37
III bob.3.1.Mahsulot saqlashda isrofgarchilikning oldini olish
Keyingi yillarda meva va sabzavotlarni saqlash hamda tashishda katta xajmli
konteynerlardan keng foydalanilmoqda. Bunday usullardan foydalanish mevalarni
ko’plab zahlanish va o’rinishdan saqlaydi. Masalan, kartoshka kavlab olingandan
to ishlatilgunga qadar 30 marotaba o’rinar ekan. Shuni ta’kidlash kerakki, sabzavot
va meva maxsulotlarini saqlash, qayta ishlashga isrofgarchilikni
kamaytirishning
hali foydalanilmagan ko‘plab imkoniyatlari mavjud. Buning uchun, avvalo, yangi
omborxonalar qurish, eski omborxona va konservalash korxonalarini qayta tiklash
zarur. Shuningdek kam chiqimli texnologiyalarni ishlab chiqishga doir ilmiy
izlanishlarni jadallashtirish darkor.
Isrofgarchilikni kamaytirishda hosilni yig‘ishtirishning muddati texnologik
talablariga to‘la rioya qilish muhimdir. Erta (etilmasdan)
uzib olingan mevalar
nordon, shirasi kam va rangi xunuk bo‘ladi. Saqlanganida ko‘p vaqt o‘tmasdan
burishib qoladi, chunki meva to‘la pishib etilgandan keyingina uning hujayralari
suv o‘tkazmaydigan holga keladi. Erta yig‘ishtirilgan hosil nozikligi bois tez
buziladi va uni olis joyga olib borish qiyinlashadi, chunki u uzoq saqlanmaydi.
Pomidorni kechiktirib (muddatidan o‘tkazib) terish ham hosil sifatiga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi va ortiqcha isrofgarchilikka olib keladi. Kechiktirib terilgan
mevalar mazali bo‘lmaydi va saqlanayotganda tez buziladi. Vaqtidan o‘tib terilgan
olma,
noklar tez yumshab, mevasi unsimon holga keladi. Pomidor oqib tushadi,
karamning boshi yorilib ketadi, bodring sarg‘ayadi va hokazo. Xullas, erta yoki
kech yig‘ishtirilgan sabzavot va meva maxsulotlari nafaqat saqlash,
balki qayta
ishlash uchun xam yaroqsiz xolga kelib qoladi.
Mevachilik va sabzavotchilik xo‘jaliklarida rejaga rioya qilinmasligi, ishning
yuritilishi natijasida hosil ko‘plab nobud bo‘ladi. Sanoatni xom ashyo, axolini
ko’plab quritilgan mevalar bilan ta’minlash ishlari
izdan chiqqani tufayli
xo‘jalikning daromadi kamayadi. Hosilni sotishga tayyorlash, jumladan,
shartnomalar tuzish, hosilni yig‘ib-terib olish, tashish, saqlash va qayta ishlash
38
bilan bog‘liq barcha chora-tadbirlar ayni vaqtida,
kechiktirmasdan, uyushqoqlik
bilan yuqori unumda o‘tkazilishini ta’minlash lozim.
Meva-sabzavot
maxsulotlarini
saqlash
davrida
ularni
kasallanishi,
zararkunandalar bilan zararlanishi iste’mollik darajasini keskin kamaytiradi va
isrofgarchilikka olib keladi. Shuningdek mevalarning mexanik shikastlanishi-
teshilishi, yorilishi, ezilishi va boshqalar xaridorgirlik
qiymatini pasaytirib, etiga
mikroorganizmlar kirishi uchun yo‘l ochadi.
Fan va texnika rivojlanishiga qaramay, xamon ko‘plab hosil nobud bo‘lmoqda.
Zero, terimdan keyingi davrda isrofgarchilikni kamaytirish va asosiy sifat
ko‘rsatkichlarini saqlash uchun hosilni tashish, sotishni to‘g‘ri tashkil etishga katta
e’tibor berish kerak. Saqlash davridagi isrofgarchilik maxsulotlarning fizik va
fiziologik xususiyatlari aynishi natijasida ro‘y beradi. Maxsulot tabiatini, saqlash
davrida unda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni, maxsulot uchun ishlab chiqilgan
saqlash rejimlarini yaxshi bilish isrofgarchilikni kamaytirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: