O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti axmedova Dildora Bahodirovna



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/123
Sana26.02.2022
Hajmi2,44 Mb.
#467464
TuriУчебное пособие
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   123
Bog'liq
Ona tili 1 kurs talabalar uchun

So‘z va uning ma’nosi 
Leksikologiyaning asosiy birligi so‘zdir. 
Borliqdagi narsa, belgi, miqdor, 
harakat, munosabat kabilarni nomlovchi til birligi 
so‘z
deyiladi. 
Masalan, 
oltin 
so‘zi sariq rangli qimmatbaho metallning nomi, 
sariq
so‘zi rangning nomi
o‘n
so‘zi muayyan miqdorning nomi, 
yurmoq 
so‘zi ma’lum harkatning nomi, 
do‘stlik
so‘zi ma’lum munosabatning nomi. Demak, so‘z mohiyatan nom ekan. 
So‘z murakkab til birligi bo‘lib, quyidagi belgilarga ega: 
1. Borliqdagi narsa, belgi, harakat kabilarni nomlaydi, ya’ni nominativ vazifa 
bajaradi. Biroq so‘z borliqdagi har qanday alohida narsani emas, bir turga mansub 
narsalar haqidagi umumiy tushunchani ifodalaydi. Masalan, 
tosh 
so‘zi “yaxlit 
massa yoki bo‘lak-bo‘lak holda uchraydigan, qattiq, mo‘rt tog‘ jinsi” degan 
tushunchani bildiradi va bu so‘z bilan borliqdagi har qanday toshni nomlash 
mumkin. 
2. Har bir so‘z tovush qobig‘iga ega. Masalan, 
bola
so‘zi 
b, o, l, a
tovushlar 
tizmasidan iborat. So‘zning fonetik o‘ziga xosligi shundan iboratki, uning ichiga 
boshqa til birligini kiritib bo‘lmaydi. Masalan, 
belkurak 
so‘zining qismlari orasiga 
boshqa so‘z kiritib bo‘lmaydi. 
Bel bog‘lash 
so‘z birikmasining orasiga esa so‘z 
kiritib, belni mahkam bog‘lash so‘z birikmasi zanjirini hosil qilish mumkin. 
3. So‘z nutqda turli-tuman grammatik ma’nolarni ifodalash uchun shu 
ma’nolarga xos shakllarda qo‘llanadi. Boshqacha aytganda, so‘zlar shakl yasalish 
tizimiga ham ega: kitob+lar+im, ishchi+lar+imiz+ga, o‘qi+yap+ti+lar.
4. Alohida olingan so‘z muayyan tushunchani ifodalasa, gap tarkibida ma’lum 
gap bo‘lagi, ya’ni fikrning bir qismini ifodalaydi. Masalan, Bog‘da bulbul 
sayrayapti gapida bog‘da so‘zi hol, bulbul so‘zi ega, sayrayapti so‘zi kesim 
vazifasini bajaryapti, mazmunan esa bog‘da so‘zi ish-harakatning o‘rnini, bulbul 
so‘zi ish-harakatning bajaruvchisini, sayrayapti so‘zi esa bajaruvchining ish-
harakatini hukm tarzida ifodalayapti. 

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish