O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi farg'ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana21.02.2022
Hajmi0,65 Mb.
#60680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ibroximova Xursanoy

OPTIK FAOLLIK HODISASI 
Oddiy yorug’lik nuri tebranishlari yorug’likning tarqalish yo’nalishiga 
perpendikulyar bo’lgan tekisliklar bo’yicha joylashgan elektromagnit to’lqinlarning 
to’plamidir. Tebranishlari tekisliklarning birida sodir bo’ladigan nur qutblangan nur 
deyiladi. Oddiy yorug’lik nurini qutblangan nurga aylantirish uchun nur Nikol 
prizmasidan o’tkaziladi. Qutblangan nur tekisligini o’zgartira oluvchi (buruvchi) 
modda optik faol modda deb yuritiladi. Kimyoviy birikmalarning optik faolligi va 
burish burchagi polyarimetr uskunasi yordamida aniqlanadi va o’lchanadi.
Qutblangan nur optik faol modda namunasidan o’tkazilganda nurning qutblanish 
tekisligi o’zgaradi, ya’ni burilish kuzatiladi. Bir xil sharoitda olingan taqdirda burilish 
kattaligi doimiydir.
Organik birikmalarning ko’pchiligi optik faollikni namoyon qiladi. Optik 
faollikni asimmetrik uglerod atomining tetraedrik tuzilishi bilan bog’liqligi haqidagi 
klassik nazariya dastlab chiziqli birikmalarga qo’llanilgan. Misol uchun, malon 
kislotasi hosilasining monoamidi optik faol birikmadir, ushbu modda erkin kislota 
ko’rinishiga o’tishi bilan optik faollik yo’qoladi, chunki endi malon kislota 
hosilasining molekulasida asimmetrik uglerod atomi bo’lmaydi.
Optik faol 
Optik faol emas 
Demak, optik faollik bevosita o’rganilayotgan modda molekulasida asimmetrik 
uglerod atomining bor yoki yo’qligiga bog’liq. Tajribalar natijasida quyidagi xulosalar 
berilgan: 


1. Optik faollikni namoyon bo’lishi uchun molekulada yagona asimmetrik uglerod 
atomining mavjudligi yetarli shartdir. 
Optik faol yodxlormetansulfokislota 
1914 yilda sintez qilingan 
Optik faol bromftorxlormetan 
Hozirgi zamonda sintez qilingan 
2. Asimmetriyaning namoyon bo’lishi uchun o’rinbosarlar izomer darajada 
farqlanishi yetarlidir. 
[α]
D
=+11,4

[α]
D
=+5,73
o
3. O’rinbosarlar hatto Sis- trans- izomer darajasida farq qilsa ham asimmetriyaning 
namoyon bo’lishiga yetarli omil bo’ladi. 
4. Optik faollikni namoyon bo’lishi uchun asimmetrik atomga birikkan 
o’rinbosarlar izotop darajasidagi farqi ham yetarli bo’ladi. 
Qutblangan nurni berilgan toza moddadan o’tish jarayonida qanday o’zgarishlar 
sodir bo’lishini tahlil qilish asosida optik faollikni belgilovchi struktura omillarini 
tushunish mumkin. Qutblangan yorug’lik nuri molekula orqali o’tganda molekulaning 
qutblangan qismlari bilan ta’sirlashuvi natijasida yorug’likning qutblanish tekisligi 
biroz o’zgaradi. Aylanish yo’nalishi va kattaligi molekulaning nurga nisbatan 
oriyentatsiyasi (joylashuvi) ga bog’liq ravishda o’zgaradi. Ko’plab moddalarda 
oriyentatsiyasi tartibsiz bo’lganligi uchun yorug’lik nuri oriyentatsiyasi qarama-qarshi 
bo’lgan avvalgi molekulaning faolligini kompensasiyalovchi boshqa molekulaga duch 
keladi. Shunday qilib, optik faollikning bo’lmasligi bir-birining ko’zgudagi aksi 
bo’lgan molekulalarning tartibsiz taqsimlanishidir. 
1930 yillarda V.Kun klassik fizika qonunlari asosida optik faollik modelini taklif 
qildi. Kun nazariyasi elektronlarning “spiral harakati” haqidagi tasavvurlardan kelib 
chiqqan. Kun nazariyasiga muvofiq optik aylanish tajriba yo’li bilan aniqlanishi 


mumkin bo’lgan ikkita omilga bog’liq: 
1. Anizotropiya omili g
2. Ossillyator kuchlari f
Anizotropiya omili g aylanma dixroizm (AD) egri chiziqlaridan quyidagi tenglama 
bo’yicha aniqlanadi: 
g=(ε

– ε
d
)/ε 
Tenglamadagi: 
ε

va ε
d
–chapga va o’ngga sirkulyar qutblangan nurning yutilishi; 
ε– qutblanmagan nurning yuitilishi. 
Ossillyator kuchlari esa tegishli optik faol yutilish chiziqlarining intensivligidan 
hisoblab topiladi.
Yutilish chiziqlarining mavjudligi molekulada xromofor guruhlar borligini 
ko’rsatadi. Shuning uchun Kun yondoshuvi xromofor guruh va asimmetrik markazning 
bir-biriga nisbatan joylashuvini hisobga olib berilgan moddalarning UB – spektrlaridan 
kelib chiqqan holda optik faollikni bashorat qilish imkonini berdi.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish