Bitiruv malakaviy ishning ahamiyali va ilmiyligi:
Hozirgi kunda jaxon
tajribasidan ko’rinib turibdiki, ta’lim jarayoniga o’qitishning yangi, zamonaviy
usul va vositalari kirib kelmoqda va samarali foydalanilmokda. Jumladan, Buxoro
oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutida ham innovatsion va
zamonaviy pedagogik g’oyalar amalga oshirilmoqda: O’qituvchi bilim olishning
yagona manbai bo’lib kolishi kerak emas, balki talabalar mustaqil ishlash
jarayonining tashkilotchisi, maslaxatchisi, o’quv jarayonining menejeri bo’lishi
lozim. Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish asosida aynan shu g’oyalar yotadi.
Respublika hukumati va Prezidenti olib borayotgan ijtimoiy- iqtisodiy siyosatda
mamlakat xayotining barcha jabxalarini rivojlantirishga, ayniqsa kelajak avlodni
milliy tiklanish mafkurasi ruxida tarbiyalashga juda katta e’tibor berilmoqda.
Hozirgi kunda ta’lim olayotgan yoshlar Respublikamizning kelajagidir. Bu sharafli
vazifani bajarish o’qituvchilar zimmasiga tushadi. Shu sababli yuksak malakali
o’qituvchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalariga katta e’tibor
qaratilayapti. Prezidentimiz o’zining "Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati"
nomli risolasida shunday deb ta’kidlaydi: "Tarbiyachi ustoz bo’lishi uchun
boshqalarning aql-idrokini o’stirish, ma’rifat ziyosidan baxramand qilish, haqiqiy
vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, avvalo tarbiyachilarning o’zi
ana shunday talablarga javob berishi, ana shunday fazilatlarga ega bo’lishi kerak".
Bu tezis o’z navbatida o’qituvchi- tarbiyachilarning yuksak kasbiy va shaxsiy
fazilatlar egasi bo’lishini taqozo etadi. Shuning uchun ham o’qituvchi oldiga
qo’yilgan vazifalar uta
murakkab, mas’uliyatli va ayni paytda sharaflidir.
Rivojlangan davlatlar safidan o’rin olishni uz oldiga maqsad kilib kuygan
Uzbekistonimiz, xalk xujaligining barcha tarmoklari kabi ta’lim soxasida xam ilgor
texnologiyalarni joriy etish va shu orqali ta’lim mazmunini jaxon andozalari
darajasiga olib chiqishga xarakat qilmoqda.
13
Hozirgi paytda oliy ta’lim muassalarida va kasb-xunar kollejlarida yangi
pedagogik va axborot texnologiyalarni qo’llash va zamonaviy o’quv uslubiy
majmualarni ishlab chiqish muammolariga qaratilgan bir necha diqqatga sazovor
ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek ta’lim tizimini takomillashtirish
maqsadida xorijiy mamlakatlarning kasbiy ta’lim tajribalaridan foydalanilmoqda.
Ushbu ishlarni amalga oshirish ta’lim soxasida xalqimizning boy merosi, buyuk
mutafakkirlarimizning g’oyalari va davrimizning ilg’or yangiliklarini o’zida
mujassamlashtirgan metodik tizimning yaratilishiga asos bo’lmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida kuzda tutilgan asosiy vazifalardan biri
ta’lim tizimini zamonaviy o’quv adabiyotlari va yangi pedagogik texnologiyalar
bilan ta’minlashdan iboratdir. O’qitish jarayonining vazifasi ta’lim, tarbiya va
rivojlanish birligini ta’minlashni nazarda tutadi. Biroq kasbiy ta’lim yo’nalishlari
bo’yicha pedagog kadrlar tayyorlashda ta’lim oluvchilarning qobiliyati, ong va
ko’nikmalarini o’stirish, ilmiy-amaliy bilimlarini chuqurlashtirish muammosi
bundan xam muhimroq. Bu xususiyatlar kelajakda ta’lim oluvchilar qobiliyatini
rivojlantirishga ongli ravishda uz kasblariga kizikish va mas’uliyatni oshishiga
yordam beradi.O’qitish jarayonida ta’lim oluvchilarning ijodiy kobiliyatlarini
oshirish muammosi murakkab va kup kirrali. Shuning uchun ta’lim oluvchilarning
ilmiy-nazariy va amaliy bilimlarini oshirishda ularning kasbga bo‘lgan qiziqishi va
qobiliyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Kasb-xunar kollejlarining
yo’nalishi va ixtisoslik xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda, ta’lim tizimi ishlab
chiqarish jarayonlari bilan uzviy bog’lanishi lozim. Buning uchun kasbiy ta’lim
fani o’qituvchilari maxsus fanlarni o’qitish metodikasini, mutaxassislikning
maxorat va amaliy ko’nikmalarini oshirib borishlari talab qilinadi. Hozirgi kunda
Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturidan , jaxon andozalariga moslashuv ehtiyojidan
kelib chiqqan holda kasbiy ta’lim o’qituvchi kadrlarning asosiy qismi yangi
texnika va texnologiyani chuqur bilishi, xamda taxlil qila olishi va yangilik
yaratilish darajasiga ega bo’lishi juda muxim. Ta’lim jarayonida yangi pedagogik
texnologiyalar va faol usullardan foydalanish, yangi ishlab chiqarilayotgan texnik
vositalarni tadbiq qilish, ko’proq talabalarni mustaqil ishlashga undash, ilg’or
14
tajribalardan saboq berishning turli yo’llaridan keng foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Yana bir jixati muhimki kasb-xunar kollejlarida ta’lim olayotgan
talabalarning kasb-xunarga moyilligi, layokatlari, bilim va kunikmalarini
rivojlantirish, ularning tanlagan yo’nalishlari bo’yicha bir yoki bir necha
zamonaviy kasb egallashlari uchun maxsus fanlarni o’qitishni samarali tashkil
qilish, ushbu jarayonni yangi darsliklar, o’quv qo’llanmalari bilan ta’minlash
lozim. “Kasb ta’limi metodikasi” fanining asosiy vazifasi bo’lajak kasb-xunar
kolleji o’qituvchisiga zamonaviy kasbiy pedagogikaning nazariy asoslari
to’g’risida bilim xamda o’qitish jarayonini samarali tashkil etish va o’tkazish
uchun ko’nikmani shakllantirishdan iboratdir.
Hozirgi qishloq xo‘jaligida o‘tkazilayotgan izchil iqtisodiy isloxatlar axolini
sifatli oziq-ovqat maxsulotlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirishi va shu bilan
bir paytda bugungi kunning eng katta muammolaridan biri bo‘lgan oziq ovqat
xavfsizligining oldini olish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
So‘ngi yillarda meva va sabzavotlarni yetishtirish ularni saqlash va o‘z
vaqtida qayta ishlash maqsadida bir qator qonunlar va farmoyishlar qabul
qilinmoqda.
Bunga 2008 yil oktyabr oyidagi “Paxta ekin dalalarini qisqartirilishi bilan
meva-pomidorlar va uzumni rivojlantirishga” qaratilgan Vazirlar Maxkamasinig
Qarori Respublikamizda har yili aholi sonini o‘sib borayotganligini e’tiborga olgan
holda ularni o‘z vaqtida oziq ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Bu borada Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimovning 2011 yilning 21
yanvar kuni Vazirlar Maxkamasining majlisidagi ma’ruzalarida biz bugun
chorvachilik g‘allachiliq meva va sabzavotchilik kabi sohalarda ilg‘or
mamlakatlar tajribasini o‘rganish va uni amalda qo‘llashga, bizning iqlim
sharoitimizda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadigan zamonoviy sug‘orish tizimlari
va energiyani tejaydigan texnologiyalardan foydalanishga yetarlicha e’tibor
beramayotganligimizni aytib, “2011-2015 yillarda O‘zbekiston sanoatini
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” gi dastur tasdiqlanganligi
haqida to‘xtalib o‘tdilar.
15
Shu bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik qayta jixozlash, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini jadal yangilash
biz uchun eng muhum ustivor vazifa sifatida izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.
Shuning uchun bugungi kunning qishloq xo‘jalik mutaxasislari qishloq
xo’jaligi maxsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash texnologiyalarini
puxta bilishlari katta amaliy ahamiyatga ega. Qishloq xo‘jalik maxsulotlarining
sifatini bilish, standartlash sistemasi bilan tanishish, qishloq xo‘jaligi
maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasining o‘zlashtirilishi maxsulot
sifatini oshiradi va nobudgarchilikni imkoni boricha kamaytiradi. Hozirgi qishloq
xo‘jaligida o‘tkazilayotgan izchil iqtisodiy isloxatlar axolini sifatli oziq-ovqat
maxsulotlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirishi va bu soxadagi ta’minotni
tubdan yaxshilab jaxon andozalariga tenglashtirish eng dolzarb masalalardan biri
hisoblanadi.
Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini yetishtirish miqdori ortib borgan sari ularni
saqlash va qayta ishlash ham to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi kerak buning uchun esa
yangi zamonaviy omborxonalar va qayta ishlash korxonalari bunyod etilishi,
qolaversa, bu boradagi fan-texnika va ilgor texnologiyalarni tadbiq etish, xorij
tajriba yutuqlarini o‘rganib ishlab chiqarishga keng joriy etilishi maqsadga
muvofiq bo‘ladi. «Qishloq xo’jaligi va don maxsulotlarini saqlash va qayta
ishlash texnologiyasi» kursi bo’yicha yozilgan mazkur darslik qishlok xo’jaligi
maxsulotlarini , don va uni qayta ishlash , maxsulotlarini qabul qilish,
joylashtirish, va saqlashda yuzaga keladigan muammolar va ularni hal qilish chora
- tadbirlarini ochib berishga imkon yaratadi.
Hozirgi
zamon
qishloq
xo‘jalik mutaxasislari qishloq xo’jaligi
maxsulotlarini saqlash texnologiyasi kursini puxta bilishlari katta amaliy
ahamiyatga ega. Qishloq xo‘jalik maxsulotlarining sifatini bilish, standartlash
sistemasi bilan tanishish, qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash
texnologiyasining o‘zlashtirilishi maxsulot sifatini oshiradi va nobudgarchilikni
imkoni boricha kamaytiradi.
Oxirgi yillarda Respublikamiz miqyosida Prizidentimiz tashabbuslari bilan
16
bir qator kasb-hunar kollejlari barpo etilmoqda. Bu bilan biz Respublikamizda
o‘sib kelayotgan yoshlarimizni qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga va ularni o‘z
vaqtida qayta ishlashga bo‘lgan bilimlarini oshirish ya’ni, qishloq xo‘jalik
ekinlarining hosilini yig‘ishtirish, tashish, saqlash va qayta ishlash masalalari
chuqur o‘rganilib, bu boradagi fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga keng
joriy etishlariga yordam beradi.
Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga va qayta ishlash sanoatining xom-
ashyoga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida sanoatni tubdan yaxshilash
hamda uni uzluksiz davom ettirish davr talabidir. Ayniqsa bu borada meva
uzum, kartoshka , sabzavot va poliz mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashga
alohida e’tibor berish lozim. Ma’lumki meva sabzavot mahsulotlarining asosiy
qismini yetishtirish bahor, yoz, kuzga to’g’ri kelib, ularning pishib yetilish
muddatlariga qarab saqlash hamda qayta ishlash oqilona tashkil qilinmas
ekan, aholini turli shifobaxsh moddalarga boy mahsulotlar bilan ta’minlab
bo’lmaydi. Mahsulot yetishtirish ortib borgan sari, uni saqlash va qayta
ishlash usullari ham takomillashib, yangi zamonaviy omborxona va qayta
ishlash korxonalari bunyod etilmoqda
Kartoshka, sabzavot va shu jumlada pomidor poliz va meva mahsulotlarini
terish, tashish, saqlash va ularga dastlabki ishlov berish fan texnika yutuqlari
hamda ilg’or tajribaga tayanib amalga oshirilsa, isrof bo’lish ancha kamayishi
muqarrardir. Xalqaro qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO)ning ma’lumotlariga
ko’ra, mahsulotning isrof bo’lishi dunyo bo’yicha 10%dan oshmaydi.
Mamlakatimizda bu ko’rsatgich ayni kunda 30-40%ni tashkil etadi. Zero,
ushbu ko’rsatgichni yiliga 1-2%ga kamaytirishga erishilsa maqsadga muvofiq
bo’lar edi. Respublikamiz meva-uzum bog’larining umumiy maydoni 2000 yilda
218.3 ming gektarni sabzavot ekinlariniki esa44.2 ming gektarni tashkil etdi.
Jumlada meva-uzumdan olingan yalpi hosil 55.3ming tonna sabzavotlarniki
696.4 ming tonnga yetdi.
Meva, kartoshka, va sabzavotlarni uzoq vaqt yaxshi saqlash uchun kimyo,
fizika, biokimyo, o’simliklar fiziologiyasi, agrokimyo, mikrobiologiya,
17
o’simlikshunoslik, mevachilik, uzumchilik, sabzavotchilik, polizchilik,
o’simliklarni himoy qilish va boshqa qator fanlar yutuqlaridan unumli
foydalanilmoqda. Ammo tan olish lozimki, hozirgacha meva va sabzavot
ekinlari hosilini yig’ishtirish, tashish, saqlash va qayta ishlash masalalari
ilmiy asosda yetarlicha o’rganilmagan.
Bu borada malakali mutaxassislar tayyorlash davlat ahamiyatiga molik
tadbir hisoblanadi. Shu sababli qishloq xo‘jaligi oliy va o‘rta maxsus o‘quv
yurtlarida “Meva-sabzavotlarni saqlash va ularga dastlabki ishlov berish” fani
o‘qitiladigan zamonaviy qishloq xo‘jaligi mutaxassislari meva-sabzavotlarni
saqlash va ularga dastlabki ishlov berish bo‘yicha puxta bilimga ega bo‘lishi
shart. Mutaxassislar xo‘jalikda yetishtiriladigan kartoshka, sabzavot, poliz
meva va uzum mahsulotlari sifatini to‘g‘ri aniqlay bilishlari, ularni xom
ashyoni buyurtmachiga topshirishga oid barcha jarayonlarni to‘g‘ri tashkil
etishlari, mahsulotlarni saqlashda eng qulay va arzon usullarni tanlab, ularga
o‘z vaqtida sifatli va nes-nobudsiz qayta ishlov berishlari lozim
Bitiruv malakaviy ishini yozish respublikamizning ilg’or xo’jaliklarida
qo’lga kiritilgan tajriba natijalaridan, ilmiy-tadqiqot institutlarining bu
boradagi ma’lumotlaridan, meva-sabzavotlarni saqlash va ularga dastlabki
ishlov berishdagi xalqaro usularidan ham foydalaniladi.
Shunugdek, O’zbekistonda, shu jumladan Buxoro viloyati aholisini pomidor
mahsulotlari bo’lgan talabini qondirish uchun bu mahsulotda yuqori va
sifatli hosil olish uchun ishlab chiqarishda ilmiy asoslangan texnologiyalarni
qo’llash tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |