Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi



Download 57,5 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi57,5 Kb.
#248895
Bog'liq
Abdulaziz Saparbayev esse


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA

KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Nukus filiali

Kompyuter injiniringi” fakulteti Dasturiy injiniring yo’nalish



I bosqich 104-20 guruh talabasi

Farxadov San’at Azamat o’g’lining

« Akademik yozuv»

Fanidan yozilgan

Mustaqil ish


Mavzu: Axborot texnologiyalari va yoshlar

Topshirgan _________________ A.Saparbayev

Qabul qilgan _________________f.i.k U.Jaksimova


Nukus 2021

Davlat tili birligimiz, borligimiz ramzidir

Turkiy tillarning katta oilasiga mansub boʻlgan oʻzbek tilining tarixi xalqimizning koʻp asrlik orzu-intilishlari, dardu armonlari, zafarlari bilan uzviy bogʻliq. Oʻzbek tilining jozibasi momolarimiz allasi, maqomlarimiz, ertak va afsonalarimiz, romanu dostonlarimizning sehrli satrlarida, jiloli ohanglarida aks etgan. Tarixga nazar solsak, buyuk ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga oʻz soʻzini aytgan hamda nodir maʼnaviy meros, qadriyatlarimizga asos solganligiga guvoh boʻlamiz.Jasur va matonatli xalqimiz har qanday zulm va zoʻravonliklarga qaramasdan, oʻz ona tilini — milliy gʻururini saqlab qoldi. Qanchalik ogʻir boʻlmasin uni rivojlantirib, bugungi avlodlarga bezavol yetkazib berdi.Ushbu qutlugʻ ayyom, 1989-yil 21-oktyabr sanasi— “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kun maʼnaviy jasorat, ezgu maqsadlar roʻyobi boʻlgan kunligi bilan ahamiyatlidir. Ilm-fan, texnika aqlbovar qilmas darajada rivoj topganiga qaramasdan, dunyo hamjamiyati sayyoramizda nechta til borligi haqida aniq maʼlumotga ega emas. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, dunyo tillarining soni 7 mingdan oshadi. Mazkur tillardan 14 tasida insoniyatning uchdan ikki qismi gaplashadi. Ushbu tillarning har birida soʻzlashadiganlar soni esa 50 milliondan ziyod. Dunyodagi 70 tilda gaplashadiganlar 5 milliondan koʻp boʻlsa, qolgan tillarda muloqot qiladiganlar 1 milliondan kam.Ularning faqat 200 ga yaqini davlat tili yoki rasmiy til maqomiga ega. Shu nuqtayi nazardan qaraganda oʻzbek tiliga davlat tili maqomini huquqiy jihatdan muhrlab bergan mazkur qonunning xalqimiz hayotidagi oʻrni beqiyosdir. Bunday nufuzga ega boʻlgan oʻzbek tili asrlar sinovidan oʻtgan, qiyomiga yetgan va boshqalarga ibrat boʻla oladigan til sanaladi. Bugun Oʻzbekiston hukumati tomonidan olib borilayotgan siyosat buni amalda koʻrsatmoqda.

Mamlakatimizning Asosiy qonuni — Konstitutsiyamizning oʻzbek tilida yaratilishi uning nufuzini yana-da yuksaltirdi. Yurtimiz boʻylab va xalqaro maydonlarda ona tilimizda yangrayotgan Davlat madhiyasi ham qalblarimizda Vatan tuygʻusini joʻsh urdiradi. Ulugʻ maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy taʼkidlaganidek, har bir millatning dunyoda borligini koʻrsatadigan oynai hayoti — bu uning milliy tili va adabiyotidir.Oʻzbek tili davlat tili sifatida siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotimizda faol qoʻllanmoqda, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Oʻzbek tilining chinakam jonkuyarlari xotirasiga bagʻishlangan yodgorliklar majmuasi Adiblar xiyoboni farzandlarimizning goʻzal tarbiyalarida, maʼnaviy, axloqiy ahamiyatga egadir. Dunyoga nazar solsak, oʻzbek tili rivojlangan bir necha davlatlarining 60 ga yaqin universitetlarida va 100 dan ziyod maktablarida oʻrganilib kelinayotgani quvonarli xoldir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» gi Farmoniga binoan “Davlat tili haqida” gi qonun qabul qilingan kunning ulkan tarixiy oʻrni va ahamiyatidan kelib chiqqan holda, 21-oktyabr sanasi yurtimizda “Oʻzbek tili bayrami kuni” deb belgilanishi xalqimizning milliy ruhi va gʻururini yuksaltirish bilan birga, davlat tilini hayotimizda toʻlaqonli joriy etishga xizmat qiladi.Shu oʻrinda XX asr boshida olti tilli-oʻzbek, arab, fors, hind, turk, va rus tillarida lugʻat tuzgan Isʼhoqhon Ibratning «Bizning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun saʼy-harakat qilsinlar, lekin avval oʻz ona tilini koʻzlariga toʻtiyo qilib, ehtirom koʻrsatsinlar. Zero, oʻz tiliga sadoqat-bu vataniy ishdir» degan purmaʼno soʻzlariga ortiqcha izohning hojati yoʻq. Oʻzbek tili dunyodagi eng boy va chuqur tarixiy ildizlarga ega boʻlgan buyuk tillardan.

Bu jihatdan Alisher Navoiy ijodi va faoliyati barcha avlodlarga yuksak namuna. Buyuk mutafakkir «Muhokamat ul-lugʻatayn» asarida bu muhim muammo xususida shunday yozadi: “xalq orasidan chiqqan isteʼdod ahli salohiyat va qobiliyatlarini oʻz tillari turganda oʻzga til bilan zohir qilmasalar va ishga solmasalar edi. Agar ikkala tilda ijod etish qobiliyatlari boʻlsa, oʻz tillarida koʻproq yozsalar edi”. Navoiy haqiqiy millatparvar shoir sifatida oʻzbek tili va adabiyotimizning nechogʻlik boy, rang-barangligi va cheksiz imkoniyatlarini butun ijodi va serqirra faoliyati bilan isbotlab, uning nufuzini jahon miqyosiga olib chiqdi.Hazrat Navoiy ona tilining taqdiri uchun ana shu tarzda kuyundi, uning mavqeini koʻtarmoq, millatning shaʼnini yuksaltirmoq uchun bor salohiyatini safarbar etdi. Bu millatdan yetishib chiqqan taʼb ahlini – ijodkorlarni oʻzga lisonda emas, ona tilida bebaho badiiy asarlar bitmoqqa chorladi.

Til — millatning koʻzgusi boʻlib, unda tarix - oʻtmish va kelajak jonlanadi. Maʼlumki, eng katta xiyonat eʼtiqodga boʻlgan xiyonatdir. Bizning eʼtiqodimizning uzviy bir jihati ham tilimizga boʻlgan eʼtiborimiz bilandir. Ona tilimiz yurtimizdagi qadim va muqaddas, moʻjizaviy buloqlardek toza va musaffo, isteʼmolga doim yaroqli boʻlishi shart. Uning ichki imkoniyatlari cheksiz va mislsizdir. Ona tilimizning tabiiyligi uchun kurashish, ogʻzaki va yozma nutqda til meʼyorlariga rioya qilish, uning tarovatini saqlab qolish barchamizning eng muqaddas va sharafli burchimizdir.Har qanday xalqning tarixi, oʻziga xos tabiati, qadriyatlari, avvalo, oʻsha xalqning ona tilida aks etadi. Bejiz tilni millatning maʼnaviy immuniteti deb baholamaganlar. Boisi, oʻz tilini asrab-avaylagan, uni zamonlar osha rivojlantira olgan millatgina oʻzligini, milliy qiyofasini saqlab qoladi.

Bu yil “Davlat tili haqida”gi qonunimizning qabul qilinganiga 30 yil toʻladi. Ushbu qonunning mustabid tuzum hukmronligi davrida qabul qilinishi xalqimizning oʻziga xos jasorati timsoliga aylangan edi. Bu qonun oʻz vaqtida xalqimizning Istiqlolga boʻlgan umid-ishonchini, milliy gʻurur tuygʻusini kuchaytirdi, Mustaqilligimizning oʻziga xos poydevori vazifasini bajardi desak, mubolagʻa boʻlmaydi.

Yurtimiz ozodlikka erishgach, oʻz ona tilimizda emin-erkin soʻzlash huquqiga ega boʻldik, tilimizning kamsitilishiga chek qoʻyildi. Nufuzli xalqaro minbarlarda oʻzbekcha soʻzlarimiz yangray boshladi, tilimizni oʻrganishga qiziquvchi xorijliklar koʻpaydi. Oʻzbek tilida chop etilayotgan matbuot nashrlari, kitoblarning turi va adadi keskin darajada oshdi. Zamonaviy axborot texnologiyasi boʻyicha oʻzbekcha dasturlar paydo boʻldi va hokazo. Shubhasiz, bu jarayonda bundan oʻttiz yil oldin qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi qonunning xizmati katta boʻldi. Ammo shu bilan birga, tan olish kerakki, bu muhim hujjatda aks etgan bandlar ijrosini oʻtgan yillar davomida hamisha ham taʼminlay oldik, deya olmaymiz.

Bugun davr oʻzgaryapti. Xalq fikri eng asosiy mezon sifatida qaralayotgani, barcha muhim ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy qarorlar yurtdoshlarimiz bilan bamaslahat qabul qilinayotgani fuqarolarda ijtimoiy faollik hissini kuchaytirmoqda. Turli dolzarb masalalar qatori, davralarda davlat tili, milliy gʻurur, oriyat, tarix va qadriyatlar haqidagi qizgʻin musohabalarga guvoh boʻlyapmiz. Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda: “Davlat tili haqida”gi qonunni isloh qilib, bugungi kun talablariga moslashtirishimiz kerak. Bu jarayonda yozuvchi, shoir, tilshunos olim va boshqa soha vakillari bilan yuzma-yuz oʻtirib, ushbu masalalar boʻyicha oʻzaro fikr almashishimiz lozim” degan mazmundagi mulohazalar bildirilmoqda.

Zero, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Davlat tili haqida”gi qonunning Toshkent shahrida ijro etilishini oʻrganish natijalari toʻgʻrisida”gi qarori asosida Hukumatimiz tomonidan 2018 yilning 24 dekabrida ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritasi”da ham “Davlat tili haqida”gi qonunning yangi tahririni tayyorlash bosh masala qilib qoʻyilgan. Yaqinda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida boʻlib oʻtgan davra suhbatida aynan shu mavzu atroflicha muhokama etildi.

– Biz oʻtgan yili ashaddiy qoidabuzarlar va tartibbuzarlarni ham bor-yoʻgʻi 3-4 oy ichida tartibga olish mumkinligini amalda koʻrdik, bunga oʻzimiz guvoh boʻldik. Yoʻl harakati qoidalariga amal qilish boʻyicha keskin choralar koʻrilishi qisqa muddatda oʻz natijasini berdi. Til qoidalari masalasida ham xuddi shunday qatʼiy va keskin choralar zarur boʻlayapti. Gap shundaki, Til qonunini qoʻpol ravishda buzganlarga masʼullar koʻpincha bor-yoʻgʻi “preduprejdeniya berilsin”, deb qoʻya qolishadi. Bunday chora bilan hozir birovning pishagini “pisht” deb ham boʻlmaydi. “Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonunga bepisandlik bilan qaragan, uni buzgan kishilar, vakolatli shaxslarga yaxshigina jarima solish, zarur boʻlsa, lavozimi bilan bogʻliq aniq choralar koʻrish kerak boʻlayapti.

Oʻtgan asrning 90-yillarida Atamalar qoʻmitasi tuzilgan edi. Bu qoʻmitaga mashhur adib Odil Yoqubov rais boʻlgan. Lekin, afsuski, bu qoʻmitaning kattaroq ishlar qilishga imkoniyati boʻlmadi. Qoʻli ham, tili ham kaltalik qildi oʻsha paytlarda. Chunki zarur mablagʻ va vakolat bilan bogʻliq jiddiy muammolar boʻlgan. Shu sabab qoʻmita aʼzolari qanchalik faol va jonkuyar boʻlmasin, ishlar yurmay qolgan. Bugun ham shunday qoʻmita yo tashkilotga ehtiyoj bor. Muhimi, maxsus vakolat bilan Til qonunini buzuvchilarga keskin chora koʻra oladigan huquqlarga ega idora kerak boʻlayapti. Til toʻgʻrisidagi qonun ijrosini muntazam nazorat qiladigan, oʻzbek tilini turli tahdidlardan himoya qila oladigan rasmiy idora koʻp qoidabuzarliklar va bepisandliklarning oldini olishi mumkin. Shuningdek, “Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi” tuzilsa, davlat tilini rivojlantirish bilan bogʻliq loyihalarni moliyalashtirish asosi yaratilsa, maqsadga muvofiq boʻlardi.



Bizning til targʻiboti masalasida zaif tomonlarimiz koʻp. Qachon 21 oktyabr kelib qolsa, hammamiz Muhtarama Onamizni eslab qolamiz. Bu onaga sovgʻa-salomlar qilamiz, holini soʻraymiz. Holbuki, bu onaga har kuni mehr va eʼtibor kerak. Ommaviy axborot vositalarida til qoidalari buzilishi milliy tafakkurni buzish va aynitishga xizmat qiladi. Bunga ehtiyot boʻlish shart. Shart! Meni yana bir narsa ajablantiradi. Keyingi paytlarda xususiy telekanallarda koʻrsatuvlar nomini ajnabiy soʻz bilan nomlash “moda” boʻldi. Ular buni zamonaviylik deb oʻylashayapti, shekilli. Goʻyo shu bilan zamonaviy boʻlib qolishmoqchi, goʻyo shu bilan oʻzlarini ilgʻor va bilgich koʻrsatadilar. Baʼzi xususiy telekanallar koʻrsatuvlarining 80 foizidan ortigʻi ajnabiy soʻzlar bilan nomlangan desak, mubolagʻa boʻlmas. Nahotki, shunday boy tildan bu koʻrsatuvlarga bitta nom chiqmasa?! Chiqadi. Chiqqanda ham koʻp goʻzal va jozibali nomlar chiqadi. Faqat buni koʻrsatuv ijodkorlari istashmaydi va oʻz ona tillariga bepisand qarashadi. Holbuki, Rossiya telekanallarida koʻrsatuvlarning aksariyati rus tilida, ularda ajnabiy nomlash besh foiz ham chiqmasa kerak. Yo ular zamonaviylikni boshqacharoq tushunadilarmi? Shak-shubhasiz, tilimizning hurmatini joyiga qoʻyishda, eng avvalo, biz yozuvchi-shoirlar, teleboshlovchi-suxandonlar, madaniyat va maʼrifat vakillari jonbozlik koʻrsatishimiz, boshqalarga oʻrnak boʻlishimiz darkor. Ana shundagina bu borada qilayotgan ishlarimiz samarali boʻladi.
Download 57,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish