125
6. Kirillcha o‘zbek yozuvi imlosidagi qaysi qoidalar lotincha o‘zbek yozuvi imlo
qoidalari sirasiga kiritilmagan? Sabablari?
7. Har ikkala «qoidalar» to‘plamida harflar imlosiga oid qanday farqlar bor?
8. Har ikkala «qoidalar» to‘plamida asos va qo‘shimchalar
imlosiga oid qanday
tafovutlar bor?
9. Har ikkala «...qoidalar» to‘plamida qo‘shma so‘zlar imlosiga oid qanday
tafovutlar bor?
10. Har ikkala «...qoidalar» to‘plamida chiziqchaning qo‘llanishiga oid imloda
qanday tafovutlar bor?
11. Har ikkala «...qoidalar» to‘plamida bosh harflar imlosiga oid qanday tafovutlar
bor?
1.
Qaysi javobda yuklamalar imlosi bilan bog‘liq xatolik mavjud?
A.
Na ukasidan, na akasidan aytarli yordam ololmagandi. B. O‘sha kungi
uchrashuvda-yoq
barcha masalaga oydinlik kiritib qo‘yishmadimi?
C. Opa-ginam, sizni ko‘rmaganimga naq uch soat bo‘libdi, bormisiz o‘zi?
D.Chol yo eringanidan, yo odat sabab hovli eshigini
doim hassa-da ochar va
mening kuzatib o‘tirganimni ham sezib yurardi.
2.
Qaysi so‘zlarni qatorga sig‘may qolsa, keyingi qatorga ko‘chirib bo‘lmaydi?
A. klub, bank, ayb
B. BMT, D.Komilova, “Navro‘z-2002” C. 2009, XXI,
5 “B”- sinf
D. A,B,C
3.
1995-yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko‘ra quyidagi so‘zlarning qaysi
biri qo‘shib yoziladi?
A) kir sovun B) tarjimayi hol C) liq to‘la D) och sariq
4. Tutuq belgisi (’) qo‘yilishi kerak bo‘lgan so‘zlarni aniqlang.
A) maraka, tazim B) mo‘tadil, vaz C) mashuq, mezon D) taziya, murojaat
5. Qaysi qatordagi so‘zda til oldi jarangli tovush lab-lab jarangli
tovushi sifatida
talaffuz etiladi?
A) mehmon B) bo‘yni C) gapni D) minbar
126
6. Noto‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini ko‘rsating.
A) oliyjanob, taqiqlamoq, ohanrabo B) taqchil, bug‘u, hasharot
C) hukumron, alyuminiy, vakum D)bo‘ysunmoq, gulsapsar, binoyi
7. 1995-yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko‘ra quyidagi so‘zlarning qaysi biri
ajratib yoziladi?
A) yarim avtomat B) bug‘doy rang С) janubi g‘arb D) sovuq mijoz
8. Noto‘g‘ri yozilgan so‘z qaysi qatorda berilgan?
A) hasharot B) netron C) obro‘li D) xushhazm
9.Talaffuz va imloda farqlanadigan so‘zlar ko‘rsatilgan qatorni toping.
1) tonna; 2) avtomat; 3) bahor; 4) okean; 5) kollej; 6) ishlov; 7) tovuq; 8) yasha; 9)
bilan
A) 1, 2, 5, 7, 8, 9 B) 3, 4, 6, 8, 9 C) 1, 2, 3, 4, 5, 7, 9 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8
10. Qaysi gapda noto‘g‘ri yozilgan so‘z qatnashgan?
A. Aluminiy idishlarda ovqat saqlab yeyish sog‘liq uchun zararlidir. B. Bulbul
Arabiston yarim orolining janubida qishlab, aprelning
oxirida yurtimizga uchib
keladi. C. Tamagirlik bilan adolat bir-biriga ziddir. D. Fitrat fors shoiri
Bedil haqida ilmiy tadqiqotlar olib borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: