O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti mirzakarimov h



Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/69
Sana13.07.2022
Hajmi1,98 Mb.
#793227
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   69
Bog'liq
fayl 1743 20210907

Muskul cho‘zilishi:
Bunda muskul tolalarining payga o‘tish joyida qisman 
yirtilishi yoki uzilishi mumkin. SHuning uchun 3-5 kunga gips qo‘yilib, 
immobilizasiya qilinadi. 
Umurtqa pog‘onasining bog‘lovchi apparatining cho‘zilishi:
Ko‘pincha 
xaddan tashqari zo‘rlab egilish natijasida umurtqa pog‘onasining orqa yuzasining 
bog‘lamlari zararlanadi. Bo‘g‘imlarning bog‘lov apparatining cho‘zilishi ko‘p 
uchraydi. Nisbatan kaltaroq tolalarining uzilishi, boylamlarning cho‘zilishi va 
ularning suyakka birlashish joyida yirtilishi yuzaga keladi. Ko‘pincha bunday 
cho‘zilish tizza, ilik, kaft bo‘g‘imlarida uchraydi.
Gemartroz
–bo‘g‘im bo‘shlig‘iga qon quyilishi. Ko‘pincha tizza bo‘g‘imi 
jarohatlanganida uchraydi. Bunda bo‘g‘imning konturi yo‘qoladi, chunki shishib 
ketadi, xajmi oshadi, harakatlar og‘riq tufayli chegaralanadi, tizza qopqog‘ining 
qimirlashi harakterli bo‘ladi.
Gematoma
-to‘qimalarda qon quyilishi va qon to‘planishi, muskullarda, teri 
osti qatlamidagi bo‘shliqlar va anatomik yoriqlarda qon to‘planishi tomirlar 
zararlanganida yuzaga keladi. 
CHiqishlar;
Suyaklarning bo‘g‘im oxirlarining turg‘un siljishi, bo‘g‘im 
qopchasining zararlanishi bilan, ba’zida bo‘g‘imni o‘rab turuvchi to‘qimalar ham 
zararlanadi - muskul, pay, nerv-tomir apparati zararlanishi. Bunda bo‘g‘im shakli 
o‘zgarib, chiqqan qo‘l yoki oyoq shishib majburiy holatni egallaydi.
Bosh miya chayqalishi 
– jarohat natijasida sodir bo‘lib, bir necha sekunddan 
bir necha minutgacha, jarohatning og‘ir yoki engilligiga qarab xushdan ketish bilan 
xarakterlanadi. Bosh miya chayqalganida amneziya, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, 
qayt qilish, quloqqa shovqin va umumiy holsizlik kabi belgilar yuzaga keladi. 
Uzoq vaqt davom etuvchi vegetativ buzilishlar yuzaga keladi.
Quloq suprasini shikastlanishi
– sport kurashi usullari bilan shug‘ullanuvchi 
sportchilarda bunday jarohatlanish juda ko‘p uchraydi. Bunda quloqning yumshoq 
suprasi ezilishi natijasida to‘qima oralig‘iga gematoma to‘planadi. Ko‘karib 


129 
shishib ketadi. Uni shpris orqali olib tashlash mumkin. SHunga qaramay quloq 
suprasi ko‘rinishi o‘zgarib ketadi va dag‘al hamda bujmaygan holda to‘qimalar 
bitib ketadi. Hozirgi kunda AQSH va Evropaning ko‘plab kurashchilariga 
mashg‘ulotlarda va musobaqalarda quloq suprasining himoya vositasi – maxsus 
quloqchinlar taqishga ruxsat berilgan. Maxsus ishlab chiqilgan quloqchinlar quloq 
suprasini ezilish va lat eyishdan saqlaydi, ular qulay va raqibga hech qanday zarar 
keltirmaydi. 
Kurashchilarni jarohatlanishlarni oldini olish maqsadida quyidagi tavsiyalarga 
rioya qilish talab etiladi. 
Kurash bilan shug‘ullanuvchilarni doimo tibbiy kuzatuvi; 
Kurashchilarning kasalliklari va jarohatlariga tashxis qo‘yish, davolash va 
oldini olish; 
Kurash bilan shug‘ullanuvchilarning organizmiga noqulay ta’sirlarni oldini 
olish, mashg‘ulotning eng qulay gigienik sharoitlarini aniqlash; 
Jarohat olgan va kasal bo‘lgan kurashchilarning ovqatlanishi, jismoniy ish 
qobiliyatining tiklanishi va sportga qaytarish masalalarining hal qilinishi; 
Kurashchilarni shifokor ko‘rigidan o‘tishi birlamchi, qayta va qo‘shimcha 
tekshiruvlarga bo‘linadi. Birlamchi tekshiruvda – shifokor kurash bilan 
shug‘ullanishga ruxsat berish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlaydi. 
Qayta ko‘rikda esa jismoniy yuklamaning organizmga ta’sirini o‘rganadi va 
xulosa qiladi. Qo‘shimcha shifokor ko‘rigi – kurashchini musobaqalarga qo‘yish 
masalasini hal qiladi, xamda jarohat va kasallikdan so‘ng sportchini trenirovkaga 
qo‘yishni hal qiladi.

Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish