O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti «Fizika – matematika»



Download 1,19 Mb.
bet7/16
Sana31.12.2021
Hajmi1,19 Mb.
#256367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
O’lchamli kvantlashgan yarimo’tkazgichli

nh=eB/(2 ) (1.1.1.)

Bunda B - magnit maydon induksiyasi.

Haqiqiy (real) tizilmalarda esa aralashmalar yoki nuqsonlarning maydonlari bu sathlarning kengayishiga, bu esa, o‘z navbatida, sathlarning suvashib ketishi hisobiga ularning tizimi (polosasi)ga olib keladi. Bunday bir tizim markaziga yaqin qiymatga ega bo‘lgan energiyali tok tashuvchilargina harakatchan bo‘lib, kinetik (tashish)hodisalarida ishtirok etadi. Buning natijasida yuqorida joylashgan har bir sath yarmining to‘lishida, ya’ni bir sath to‘lish darajasi ( =n/nH) ning yarimga karrali qiymatlarida o‘tkazuvchanlik tenzorining nodiagonal (bxu) tashkil etuvchisining qiymati tepkili (sakrash) o‘zgaradi; bunda n-tok tashuvchilarning sirt konsentratsiyasi, so‘ngra bxu(e2 /(2 )) qiymatli «yassilik»ka chiqadi ( - Xoll konsentratsiyasi). bxu ning bunday qiymatlar sohasida o‘tkazuvchanlikning bxu nodiagonal tashkil etuvchisi aktivizatsion (termaemission) tabiatli bo‘lib, uning yarimga karrali sohalarida esa maksimumga erishadi. 1983-yil rus olimlari Altuxov, Ivanov, Lamasov va Rogachevlar o‘zlarining kremniyli (MOD) tizimlardagi lyuminessensiya spektrida S chiziq deb nomlangan nurlanishning yangi chiziqlarini tajribada kuzatishgan. Bu chiziqni elektronlarning kvantlashgan o‘rachaning oksid tomonidagi devori yaqinida joylashgan nomuvozanatdagi kovaklar bilan rekombinatsiyalanish natijasi sifatida qarash mumkin (bunda kovaklar sirtdan uzoqda joylashgan va teskari ishorali hajmiy zaryadlar qatlamini hosil qiladi). Bu va bunga o‘xshash boshqa tajribaviy dastaklar qaralgan tajriba sharoitlarida kovaklar erkin bo‘lib erkin elektronlar bilan birgalikda ikki o‘lchamli elektron - kovakli (n-p) plazmani hosil qilishidan dalolat beradi [13, 16].

1984-yil Kukushkin va Timofeevlar tomonidan elektronlarning kvantlashgan o‘racha yaqinida joylashgan akseptorlarga bog‘langan kovaklar bilan rekombinatsiyalanishi hisobiga ro’yobga keluvchi nurlanishning 2D – chiziqni ochishdi. Tajriba faktlaridan shu ma’lum bo‘ldiki, nurlanish chizig‘ini shaklan tekshirish bir elektronli holatlar zachoigini bevosita o‘lchash mumkin ekan. Shuningdek, Landau sathlarining kengligi ( ) ning to‘layotgan sathlar eng yuqorisining to‘lish darajasiga bog‘liqligi kelib chiqadi. Elektronlar sathdagi eng pastki holatlarni qisman to‘ldira borib aralashmalarning maydonini qisman ekranlashtiradi va sathlarning kengligi kamayadi; sath to‘laligicha egallanganida ekranlashish yo‘qolib boradi.



Holatlarning spinli yoki orbital – vohali energetik ajralishi (tizimlashishi) tanlangan holatlarning to‘lish darajasiga bog‘liqdir. Buning sababi bir xil holatlarni to‘ldiruvchi elektronlar energiyasini kamaytiruvchi almashinuv o‘zaro ta’siri hisoblanadi. Tekshirilgan namunalarda orbital – vohali kengayish kattaligi to‘lasicha egallangan yoki bo‘sh holatlar ( ) uchun, ning juft qiymatlar sohasida ga mutanosib o‘zgargan va uning qiymati 0,04 meV ga tengdir; ning toq qiymatlarida esa bu ajralish ortadi, masalan, =3 uchun uning qiymati 1,4 meV ga teng bo‘ladi.

Xuddi, shuningdek, spinli energiyaviy ajralishni ifodalovchi elektronning g – faktori berilgan N ga mos keluvchi hamma to‘rtala holatlar to‘lganida erkin elektronning g-faktoriga yaqin qiymatini qabul qiladi; bu holatlarning yarmi to‘lganida qiymati keskin ortadi va, masalan, kremniy uchun =2 holda bu qiymat to‘qqizga tengdir. ning ortishi bilan elektroning spinli va orbital-vohali energiyaviy kengayishga ulushi kamayadi. =p/q kattalikning butun bo‘lmagan qiymatlarida, odatdagidek, q kattalik toq qiymatlar qabul qilsa past haroratlarda katta siljuvchanlikka ega bo‘lgan namunalarda bxu( ) bog‘lanish ham yassilikka, bxu( ) da esa minimumga ega bo‘ladi. Karrali Xoll effekti deb nom olgan bu hodisa =p/q munosabat o‘rinli bo‘lganda siqilmovchi kvantlashgan suyuqliklardagi elektron - elektronli o‘zaro ta’siri natijasi deb tushuntiriladi. Bunday suyuqlikning elementar (oddiy) uyg‘onishlari zaryadi ±e*=e/q bo‘lgan «kovaklar» yoki «elektronlar» hisoblanadi. «Elektron-kovak» juftihosil bo‘luvchi energiya ni tirqishning kengligi deyilib b ∞e aktivatsion munosabat yordamida o‘lchanishi mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, kremniyli MDP-tuzilmalarda ning aynan bir qiymati uchun bxu kamayishi bilan bir vaqtda lyuminessensiyaning 2D - chizig‘i maksimumning chastotaviy bog‘lanishida monoton siljish aniqlangan. Tajribani xatolik chegarasida bu siljish =7/3 va =8/3 qiymatlarda 3 kattalikka mos keladi. Bu < 0 =p/q shartda q ta elektronlarning «yo‘qolishi»dir deb tushuntiriladi va < 0 shartlarda rekombinatsiyalashayotgan elektronlar energiyalarining farqi q ga teng bo‘ladi.

Biroq keyingi, GaAs/AlGaAs geterotizimlari ustida olib borilgan tajribalaridan va o‘rtasidagi yuqorida qayd etilgan to‘g‘ridan - to‘g‘ri bog‘lanish doimo o‘rinli emas ekani ko‘rsatildi. Apalkov va Rashbalarning nazariy ishlarida kattalik rekombinatsiyalanuvchi kovaklar joylashgan markaz va 2d –qatlam elektronlarning o‘zaro ta’siriga bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Agar dastlabki holati (akseptor neytral holatida) va oxirgi holati (akseptor zaryadlangan holati)da bu markaz 2d - qatlamdan yetarlicha uzoqlikda joylashgan bo‘lsa, uning elektronlar bilan o‘zaro ta’siri e‘tiborga olmaydigan darajada kam bo‘ladi.

U holda = 0 nuqtada kattalik emas, balki uning hosilasi tepkili o‘zgaradi

(1.1.2.)

Bu formula yordamida aniqlangan kattalik - legirlangan GaAs/AlGaAs geterotizilmada tirqishning bxuning aktivatsion bog‘lanishdan topilgan kattalikdan uch marta katta ekani topilgan va qiymat jihatdan nazariy hisoblangan qiymatiga yaqindir [17, 19].

Ma’lumki, atomlar yorug’lik ta’sirida uyg’otiladi. Bu holda kuzatiladigan rezonans yorug’lanish fotolyuminessensiyaning sodda, lekin nazariy jihatdan aniq izohlanadigan shaklidir. Shunga o’xshash hodisa molekulalarni yoritganda ham kuzatilib, molekulalarning energetik sathlari sistemasining juda murakkab bo’lganligi natijasida kuzatilgan nurlanish ham juda murakkab ko’rinishga ega bo’ladi. Shunga o’xshash hodisa molekulalarni yoritganda ham kuzatilib, molekulalarning energetik sathlari sistemasining juda murakkab bo’lganligi natijasida kuzatilgan nurlanish ham juda murakkab ko’rinishga ega bo’ladi.

Masalan, Vud molekulalaridan tashkil topgan yod bug’larini simob lampaning monoxromatik nurlanishi bilan yoritib, to’lqin uzunliklari taxminan 2 Å qadar farq qiladigan ko’p ayrim chiziqlardan, aniqrog’i chiziqlar juftlaridan iborat juda murakkab spektr chiqishini ko’rgan. Bu juftlar qoidaga muvofiq to’plamni tashkil qilib, bu juftlar orasidagi masofalar to’lqin uzunliklarining bir necha o’n angstremga teng farqiga to’g’ri keladi. Shunday hosil qilingan struktura polosali spektrga xos bo’lgan polosalar sistemasiga juda o’xshaydi, bunda har bir polosa ikkita chiziqdan tashkil topadi. Shunisi qiziqki, boshqa to’lqin uzunlikka ega bo’lgan monoxromatik yorug’lik bilan yoritganda murakkab spektr hosil bo’ladi.

Hozirgi vaqtda molekulaning fluoressensiya hodisasi ko’pchilik ikki atomli molekulalar uchun o’rganilgan va molekulyar spektrlarning umumiy nazariyasiga moslashtirilgan. Ko’p atomli molekulalarning fluoressensiya spektrlarini tekshirish shu molekulalarning tuzilishini tushunishda yordam beradi, lekin bu spektrlar juda murakkab bo’lib, ularni tushuntirish juda qiyin bo’ladi [20, 26].


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish