Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati – bitiruv malakaviy ishida ilgari surilayotgan g’oyalardan mustaqil va masofaviy ta’limning yangi shakllarini yaratish va o’qituvchilar malakasini oshirish tizimida foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining metodologik asosi – bitiruv malakaviy ishi mavzusi bilan bog’liq bo’lgan ilmiy-uslubiy adabiyotlarni, dastur, darslik, o’quv hamda uslubiy qo’llanmalarni o’rganish va ularni tahlil qilish.
Bitiruv malakaviy ishining metodlari – bitiruv malakaviy ishining mavzusi bilan bog’liq ilmiy-ommabob materiallarni o’rganish, shuningdek, oliy ta’lim muassasalaridagi qattiq jismlar fizikasi, yarimo‘tkazgichlar fizikasi, elektronika, optika, optoelektronika fanlari mutaxassislari, professor-o’qituvchilarning ish tajribalarni kuzatish, ularning tajribasini umumlashtirish; pedagogik tajribani tashkil qilish va tajriba natijalarini statistik qayta ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |