O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti axmedova Dildora Bahodirovna



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/123
Sana26.02.2022
Hajmi2,44 Mb.
#467464
TuriУчебное пособие
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   123
Bog'liq
Ona tili 1 kurs talabalar uchun

Uchinchidan
, tilda ayni bir tushuncha nafaqat turli sath birliklari bilan, ayni bir 
sathning bir necha birligi bilan berilishi mumkin (sinonimiya). Chunonchi, kichik –
mayda, o‘rganmoq – o‘zlashtirmoq, o‘lmoq – vafot etmoq va aksincha, ayni bir 
so‘z bir necha tushunchani ifodalashi mumkin (ko‘p ma’nolilik): o‘rik – meva, 
o‘rik – daraxt. 
Shu asosda so‘z va tushuncha orasidagi uchinchi farqni “Bir tushuncha bir necha 
so‘z bilan va bir necha tushuncha ayni bir so‘z bilan ifodalanishi mumkin” deb 
berishimiz mumkin. 
To‘rtinchidan

tushuncha 
tafakkur 
birligi, 
borliq 
alohidaliklari 
va 
munosabatlaridagi umumiy va muhim tomonlarning ongdagi in’ikosi bo‘lib, 
baholash, unga kimningdir munosabati, qo‘shimcha (yondosh, hamroh) ma’nolar 
xos emas; u baho ma’nosidan xolidir. So‘z esa, aksincha, konnotativ (qo‘shimcha 
uslubiy) ma’no bo‘yog‘isiz bo‘lmaydi. Chunonchi, turq-angor-aft-bashara-YUZ-
chehra-jamol-oraz-ruxsor qatoridagi yuz so‘zi bo‘yoqsiz emas, balki neytral 
bo‘yoqlidir. Shu xususiyat asosida to‘rtinchi farqni “Tushuncha uchun qo‘shimcha 
ma’no xos emas, so‘z esa qo‘shimcha ma’nosiz bo‘lolmaydi”, - deb ifodalashimiz 
mumkin. 
Beshinchidan
, tushuncha tarixiy taraqqiyot natijasida o‘zgarishi, hatto o‘z 
aksiga o‘tishi va bu so‘zga ta’sir etmasligi, shuning aksi sifatida so‘z tamoman 
o‘zgarib, tushunchaga mutlaqo ta’sir etmasligi mumkin. Birinchi holatni Yer va 
Quyosh haqidagi bundan yuz yil oldingi va bugungi tushunchalarimizning qiyosida 
ko‘rsak, ikkinchi holatni bundan yigirma yil oldin ishlatilgan oblast, rayon 
so‘zlarining viloyat, tuman so‘zlari bilan osongina almashinganida ko‘ramiz. Shu 
asosda so‘z va tushuncha orasidagi beshinchi farqni “So‘z o‘zgarib, tushuncha 
o‘zgarmasligi va, aksincha, tushuncha o‘zgarib so‘z o‘zgarmasligi mumkin” deb 
ifodalashimiz mumkin. 
So‘zning borliqdagi biror (bir turdagi) narsa, belgi, miqdor, harakat, munosabat 
haqidagi tushunchani ifodalashi uning ma’nosi deyiladi. Masalan, gilam so‘zining 


135 
ma’nosi “odatda jun, ipakdan to‘qilib, yerga, polga to‘shaladigan yoki bezak uchun 
xona devorlariga osib qo‘yiladigan uy jihozi”. 
So‘zning ma’nosi murakkab bo‘lib, uning bir necha turi mavjud. Eng avvalo 
ma’noning lug‘aviy (leksik) va grammatik ma’no turini farqlash kerak. 
So‘zning borliqdagi qanday narsa, belgi, miqdor, harakat, munosabat haqidagi 
tushunchani ifodalashi uning lug‘aviy ma’nosi deyiladi. Masalan, atala – 
“qizdirilgan yog‘ga qovurilgan un solib, suv qo‘shib pishiriladigan suyuq ovqat”, 
arang – “katta qiyinchilik bilan, zo‘rg‘a”, archmoq – “po‘stini, qobig‘ini olmoq, 
po‘chog‘ini tozalamoq”. So‘zlarning lug‘aviy ma’nosi izohli lug‘atda qayd etiladi. 
So‘zning leksik ma’nosi uning o‘zak, negizida bo‘ladi. Ba’zi bir so‘zda lug‘aviy 
ma’no bo‘lmaydi: lekin, bilan, ammo, uchun, sari kabi. Faqat mustaqil so‘zgina 
atash ma’nosiga ega. Olmosh bundan mustasno. U o‘zi ishora qiladigan so‘zning 
atash ma’nosiga ishora qiladi. 
So‘zning biror so‘z turkumiga xos belgisi, so‘z birikmasi va gapdagi 
vazifasini ko‘rsatuvchi xususiyati grammatik ma’no deyiladi. Chunonchi, “Bolalar 
qiziqarli kitobni o‘qiydi” gapini olsak, “bolalar” so‘zida 2 xil ma’no ajralib turadi:
1) lug‘aviy ma’no – ya’ni bu so‘zning borliqdagi odam jinsiga mansub bo‘lgan, 
yosh jihatdan voyaga yetmagan shaxsni yoki voyaga yetgan kimsaning farzandi, 
avlodini atab kelish; 2) ko‘plik sonda, bosh kelishikda, gapda ega vazifasida 
kelgan turdosh ot. Bu ma’nolardan birinchisi lug‘aviy, leksik ma’no bo‘lsa, 
ikkinchisi grammatik umumlashgan ma’nodir. Grammatik ma’no juda ko‘p so‘z 
uchun bir xil, ya’ni umumiy bo‘ladi. Lug‘aviy ma’no esa har bir so‘zda alohida. 
Lug‘aviy ma’noning bir necha turi mavjud. Bu turlar o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir 
necha juftlikni hosil qiladi. 

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish