122
ortirish natijasida organizmda salbiy o‘zgarishlar, charchoq holatlari kelib chiqishi
mumkin.
Nazorat usullarining asosiy shakllari: o‘z o‘zini nazorat qilish, tibbiy
nazorat, dispanser nazorati, pedagogik nazorat. Jismoniy yuklamalar ta’sirini,
shiddatini shug‘ullanuvchi imkoniyatlariga muvofiq tashkil etilmaslik organizm
funksiyalari va a’zolari faoliyatida salbiy o‘zgarishlar keltirib chiqaradi. Bunday
salbiy ta’sirlar yurak qon tomir faoliyatida ham aniq kuzatiladi.
Organizmga
jismoniy yuklamalar ta’sirini me’yorga keltirish va nazorat qilishda o‘z organizm
faoliyatini nazorat qilish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
O‘z o‘zini nazorat qilish – kurash bilan shug‘ullanish jarayonlarida
organizm salomatligini, jismoniy rivojlanish jarayonlari va jismoniy yuklamalarni
organizm rivojlanishiga ijobiy va salbiy ta’sirlarini nazorat va tahlil qilish
uslublari. Kurashchilar o‘z o‘zini nazorat qilishda organizm faoliyatining ob’ektiv
va sub’ektiv ko‘rsatkichlarini qayd etib boradilar. Organizm sub’ektiv
ko‘rsatkichlariga kayfiyat, uyqu, ishtaha, ishchanlik qobiliyati, tanadagi og‘riqlar
yoki noxush sezgilarni kiritish mumkin.
Kayfiyat kurash mashg‘ulotlarining organizmga ta’sirlarini belgilaydi.
Kayfiyat a’lo, yaxshi, qoniqarli va tushkun bo‘lishi mumkin. Uyquning tiniqligi,
sokinligi hamda tinchligi shu bilan birga uyquning buzilishi, bosinqirash,
uyqusizlik holatlari sportchi kundaligiga qayd etib boriladi.
Ishtaha yaxshi,
qoniqarli va past bo‘lishi mumkin. Ishtahaning buzilishi, organizmdagi salbiy
jarayonlar, kasalliklar yoki charchoq oqibatida hosil bo‘lib, salomatlikni
buzilishiga olib keladi. Mashg‘ulotlarga qatnashishlik va kurash mashqlar
bajarishga ishtiyoq organizmning faoliyatining samarali tiklanishi hamda jismoniy
yuklamalarning ijobiy ta’sirlari deb hisoblash mumkin. Doimiy mashg‘ulotlarga
bo‘lgan ishtiyoq kurash mashg‘ulotlari to‘g‘ri tashkil etilayotganligini ko‘rsatadi.
Ko‘p hollarda mashg‘ulotlar va musobaqalardan keyingi kunlarda
mashg‘ulotlarga qatnashish hohish bir oz susayadi.
SHuning uchun bu kunlarda
madaniy hordiq chiqarish yoki engillashtirilgan jismoniy mashqlar bilan
shug‘ullanish tavsiya etiladi.
123
Organizmdagi og‘riq sezgilari jarohatlanishlar, kasalliklar va charchoqlar
tufayli hosil bo‘ladi. Og‘riqlarni bartaraf etishda issiq hammom, sauna va vannalar
qabul qilish yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Davomli og‘riqlarda mashg‘ulotlar
yuklamalarini kamaytirish tavsiya etiladi. Muskullar zo‘riqishi va tonusi ortib
ketishida, massaj qilish,
qizdiruvchi, og‘riq qoldiruvchi moylar, surtmalar surish
yaxshi natija beradi. Muskul tortishishlarida esa vitaminlar, asosan vitamin S va R
qabul qilish kerak.
Kundalikka qanday mashqlarni bajarilgandan so‘ng, qaysi muskul
guruhlarida og‘riq paydo bo‘ladi, og‘riqlar shakli, davomiyligi hamda darajasi
belgilab qo‘yilishi kerak. Agar og‘riqlar yurak sohasida sodir bo‘lsa tezda
shifokorga murojaat etish tavsiya etiladi. Organizm sub’ektiv ko‘rsatkichlari
sifatida
yurak urishlari soni, tana vazni, muskullar guruhlari kuchi –
dinamometriya, stanometriya, ter ajralishi va shu kabilarni ko‘rsatish mumkin.
O‘z o‘zini nazorat qilish natijalari kurashchilarning o‘zlariga qolaversa,
kurash murabbiyi uchun jismoniy yuklamalarni to‘g‘ri rejalashtirish, mashg‘ulot
uslublari va vositalaridan samarali foydalanish uchun tavsiyalar va ko‘rsatmalar
berish uchun qo‘llanma bo‘ladi. Kurashchilar jismoniy tayyorgarlik darajasini
muntazam nazorat qilib turish uchun jismoniy fazilatlar kuch,
chidamlilik,
tezkorlik, chaqqonlik va egiluvchanlik sifatlari rivojlanish darajalarini
musobaqalarda baholab borish kerak.
Kurash mashg‘ulotlari jarayonlarida o‘z o‘zini nazorat qilish, o‘zini anglash,
sog‘ligini nazorat qilish, shaxsiy va jamoat gigienasi talabalariga qat’iy rioya
qilish hamda sog‘lom turmush tarzi qoidalariga asosan hayot faoliyatini tashkil
etishga ko‘mak beradi. O‘z o‘zini nazorat qilish kurashchilarda organizm
a’zolarining
faoliyati, ulardagi ijobiy va salbiy o‘zgarishlarni nazorat qilish va
baholash, kurash mashg‘ulotlariga ijobiy munosabatlarni shakllantirishga asos
bo‘ladi. O‘z o‘zini nazorat qilish ta’limiy, ma’naviy, axloqiy va ruhiy tarbiyaviy
vazafalarni bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: