O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


mavjud imkoniyatlardan optimal  foydalanishdir



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/32
Sana22.07.2022
Hajmi1,4 Mb.
#837737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b

 
mavjud imkoniyatlardan optimal 
foydalanishdir.
 
Bugungi kunda o’quv yurtlarida didaktik vositalarning ko’p turlari mavjud 
bo’lib, ularning ichida eski xarid qilingan o’quv texnika vositalari bilan birgalikda 
yangi xarid qilinayotgan zamonaviy o’quv-texnikalar ham bor. Mana shu o’quv 
yurtining didaktik vositalar parkidan o’qituvchi o’zi uchun foydalanishga qulay 
bo’lgan, uning uslubiga mos keladigan, kasbga tayyorlash xususiyatlarini hisobga 
oluvchi, maksimal samara beruvchi va so’nggi texnologiyalar asosida 
ishlaydiganlarini 
tanlab 
olishi 
kerak. 
Masalan 
ijtimoiy 
yo’nalishdagi 
mutaxassislarni tayyorlashda diaproeksion apparatlar qo’l kelsa, texnika 
yo’nalishdagi mutaxassislarni tayyorlashda grafoproektorlardan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. Amaliy mashg’ulotlarni olib borayotgan o’qituvchi uchun 
"Polilyuks-1" 
grafoproektori 
yoki 
"Raduga-2" 
kinoproeksion 
apparati 
foydalanishda qulay bo’lsa, nazariy mashg’ulotlarni olib boruvchi uchun "Lektor-
2000" grafoproektori yoki "Ukraina.-5" kinoproeksion apparatidan foydalanish 
qulay hisoblanadi. Bundan kelib chiqadi-ki, didaktik vositalar majmuasini 
loyixalashda vositalarni tanlashga ham rioya qilish kerak. 
O’quv jarayonida didaktik vositalardan foydalanishning hajmiy me’yori 
mavjud. Chunki didaktik vositalardan keragidan ortiq foydalanilsa bu 
talabalarning toliqishiga, ularga o’quv materiali to’liq xajmda berilishiga 


23 
ulgurmaslikka yoki bo’lmasa talabalarning o’quv materialini to’liq hazm qilib 
ololmasliklariga olib kelishi mumkin. Darsda videomaterial namoyish 
qilinayotganda u dars hajmining uchdan bir qismidan ko’p vaqtni olmasligi kerak. 
Videomaterialni tomosha qilayotgan talabalarning sezgi organlari tinglayotgan 
talabalarnikidan ko’ra faolroq va ko’proq ishlaydi. Tinglayotgan talabalar faqat 
eshitish organini ishga solsa, videomaterialni tomosha qilayotgan talabalarning 
ham eshitish, xam ko’rish organlari ishlayotgan bo’ladi va bu ularning tez 
toliqishiga olib keladi. Bundan tashqari videomaterial namoyish qilingandan 
so’ng o’qituvchi qisqacha shu materialning ochilmagan tomonlarini sharxlab 
berishi, xulosalashi va zarur bo’lib qolganda bu to’g’risida auditoriyada munozara 
o’tkazishi kerak. Chunki, videomaterialning barcha fragmentlari talabalarga 
tushunarli bo’lmasligi, undagi ma’lumotlar talabalar uchun tanish bo’lmasligi 
yoki bo’lmasa qo’shimchalar kiritilishi kerak bo’lishi mumkin. Buning yana bir 
tomoni o’qituvchi videomaterialni namoyish qilishga ko’p vaqt sarflab didaktik 
vositalardan foydalanish me’yoridan oshib ketsa, bugungi darsda qo’yilgan 
maqsadga erisha olmasligi, o’quv materialini to’liq bera olmasligi mumkin. 
Videomaterial namoyish qilingandan so’ng shu mavzuga doir savol-javob 
o’tkazish, unga doir misol-masala ishlash yoki bo’lmasa topshiriq berish o’quv 
materialini to’liq o’zlashtirish imkonini beradi. Yuqoridagilardan ko’rinib 
turibdiki, zamonaviy loyixalashning asosiy tamoyillaridan yana biri didaktik 
vositalar majmuasini loyixalayotganda vositalardan foydalanishning xajmiy 
me’yorini inobatga olishdir. 
O’quv jarayonida didaktik vositalarni tanlaganda va ularning majmuasini 
loyihalayotganda yana quyidagilarga ham e’tibor berish kerak. Majmuani tashkil 
etuvchi didaktik vositalarni auditoriyada shunday joylashtirish kerak-ki, ular 
o’qituvchi yoki talabalarga xalal bermasligi, foydalanish uchun qulay bo’lishi va 
auditoriyada ko’p joyni egallamasligi kerak. Jixozlar va didaktik vositalar 
majmuasi barcha talabalarga ko’rinadigan joyga quyilishi, laboratoriya stollari va 
o’tish yo’laklari orasidagi masofa 1-1,5 m bo’lishi, ish joyiga yoki stolga tabiiy 
yorug’lik chap tomondan, sun’iy yorug’lik yuqoridan tushishi kabi talablarga javob 


24 
berishi kerak. Majmua loyixalanayotganda sanitariya normalari xisobga olinishi 
ham maqsadga muvofiqdir. Demak didaktik vositalar majmuasini loyixalayotganda 
vositalarni joylashtirish yoki komponovkalashga ham e’tibor berish kerak. Bu qayd 
etib 
utilgan 
tamoyillar 
zamonaviy 
loyixalashda 
qo’llaniladiganlarining 
asosiylaridan hisoblanadi. Umuman olganda zamonaviy loyixalashda aniq 
reglametga yozib quyilgan tamoyillarga rioya qilish talab qilinmaydi. Asosiysi 
loyixalanayotgan majmua yaxshi samara berishi kerak. Bundan kelib chikadi-ki, 
har bir o’qituvchi o’z tajribasi, ijodiy qobilyati va sharoitiga qarab yuqorida 
keltirilgan tamoyillarga tayanib didaktik vositalar majmuasini loyixalashi mumkin. 

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish