Вариант №13
Электрон тижоратнинг ривожланиш босқичлари.
Elektron biznesning asosiy tarkibiy qismi elektron tijoratdir. Elektron tijorat - bu nafaqat oldi-sotdi operatsiyalari, balki mahsulot va xizmatlarga talabni shakllantirish jarayonlarini qo'llab-quvvatlash, onlayn buyurtmalarni qayta ishlash, shuningdek sheriklar o'rtasida ma'lumot almashish jarayonidan iborat.
Elektron tijorat - bu global Internet tarmog'idan foydalangan holda xo'jalik yurituvchi subyektlarning tovarlar va xizmatlarni sotish bo'yicha o'zaro hamkorligi amalga oshiriladigan elektron biznesning bir turidir.
Internet global tarmog‘ining paydo bo‘lishi bilan elektron tijorat ham barcha turdagi firmalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Avvallari, elektron axborot almashinuvi bilan shug‘ullanish imkoniyati faqatgina yirik kompaniyalarda mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugunga kelib bu narsa oddiy holatga aylanib qoldi. Elektron tijorat nafaqat onlayn-tranzaksiyalarni, balki onlayn-marketing, hamkorlar va ta’minotchilar bilan onlayn-aloqada bo‘lish, elektron hujjat almashinuvi va boshqalarni ham o‘z ichiga oladi.
Elektron tijorat bozorining boshlang‘ich bosqichlarida jadal rivojlanishi birinchi navbatda to‘lov tizimi, bank, provayder xizmati internetga kirish imkoniyatining o‘sishi, mobil aloqa, dasturiy ta’minot va apparat (qurilma) vositalarini yaratuvchilar, hamda o‘z mahsulot va xizmatlarini bozorga chiqarishga talabgorlarning oshib borishi bilan bog‘liq. Elektron tijorat paydo bo’lishining boshlang’ich davri XX asr oxirlarida tijorat shakllarining sezilarli transformatsiyasi bo’ldi. O’tgan asrning oxirlarida iste‘molchilarni arzon hamda sifatli mahsulot va xizmatlar bilan ta‘minlay oldigan elektron tijorat platformlari yaratildi. Bunday platformalarga amazon, aliexpress, alibab kabi platformalarni misol qilish mumkin.
Глобаллашув шароитида рақамли тенгсизлик.
Globallashuv sharoitida "Raqamli tengsizlik" nafaqat alohida shaxslarning, balki butun mamlakat va mintaqalarning muammosidir. Yaqin kelajakda siyosatchilar "kambag'al mamlakat" haqida gapirish o'rniga "bilim darajsi difetsit mamlakatlar" haqida gapira boshlaydi. Davlatlar o'z fuqarolarining ta'lim darajasi va kasbiy malakasini oshirishga ustuvor ahamiyat berishga majbur bo'ladilar, chunki bugungi kunda ham raqobatbardoshlik hal qiluvchi darajada yuqori malakali kadrlar mavjudligi bilan belgilanadi. Ilm-fan taraqqiyotini yuksaltirish, bilimlar xazinasidan to‘liq foydalana olmagan davlatlar qo‘shnilaridan ortda qolishi muqarrar. Natijada, dunyoda xalqlarning iqtisodiy va ijtimoiy tengsizligi yanada kuchayadi.
Rivojlangan ko’plab mamlakatlarda raqamli texnologiyalar mamlakat YaIMiga katta xissa qo’shib kelmoqdi. Texnologiyalarning globallashuvi sharoitida inovatsion raqamli texnologiyalarni qo’llash dolzarb bo’lib bormoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda ham bunga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maktablarda bolalarning IT bo’yicha savodxonligini oshirish va shu kabi yo’nalishlarga e’tibor qaratilishi haqida Prezidentimiz tomonidan ham ta’kidlab o’tilgan. Pandemiya davrida va undan so’ng mamkatamiz hududida tur xil sohalar (bank, online ta’lim, davlat hizmatlari, hizmatlarga to’lovlar va h.k) bo’yicha ishlab chiqilgan platformalardan foydalanuvchilar ko’paydi.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida PF-5598 13.12.2018
Mamlakatimizda maʼmuriy tartibotlardan oʻtishni soddalashtirish, aholi turmushi sifatini oshirish, investisiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan elektron hukumatni, shu jumladan davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini modernizasiya qilish va rivojlantirish borasida izchil choralar koʻrilmoqda.
Shu bilan birga, raqamlashtirishni taʼminlashga va raqamli iqtisodiyotga oʻtishga toʻsqinlik qilayotgan qator hal qilinmagan muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda.
Xususan, davlat axborot tizimlarini rivojlantirishning yagona prinsiplari ishlab chiqilmagan, ushbu sohadagi tadbirlar esa oʻzaro va boshqa axborot tizimlari bilan uzviy bogʻlanmagan holda amalga oshirilmoqda.
«Elektron hukumat» tizimi infratuzilmasi lozim darajada rivojlanmayapti, bu davlat xizmatlarini koʻrsatishda va idoralararo elektron hamkorlik qilishda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng qoʻllashga oʻz taʼsirini koʻrsatmoqda.
«Elektron hukumat» tizimini joriy etishda taʼsirchan muvofiqlashtiruv va yagona texnologik yondashuvning mavjud emasligi resurslarning nooqilona foydalanilishiga olib kelmoqda hamda tadbirlarning samaradorligini pasaytirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |