O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti mirzakarimov h



Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/69
Sana13.07.2022
Hajmi1,98 Mb.
#793227
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   69
Bog'liq
fayl 1743 20210907

 
 


111 
4.1. Kurash musobaqalarining ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati 
Kurash musobaqalari omaviy jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish 
tadbirlarini tashkil etishning eng samarali shakllaridan biri hisoblanadi. 
Kurashchilar xalqaro musobaqalarga, olimpiada o‘yinlarga tayyorgarliklarini 
nazoratga olishda musobaqalardagi natijalarni qayd etib borish maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. Kurashchilar musobaqalardagi g‘alabalariga muvofiq sport darajalariga 
ega bo‘lib boradilar. Ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda kurashchilar sport 
tayyorgarlik darajalari hamda sport unvonlariga ega bo‘ladilar.
Kurashchining musobaqalardagi yuqori natijalari faqat o‘ziga tegishli emas 
balki millatning yutug‘i hisoblanadi. Bunday g‘alabalar mamlakatning xalqaro 
sport jamiyati oldidagi nufuzini yanada ko‘taradi. Bu sohada jahon rekordlari, 
jahon chempionatlari va olimpiada o‘yinlardagi g‘alabalar qadrlanadi. 
Mamlakatimizda tashkil etiladigan barcha sport musobaqalari odatda uch 
guruhga bo‘linadi. 
Birinchi guruh – talaba va yoshlar o‘rtasida tashkil etiladigan ommaviy sport 
musobaqalari, sport bayramlari, spartakiadalar, Universiadalar, Barkamol avlod 
sport o‘yinlari, Umid Nihollari sport musobaqalari. 
Ikkinchi guruh – yuqori malakali sportchilarni terma jamoalarga saralash 
musobaqalari, Respublika birinchiliklari, Respublika kubogi bellashuvlari. 
Uchinchi guruh – o‘rtoqlik uchrashuvlari, tanatanalarga bag‘ishlangan sport 
bayramlari, xalq o‘yinlari, sayllar, ochiq birinchiliklar va turnirlar. Bu 
musobaqalarda aholining barcha qatlamlari ishtirok etadilar, horijiy sportchilar 
ham tashrif etilishi mumkin. 
Musobaqalarga qatnashishda kurashchilar dastlabki saralash musobaqalarida 
ishtirok etadilar. Musobaqalar ta’lim muassasalarining barcha o‘quvchi talabalari, 
barcha yoshdagi aholi o‘rtasida tashkil etiladi. Bu bosqichda musobaqalarning eng 
katta ommaviyligi ta’minlanadi. Keyingi bosqichda tuman, viloyat va shahar 
birinchiliklari o‘tkaziladi. Musobaqalar g‘oliblari final musobaqalari Respublika 
birinchiliklarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Respublika g‘oliblari 
mamlakat terma jamoasi safiga saralanib yurtimiz nufuzini xalqaro sport 


112 
musobaqalari, jahon, qit’a birinchiliklarida, olimpiada o‘yinlarida himoya qilish 
sharafiga ega bo‘ladilar. 
Barcha kurash musobaqalari shaxsiy, shaxsiy – guruh, guruh birinchiliklariga 
bo‘linadi. Musobaqalar bir marotabalik, bir kunlik va ko‘p kunlik, an’anaviy, 
rasmiy, o‘rtoqlik uchrashuvlari, turnirlar va ochiq chempionatlar shakllarida 
bo‘ladi. 
Kurash musobaqalar– ommaviy sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini samarali 
tashkil etish shakllaridan biri hisoblanadi. Kurash musobaqalari yoshlar 
umumjismoniy va amaliy sport tayyorgarliklarini hamda sport maharotlarini 
takomillashtirish vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi.
Sport natijalari
– 
yoshlarni kurash mashg‘ulotlari jarayonlarida tashkil 
etiladigan jismoniy, texnik va taktik tayyorgarliklarining ko‘rsatkichlari bo‘lib 
hisoblanadi. Musobaqalar jarayonlarida kurashchilar sport mahoratlari bilan birga 
ma’naviy axloqiy hamda ruhiy iroda tayyorgarliklarini ham namoyon etadilar. 
Demak kurash musobaqalari o‘quv trenirovka mashg‘ulotlari vositalari bo‘libgina 
emas balki, sport tayyorgarlik jarayonlarini samarali baholash mezoni bo‘lib 
xizmat qiladi.
Musobaqalar 
kurashchilarning 
sport 
mahoratlarini 
baholash, 
terma 
jamoalarga saralash bilan birga barcha yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport 
sog‘lomlashtirish tadbirlarini ommaviylashtirishga katta yordam beradi. 
Musobaqalar yoshlar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik rishtalarini mustahkamlaydi. 
Kelgusi o‘qish va mexnat faoliyatida hamkorlik qilish bo‘yicha aloqalarni 
shakllantirishga katta yordam beradi. 
Kurash musobaqalarni ommaviy tashkil etishning bosh omillarida biri yuqori 
saviyadagi tashkilotchilik hisoblanadi. Musobaqalarni rejalashtirish, musobaqalar 
joyi va manzilini tanlash va tayyorlash, musobaqalar dasturi va nizomlarini ishlab 
chiqish, musobaqalar tashkiliy qo‘mitasini shakllantirish, hakamlar hay’atini 
saralash, musobaqalarni ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot va tashviqot 
qilish, reklama va afishalar tayyorlash shular jumlasidan. 


113 
Tashkiliy qo‘mita musobaqalar talabnomasini yig‘ish, rasmiylashtirish, 
sportchilar, murabbiylar, yordamchi hodimlar, vakillar va mexmonlarni 
joylashtirish bilan birga quyidagi asosiy vazifalarni ham bajaradilar: 
Musobaqalar kundaligi, jadvali, o‘tkazish tartiblarini ishlab chiqish: 
Musobaqalarning ochilishi, g‘oliblarni taqdirlash hamda musobaqaning 
yopilish marosimlarini o‘tkazish: 
Kurash 
zallarini 
hamda 
yordamchi 
honalarni 
musobaqalarga 
tayyorgarliklarini ta’minlash: 
Musobaqa joylari, jixozlar, xonalarni tibbiy gigienik talablarga javob bera 
olishini ta’minlash, musobaqa jarayonlarida tibbiy yordamni tashkil etish: 
Musobaqa ishtirokchilari va mexmonlarga yuqori saviyada maishiy xizmat 
ko‘rsatish: 
Tomashabinlar va musobaqa mexmonlariga etarli shart sharoitlarni yaratish: 
Musobaqa jarayonlari, sportchilarning natijalari xaqida shaffof axborotlar 
berib borilishini, tele va radiotranslyasiyani tashkil etish: 
Kurash musobaqalari taqvim rejalarini sport uyushmasi hodimlari xalqaro 
kurash assosiasiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqadilar. Musobaqalar taqvim 
rejalari bir yil davomiga tuziladi. Sport uyushmasi mas’ul vakili musobaqalar 
taqvim rejalarini barcha BO‘SMlar va ta’lim muassasasi sport to‘garaklari 
rahbarlariga tarqatadilar. Barcha murabbiylar va kurashchilar musobaqalar taqvimi 
bilan tanishtiriladi. Ko‘rgazmali axborot - afisha sifatida e’lonlar taxtasiga ilib 
qo‘yiladi.
Kurash musobaqalari nizomi – musobaqalarning asosiy hujjati hisoblanib, 
musobaqa bo‘yicha barcha ko‘rsatmalar keltiriladi. Musobaqalar tashkilotchilari, 
bosh hakam, hakamlar hay’ati, jamoalar, jamoalar sardorlari, jamoalar vakillari, 
musobaqa ishtirokchilari musobaqalar jarayonlarida nizomga muvofiq ish 
ko‘radilar. Musobaqalar nizomi quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi: 
Musobaqaning nomlanishi, musobaqa xususiyatlari: 
Musobaqa maqsad va vazifalari, musobaqalar tashkilotchilari: 
Musobaqa turi va mazmuni: 


114 
Musobaqa o‘tkazish manzili va muddati: 
Musobaqa dasturi: 
Bellashuvlar natijalarni qayd etish tizimi: 
Talabnomalarni taqdim etish tartibi va muddati: 
Musobaqaning tibbiy gigienik va texnik ta’minoti: 
SHaxsiy va guruh bellashuvlari g‘oliblarini taqdirlash tartiblari: 
Norozilik bildirish va ularni muhokama qilish tartiblari: 
Musobaqa tashkil etishdagi qo‘shimcha talablar: 
Musobaqalar nizomini ishlab chiqishda barcha jamoalar va kurashchilar 
imkoniyatlarini hisobga olinadi. Ta’lim muassasasida tashkil etiladigan 
musobaqalar nizomini ishlab chiqishda, sport uyushma hodimlari kurash 
to‘garaklari rahbarlari, murabbiylar kengashi, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari bilan 
hamkorlik qiladilar. Musobaqalar nizomini ta’lim muassasasi rahbari, kasaba 
uyushmalari hamda sport uyushmasi raislari tasdiqlaydilar. Musobaqa nizomi 
musobaqa o‘tkazilishidan bir oy oldin barcha jamoalarga etkazilishi shart.
Musobaqa tashkilotchilari musobaqaga tayyorgarlik va o‘tkazish bo‘yicha 
tadbirlar rejasini ishlab chiqadilar. Musobaqani targ‘ibot va tashviqot qilish guruhi 
tashkil etiladi, ularning vazifalari belgilanadi. Kurash zallari hamda yordamchi 
honalar tayyorgarliklarini ta’minlash, ularning gigienik va texnik xavfsizlik 
qoidalariga javob bera olishini tashkil etish, musobaqa hakamlari hamda tibbiyot 
hodimlari hay’ati tarkibini tuzish, ular faoliyatini nazoratga olish vazifalaridan 
iborat bo‘ladi.
Musobaqalarning tibbiy gigienik hamda texnik xavfsizligi bo‘yicha 
bajariladigan tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Har bir kurash musobaqalarda 
shifokorlar hay’ati faoliyat olib borib, musobaqalar joylarini tibbiy gigienik 
talablarga javob berishini nazorat qiladilar. SHuningdek musobaqa ishtirokchilari 
sog‘ligini muxofaza qilish hamda bellashuvlar jarayonlarida jarohatlanishlarda 
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish vazifalarini bajaradilar. 
Bosh shifokor musobaqa bosh hakamining o‘rinbosari bo‘lib hisoblanadi. 
Hakamlar hay’ati jamoalardan musobaqaga ishtirok etish uchun talabnomalarni 


115 
qabul qilishda, faqat shifokor kurashchini sog‘lom deb, muxr bilan tasdiqlagan 
talabnomalarni qabul qiladilar. Bu talabga javob bera olmagan talabnomalar qabul 
qilinmaydi va kurashchilar musobaqaga qo‘yilmaydi. SHunga asosan bu jarayonda 
norozichiliklar qabul qilinmaydi va hakamlar hay’atining qarori qat’iy bo‘lib 
hisoblanadi. Musobaqa tashkilotchilari hamda hakamlar hay’ati musobaqalar 
jarayonlarida baxtsiz hodisalar va favquloddagi hodisalarni sodir bo‘lmasligi 
uchun barcha shart sharoitlarni yaratib qo‘yishlari kerak. Musobaqa qoidalariga 
ko‘ra musobaqalar tashkilotchilari bellashuvlar jarayonlarida jarohatlanishlarni 
oldini olish uchun mas’uldirlar.
Hakamlar hay’ati musobaqalardan bir necha kun oldin tasdiqlanadi. 
Hakamlar tarkibini bosh hakam va uning o‘rinbosarlari tashkilashtiradilar. 
Hakamlarning musobaqadagi vazifalari, musobaqa rejalari va ularning mazmuni, 
musobaqa nizomining moddalarini tushuntirish bo‘yicha yig‘ilish va muhokamalar 
o‘tkaziladi. Hakamlar hay’ati bosh hakam va uning tibbiy yordam va xo‘jalik 
ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlaridan, musobaqa kotibi va uning o‘rinbosarlari, vaqt 
nazorati hakami, axborotchi hakamlardan iborat bo‘ladi. Hakamlar tajriba va 
malakasiga muvofiq holda oddiy hakamlar, birinchi toifali hakam, respublika 
toifasidagi hakam, xalqaro toifadagi hakam darajalariga ega bo‘ladilar. Kurash 
musobaqalari turlari va toifalari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar hakamlar 
o‘zlarining maxsus belgilangan kiyimlarida bo‘lishlari shart.
Musobaqalarni boshlanishidan oldin, musobaqalar borayotgan davrda va 
musobaqalardan so‘ng targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borilishida quyidagi 
omillarga katta e’tibor beriladi.
Musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlarini yoritish bo‘yicha tele va radio 
eshittirishlar tayyorlash, afishalar, dasturlar va taklifnomalar tarqatish. 
Foto ko‘rgazmalar, videoroliklar, elektron taqdimotlar tayyorlash. 
Musobaqalarning tanatanli ochilish va yopilish marosimlarini tashkil etish va 
ularni ommaviy axborot vositalari yordamida yoritib borish. 
Musobaqa 
jarayonlarida 
bellashuvlar 
natijalari 
va 
kurashchilar 
tayyorgarliklari hamda musobaqalar yangiliklarini muntazam eshittirib borish.


116 
Musobaqalar natijalari elektron jadvallarini, axborotnomalarni tayyorlash. 
Musobaqalar, bellashuvlarni odilona yakunlash, g‘oliblarni musobaqa 
nizomiga muvofiq aniqlash, g‘oliblarni tantanali taqdirlash, medallar, diplom va 
yorliqlar taqdim etish. 
Musobaqa yopilish marosimida namoyish, parad, shou va konsert tadbirlarini 
tashkil etish.
Musobaqalar natijalarini ommaviy axborot vositalari yordamida yoritish. 
Musobaqa joylari hisoblangan arena va kurash zallari, tomashabinlar joylari, 
yordamchi xonalar yorqin va bayramona bezatilgan, reklama, bayroqlar, musobaqa 
shior va ramzlari ilingan bo‘lishi kerak. 
Musobaqa jarayonlarining moddiy iqtisodiy ta’minoti sport inshoatlarini 
musobaqa talablariga mos keladigan talabda ta’mirlash, zamonaviy sport jixozlari 
va musobaqa anjomlari bilan ta’minlanishiga katta yordam beradi. Jamoalar, 
sportchilar va jamoa vakillari, hakamlar va musobaqa ishtirokchilarini transport 
vositasida olib yurish, ularni mexmonxonalarda joylashuvini ta’minlash, 
ovqatlanish va oziq ovqat bilan ta’minlash hamda musobaqalarning targ‘ibot va 
tashviqot qilish vositalari afishalar, taklifnomalar va tamosha chiptalari tayyorlash, 
sovg‘alar, medal va yorliqlar sotib olish, yopilish marosimlaridagi konsertlarni 
tashkil etish, vazifalari ham iqtisodiy ta’minot hisobidan bajariladi. SHuning 
uchun musobaqalardan oldin musobaqa tashkilotchilari homiylar va kasaba 
uyushmalari hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda, musobaqa o‘tkazish 
bo‘yicha sarf harajatlar hajmini ishlab chiqadilar va ularni tasdiqlaydilar. 
Musobaqalar sarf harajatlariga hakamlar, yordamchi hodimlarning ish xaqlari bilan 
birga sportchilarning yutuqlari sovrinlarini ham kiritish mumkin. 
Kurash bilan shug‘ullanishda har bir o‘smir yoshlar o‘z oldiga quyidagi 
vazifalarni qo‘yadi: 
-
sog‘likni mustahkamlash, to‘g‘ri va ko‘rkam qad qomatni shakllantirish,
-
jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, hayotiy zarur harakat malaka va 
ko‘nikmalarni shakllantirish 
-
axloqiy, ma’naviy va ruhiy barkamol bo‘lish 


117 
-
bo‘sh vaqtlarni maroqli o‘tkazish 
-
kurash bo‘yicha yuqori natijalar Olimpiada o‘yinlari va jahon birinchiliklari 
g‘olibi darajasiga erishish. 
Sport trenirovkasi qonuniyatlari

Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish