I I bob. Pomidor yetishtirish, saqlash va uni dastlabki ishlov berish
texnologiyasi fanning o‘qitish uslubiyoti bo‘yicha qisqacha adabiyotlar sharxi.
2.1. Sabzavot va mevalarni birlamchi ishlov berish texnologiyasi fanining
ta’lim-tarbiya berishda pedagogik va psixalogik asoslari.
“Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli,dono, bilimli va aldatta, sog‘lom bo‘lishlari
shart” deb bejiz aytmagan yurtboshimiz I.A.Karimov.
Bu vazifani amalga oshirish nafaqat davlat rahbarining, balki barcha ota-
onalarning, butun jamoatchilikning muqaddas burchidir va bunga amal qilish davr
talabidir.
Dunyodagi eng samarali va ishonchli sarmoya bu ta’lim-tarbiya tizimiga
sarflangan mablag‘dir, deyilishi bejiz emas. Bunday ezgu maqsad yo‘lidan
kelajakni ko‘zlab qilingan ish sarf-xarajatlarni qoplabgina qolmay, millatning
ilmiy salohiyatini yuksaltirishga ijobiy natijalarga, bir so‘z bilan aytganda, ilm-fan
sohasida yuksak ko‘tarilish “portlash” effektiga olib keladi. Ta’lim tizimini
rivojlantirish ayni paytda mamlakat darajasida talab qiladi.
Shu sababli O‘zbekistonda 2005 yilgacha mo‘ljallangan kadrlar tayyorlash
bo‘yicha milliy dasturni amalga oshirish jarayoni, sur’atlar bilan davom etmoqda.
Dasturga ko‘ra, mana shu vaqt ichida yoshlarga zamonaviy standartlar asosida
ta’lim beradigan 1800 ga yaqin akademik litsey va kasb-hunar kolleji qurib
bitkazildi, ko‘plab maktablar hamda oliy o‘quv yurtlari qayta ta’minlangan.
O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya eng quyi bosqich bolalar bog‘chasidan boshlab,
xalqaro andozalarga muvofiq bakalavr va magistirlar tayyorlashda bo‘lgan
jarayonni o‘z ichiga olgan uzluksiz ta’lim tizimi joriy etilgan.
Mamlakatimizda amal qilinayotgan 11 yillik ta’lim-tarbiya tizimini voz
kechib, 12 yillik tizimni o‘tyapmiz. U ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqich
to‘qqiz yillik umumiy ta’limni qamrab oladi. Ikkinchi bosqichda esa
farzandlanimizning o‘zining bilim darajasi, intilishi va qobiliyatiga qarab,
akademik litsey kasb-hunar kollejlarida muayyan ixtisoslik bo‘yicha uch yil bilim
va ixtisoslikka ega bo‘ladi. Respublikamizda tashkil etilgan “Umid” va “Ustoz”
29
jamg‘armalari grantlarga ko‘ra oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan yuzlab talaba va
bitiruvchilar, pedagog-olimlar AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya,
Yaponiya kabi dunyoning ilg‘or mamlakatlarida tahsil olmoqda. O‘rgangan
bilimlarini mamlakatimizga kelib joriy qilmoqdalar. Oxirgi vaqtlarda oldimizda
nihoyatda muhim, kelajagimizni hal qiluvchi yangi vazifa erkin fuqarolik
jamiyatining ma’naviyatini shakllantirish, boshqacha qilib aytganda, ozod o‘z haq-
huquqlarini yaxshi taniydigan boqmandachilikning har qanday ko‘rinishlarini o‘zi
uchun or deb biladigan, o‘z kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda
o‘z shaxsiy manfaatlarini xalq, Vatan manfaati bilan uyg‘un holda ko‘radigan
insonlar tarbiyalashdan iborat. Barkamol avlod tarbiyasi o‘qituvchilarda ko‘pgina
bilim, mahorat va xizmatni talab qiladi.
Shuni qayd etish lozimki, biz erkin fuqarolik jamiyatini qurishni orzu
qilmoqdamiz va shunga intilyapmiz. Lekin bu go’zal orzuga erishmoq uchun
tinimsiz intilish, umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy o‘rgannib, o‘z zamonamizga
tadbiq etish lozim. Shu bilan birga milliy o‘ziga xosligimizni, asrlar sinovidan
o‘tgan an’analarimizni, hamisha iymon e’tiqod bilan yashash kabi hayotiy
tamoyillarimizni ham saqlab yuksaltirib borishimiz kerak.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyatimiz oldida bu ulug‘vor va murakkab
vazifalarni hal qilish eng avvalo, ta’lim-tarbiya ma’rifat masalasiga borib tarqaladi.
Bu masalaga keng jamoatchilik diqqatini jalb etadi. Matbuot televideniya orqali
odamlarda marifatparvarlik g‘oyalarini tadbirlash, maktab maorif tarmoqlariga
homiylik saxovatpeshalik savobtalablar kabi ezgu xususiyatlarini uchaytirish zarur.
O‘zbekiston Respublikasi uchun Oliy majlisning IX sessiyasida qabul
qilingan kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturning amalga oshirishda juda
muhim ahamiyatga ega. Bu dasturni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni
bajarish lozim.
1.
Ta’lim tizimidagi andozalari, zamonaviy pedagogik o‘quv rejalari va
dasturlari va mazmuniga isloxotlarning bosh maqsadidan kelib chiqqan
xolda yangi avlodni kamol topshirishga qaratilgan zarur tuzatishlar kiritish
zarur.
30
2.
Yangi darsliklarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnalogiyalarni o‘z
vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlashni aloxida nazorat ostiga
olish zarur.
3.
Yuqori malakali pedagogik kadrdlar tayyorlash va qayta tayyorlashga
aloxida e’tibor berish lozim. Kadrlash tayyorlashni sifatli, erkin fikrlovchi
shaxs-fuqaroni kamol-toptirish, ertaga sinflar va auditoriyalarda kimlar va
saboq berishga katta samara beradi.
4.
Dasturda berilgan akademik litseylar kasb-hunar kollejlarini foydalanishga
topshirish ishlari to‘la hajmda bajarish lozim. Amalga oshirilayot barcha
isloxatlarning taqdiri shu masalaga ya’ni kadrlar tayyorlashga chambarchas
bog‘liqligini biz aniq va ravshan anglab olishimiz lozim. O‘zini shu
mamlakatni haqiqiy vatanparvari deb bilgan har bir kishini va dasturni
amalga oshirishda o‘z metodi ulushini qo‘shadigan deb ishonamiz,
barkamol avlodni shakllantirishga zamin yaratamiz.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan mustaqil huquqiy demokratik
davlat erkin fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lidagi ulkan ishlari inson omilini
yangidan kashf qilish, o‘zligini anglashdagi imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish,
ma’naviy intelektual va aqliy amaliy rivojlanish uchun yangi shart-sharoitlar
yaratib beradi.
Ma’lumki aholini oziq-ovqatga, sanoatning xom-ashyoga bo‘lgan ehtiyoji
tobora ortib bormoqda. Bu muhim muammolarni yechish ilm fan salohiyati
yuksaltirish va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Madomiki shunday ekan, bu holat bor imkoniyatlardan to‘liq foydalana berishni,
yetuk kadrlar tayyorlashni, shu bilan qatorda qishloq xo‘jalikni imkon qadar
mexanizatsiyalash, elektrlashtirish, kimyolashtirish va meleoratsiyalash asosida
jadal rivojlantirishni taqozo etmoqda. (Lutfullaev 2003).
Sabzavot ekinlarini parvarishlash jarayonida dehqonchilikni kimyolashtirish
ekish hosildorligini oshirishning muhim vositasi bo‘libgina qolmay, qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishni jadallashtirish iqtisodiy jihatdan samarali foydalanish
yo‘li hisoblanadi. Bizga yaxshi ma’lumki sabzavot ekinlarini hosildorligini keskin
31
oshirishda tuproqqa kiritilgan o‘g‘itlar va navlarning biologik xususiyatlari muhim
o‘rin tutadi. Shu sababli mustaqillikning birinchi kunidan boshlab, qishloq
xo‘jaligini zarur mineral o‘g‘itlar o‘simliklarni himoya qilish vositalari bilan
ta’minlashni nafaqat tubdan o‘zgartirish, balki sug‘oriladigan sabzavotchilik
qoidalariga qat’iy amal qilishda talabchanlikni oshirish, ularni qo‘llash
madaniyatini yuksaltirish lozimligiga jiddiy e’tibor qaratilgan. 1996 yilning 7
avgustida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishda bog‘dorchilik va sabzavotchilikka xizmat ko‘rsatishni
takomillashtirishni chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi qaror ham sug‘oriladigan yerlarda
qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirishda o‘g‘it tuproq va
o‘simlik biologik xususiyatlari o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadigan fandir.
Sabzavotchilika sabzavot ekinlari biologiyasi ko‘paytirish va yetishtirish
texnologiyasini o‘rganadi.(Yunusov 2008, S.B.Bo’riyev va boshqalar 2002)
Fanning asosiy maqsadi o‘g‘itlarning xususiyati va tuproq bilan o‘zaro
ta’sirini hisobga olgan holda o‘simliklarning oziqlanishi uchun qulay sharoit
yaratish hamda muayyan tuproq-iqlim sharoitlari uchun o‘g‘it qo‘llashning eng
samarali me’yor usul muddatlarini belgilash va sabzavot ekinlarini zamonaviy
usulda parvarish qilishdan iborat.
O‘simlikni oziqlanish jarayonida moddalar almashunuvi va tuproqdagi oziq
moddalar almashunivi dinamikasini o‘rganish, hosil miqdori mahsulot sifatini va
tuproq unumdorligini tashkil etish fanning asosiy vazifasi qatoriga kiradi.
Sug‘oriladigan yerlarda sabzovot ekinlari yuzaga keladigandan buyon o‘tgan
bir yarim asrdan ko‘proq davr ichida uning oldida turgan vazifalar yanada
oydinlashdi.
Sabzavotchilik nazariyasi va amaliyot fan va ishlab chiqarishning uzviylikda
yuzaga keladi va rivojlanadi. U tabiiy fanlar sarasiga aniqrog‘i biologiya va
qishloq xo‘jalik fanlar guruhiga kiradi, ular bilan uzviy bog‘liq. Sabzavotchilik
fani dehqonchilikning hayotiy zarur talablari asosida paydo bo‘ladi. Sabzavotchilik
insoniyat tarixida eng qadimiy ishlab chiqarish soxasi bo‘lib, qadimdan tuproq
unumdorligini oshirish uchun turli vositalarini qo‘llanilgan. Masalan, qadimga
32
rimliklar tuproqqa go‘ngdan tashqari, kul, gips, ohak va mineral kabi moddalarni
ham kiritish lozimligini bilganlar va sabzavot ekinlaridan sifatli hosil olganlar.
Yana bir usul shundan iboratki, lyupinni gullash davrida o‘rib, tuproq bilan
almashtirish izidan ekiladigan sabzavot ekinini hosildorligini oshirish ehtiyojidan
ortib qolgan baliq maxsulotlarini suyaklarini maydalab tuproqqa kiritish
makkajo‘xori hosiliga ijobiy ta’sir ko‘rsatishni aniqlangan. Shuni alohida qayt
etish lozimki, sabzavotchilik fanining o‘qitilishi samarali tashkil qilish uchun
sabzavot ekinlari biologik xususiyatlarini yaxshi o‘rganish talab etadi.
Shuningdek keltirilgan qisqacha adabiyotlar tahlilidan shu ma’lum
bo’ladiki, meva va sabzavotlarni qayta ishlash va dastlabki ishlov berish
texnologiyasini kasb-hunar kollejlarida o’qitishda interfaol usullardan,
savollardan va boshqa pedagogik omillarni qo’llash maqsadga muvofiq
bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |