Mustaqil ishi topshirdi : N. Qarshiyeva Qabul qildi: F. Muqimova Pazandachilikda ishlatiladigan asbob uskunalar va moslamalar haqida ma’lumotlar Ovqatni tayyorlashga kirishishdan oldin qo‘llarni sovun bilan yuvish



Download 30,97 Kb.
bet1/8
Sana29.12.2021
Hajmi30,97 Kb.
#84440
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Norxol. F.Muqimova


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS

TA'LIM VAZIRLIGI

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

320- GURUH MEHNAT TA’LIM YO'NALISHI

3-KURS TALABASI

Servis xizmati fanidan


QARSHIYEVA NORXOLNING
MUSTAQIL ISHI

Topshirdi : N.Qarshiyeva

Qabul qildi: F.Muqimova

Pazandachilikda ishlatiladigan asbob uskunalar va moslamalar
haqida ma’lumotlar


Ovqatni tayyorlashga kirishishdan oldin qo‘llarni sovun bilan yuvish, tirnoqlar olingan bo‘lishi;

  1. Ovqat tayyorlashda imkon qadar yangi, sifatli mahsulotlardan foyda- lanish;

  2. Go‘shtga, baliqqa birlamchi ishlov berishda maxsus tamg‘alangan - “XG”, “XB” taxtakach va pichoqlardan foydalanish;

  3. Ish o‘rnini tez-tez tozalash va har doim ozoda, pokiza saqlashga harakat qilish;

  4. Xona jihozlarining saranjomligi va ozodaligini ta'minlash;

  5. Toza idishlarni maxsus gigiyenik javonlarda saqlash;

  6. Chiqindilarni maxsus qopqoqli idishga solish va o‘z vaqtida chiqarib tashlash kerak.

Xavfsizlik texnikasi qoidalari:

  1. Ovqat tayyorlashni boshlashdan oldin ishlatiladigan elektr asboblari va jihozlarining

sozligini tekshirish;

  1. Elektr jihozlarini tok manbayiga ulashda qo‘l quruq bo‘lishi;

  2. Go‘sht qiymalagichda ishlashda unga mahsulotni maxsus moslama bilan surish;

  3. Pichoqni boshqa kishiga sop tomoni bilan uzatish;

  4. Kastrulka yoki qozonda suyuqlik qaynatishda suyuqlikni to‘ldirib quymaslik;

  5. Suyuqlik qaynab turgan idishning qopqog‘ini o‘zidan teskari tomonga qaratib ochish;




  1. Tоvаdаgi qizigаn yog'ga mahsulotni sekin-аstа, tоvаning bir chetidаn sоlish;

  2. Qаynаyotgаn suyuqlikkа turli mаhsulоtlаrni sаchrаtmаsdаn, ehtiyot- korlik bilan solish;

  3. Issiq qozon, tova, idish-tovoqlarni maxsus qo‘lqop yoki moslama bilan ushlash;

  4. Oshxonada tagi qiyshiq, bandlari singan, cheti uchgan, siri ko‘chgan idish-tovoqlarni ishlatmaslik kerak.

Un va don mahsulotlarining oziqaviy qiymati va ahamiyati

Don mahsuloti turlari, ya'ni dondan qayta ishlab olinadigan mahsulot- larga yormalar, un, makaron mahsulotlari kiradi. Bu mahsulotlar uglevod- larga, ya'ni kraxmalga juda boydir.

Bolalarning o‘sishida don mahsulotlarining foydasi katta, bolalar bir kunda 1,2 mg dan 2 mg gacha vitamin B1 iste'mol qilishi kerak. Donli o‘simliklar o‘z vaqtida yig‘ishtirib olinsa, ulardagi turli moddalar yaxshi saqlanadi, aks holda bu moddalar eskiradi, sifati buziladi va undan mog‘or hidi kelib qoladi.

Oldin turli aralashmalardan tozalangan don tortiladi. Un, asosan, ikki usul bilan: 1) dag‘al yoki oddiy; 2) mayin yoki navlab tortish usuli bilan olinadi. Dag‘al tortilganda tegirmon toshida bir yo‘la un qilinadi. Bunday usul bilan, asosan, javdar uni olinadi. Bug‘doy uni (kepakli undan tashqari), odatda, mayin tortish usuli bilan olinadi. Mayin tortish usulining mohiyati shundan iboratki, unda bug‘doy doni begona aralashmalardan tozalangandan keyin yorma qilib yanchiladi, yorma yirik-maydaligiga qarab navlarga ajratilgach, yana alohida-alohida tortiladi. Un necha nav qilib tortilishiga qarab, birinchi navli, ikkinchi navli va uchinchi navli bo‘lishi mumkin.

Un tur, tip va navlarga bo‘linadi. Unning turi un olingan don ekini bilan belgilanadi. Nima maqsadga mo‘ljallanganligiga qarab unning turlari tiplarga (nonbop, makaronbop va boshqalarga), uning tur va tiplari esa sifatiga qarab tovar navlariga bo‘linadi.

Unning sifati quyidagi ko‘rsatkichlariga: rangi, ta'mi, hidi, yirik-mayda tortilganligi, namligi, yopishqoqligi, kislotaliligiga qarab belgilanadi.





Yuqori navli un sarg‘imtir tiniq oq rangli, past navli esa kulrang bo‘ladi.

Yaxshi sifatli un asta chaynalsa, ta'mi shirinroq bo‘ladi. Noqulay sharoitda uzoq saqlangan unning ta'mi yomonlashadi: kislotaliligi ortadi, achigan, dimiqqan va boshqa yoqimsiz ta'mlar paydo bo‘ladi.

Unga xos hid sal kelib turishi lozim. Achigan va boshqa yog‘ hidlar unning sifatsizligidan dalolat beradi.

Bug‘doy unining sifati uning yopishqoqlik darajasi va sifatiga bog‘liq. Xamir qancha yopishqoq bo‘lsa, non shuncha ko‘pchib, g‘ovak-g‘ovak bo‘lib chiqadi. Yopishqoqligi 28-30% dan ortiq bo‘lgan bug‘doy uni yaxshi hisoblanadi.

Un quruq, o‘rtacha quruq, nam va ho‘l turlarga bo‘linadi. Quruq unning namligi 14% dan oshmaydi. U uzoq saqlanadi va nonbop hisoblanadi. O‘rtacha quruq unda 14,5% dan 15,5% gacha nam bo‘lib, 0 dan 8°C gacha temperaturada yaxshi saqlanadi. 15,5 dan 17% gacha nami bo‘lgan un nam, 17% dan ortiq nami bo‘lgan un esa ho‘l un hisoblanadi.

Suli uni pecheniy va bolalar uchun to‘yimli aralashmalar tayyorlashda foydalaniladi.

Arpa unidan non yopiladi. Makkajo‘xori uni non yopishda va qandolat mahsulotlari tayyorlashda bug‘doy va javdari unlariga aralashtirib ishlatiladi.


Download 30,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish