilish g’ishti 1200 oS dan yuqori haroratda, sopol va chinni esa 1300-1400 oS dan yuqori haroratda eriydi.
2. Olovbardosh keramika buyumi va materiallari – shamot va dinas g’ishti. Ular 1580 oS li haroratda ham o’z shaklini o’zgartirmaydi.
Tuproq, trepellar, diatomit va mineral xom ashyolarning boshqa turlarini turlicha qo’shimchalar yoki qo’shimchalarsiz qorishtirish, shaklga keltirish va kuydirish yo’li orqali hosil qilinuvchi buyumlar keramik materiallar deb ataladi. Qurilish buyumi, maishiy–xo’jalik va texnika asbob–anjomlarini ishlab chiqarish moddiy ishlab chiqarishning muhim sohalaridan hisoblanadi. Iqtisodiyot sohalari, sanoat ishlab chiqarish potentsialining o’sish sur’ati, xalqlarning moddiy va texnika buyumlarini olish bilan bog’liq.
Keramik buyumlar hozirgi zamon qurilishida binolarning devoriy qismlari va boshqa konstruktiv elementlarida, yig’ma uysozlikda, yengil betonlar ishlab chiqarishda samarali qo’llanilmoqda. Ayniqsa, hozirda taraqqiy etayotgan O’zbekiston respublikasida uy-joy qurilishining tobora avj olishi va rivojlanishi, madaniy va maishiy, uy-joy va sanoat ishlab chiqarish binolari hamda xususiy uy-joy qurilishlarining tobora kengayib borishi keramik buyumlarga bo’lgan talabning oshishini taqozo etmoqda.
Keramika-qadimgi sun’iy materiallardan biri. Insoniyat tarixida loy birdan-bir qurilish materiali sifatida ishlatilgan. Loyni somon bilan qorishtirib, xom g’isht sifatida bizning eramizdan avval 8000 yil oldin turar joylar qurilgani ma’lum. Eramizdan 3500 yil oldin, hom g’ishtni kuydirib, uylar qurish g’isht va cherepitsa yuzasini sirlab pishirish usuli ishlab chiqilgan.
Keramika sohasidagi ilm-fanning rivojlanishiga A.I.Avgustnik, P.P.Budnikov, P.A.Semyatchenskiy, I.I.Morozov, M.I.Ragovoy kabi rus, F.X.Tojiev, N.A.Sirojiddinov, A.A.Ismatov, A.P.Erkaxo’jaeva, A.M.Eminov kabi o’zbek olimlari o’zlarining xizmatlarini qo’shganlar.
O’zbekistonda keramika sanoatining eng yirik korxonalari qatoriga nomlari yuqorida qayd qilinganlardan tashqari Samarqand va Toshkent kulolchilik yodgorlik buyumlari, Andijon, CHimboy, G’ijduvon, Xiva va Termiz kulolchilik buyumlari zavoddan Angren keramika kombinati, Toshkent qurilish materiallari kombinati kiradi.
Qurilish g’ishti va qurilish uchun zarur buyumlar ishlab chiqarish Markaziy Osiyoda bundan 2000 yil ilgari boshlangan. Xozirgi kunda bunday maxsulotlarninng kuydirilgan namoyandalarini ishlab chiqarishi barcha viloyatlarida keng yo’lga qo’yilgan.
SHunday qilib, keramika maxsulotlarini qizdirish texnikasi uzoq asrlar mobaynida oddiy gulxandan xumdongacha va mexanizatsiyalashtirilgan maxsus pechlarga bo’lgan taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan.
Qora va rangli metallurgiya sanoatlarining rivojlanishi XIX-XX asrlarda olovbardosh buyumlar ishlab chiqarilishiga asos soldi. Bunday korxonalar Rossiyaning Novgorod viloyatidagi Borovichi qishlog’ida, Voronej shahri chegarasidagi Semiluki qishlog’ida, Uralning Suxoy – Log qishlog’i va boshqa xududlarida ko’plab qurildi. 1990 yildan O’zbekistonda bunday g’ishtlarni ishlab chiqarish kichik korxonalari yo’lga qo’yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |