Melxior (mis bilan nikel qotishmasi) va neyzilber (mis, nikel, rux qotishmasi) idishlar, asosan, dasturxon ustiga qo‘yiladi. Bu qotishmalar mustahkam bo‘lib, tashqi tomonidan nikel bilan, ichkari tomondan qalaylab, nikellab oqartiriladi. Tez-tez ishlatilib turganda, bunday idishlarni har 7-10 kunda sovunli suvda 1 litr suvga 1 choy qoshiq novshadil spirt qo‘shib yuviladi. Namdan qoraygan joylari iliq sirkali suv bilan yuviladi, keyin toza suvga chayqaladi.
Chinni idishlar 2 turga bo‘linadi: nafis chinni (farfor) va dag‘al chinni (fayans). Nafis chinni limon va sirka kislotalariga chidamli, yupqa sirlangan bo‘ladi, qattiq (qirilmaydi), jaranglaydi, asosan, oq, ba'zan rangli sirlanadi. Dag‘al chinni qalin, sirlangan, nafis chinniga nisbatan anchagina chidamsiz (tez sinuvchan), nisbatan yengil, yirik idishlar uchun (masalan, katta kosa, guldon, sut va yog‘ solinadigan idishlar, qanddon) qulay.
Do'stlaringiz bilan baham: |