118
belgilanadi.
Jismoniy
fazilatlarni
rivojlantirishda
og‘irliklarni ko‘tarish,
trenajerlarda mashqlar, kross yugurishlari, sport o‘yinlari va suzish mashg‘ulotlari
hamda akrobatika va gimnastika mashqlaridan keng foydalaniladi.
Dastlabki
tayyorgarlik bosqichi ba’zan olimpiya zaxiralari tayyorlash jarayonlari deb ham
yuritilishi mumkin.
Ixtisoslashtirish bosqichida kurashchilar o‘zlarining jismoniy qobiliyatlari va
shaxsiy xususiyatlariga muvofiq kurash harakatlari va usullarini o‘zlashtirib
boradilar. Ba’zi bir usullarni o‘zlarini imkoniyatlari darajasida o‘zgartirib
harakatlariga moslashtirib oadilar. Bunday usullar kurashchilar uchun “shox”
usullari deb ataladi. “SHox” usullarni bajarish darajasi juda mukammal saviyada
rivojlantirib boriladi. Buning natijasida kurashchilar o‘zining “shox” usulini har
qanday vaziyatda bajarishga kuch ham imkoniyat ham topa oladilar.
Ixtisoslashtirish bosqichida kurashchilar mashg‘ulotlar jarayonidagi vazifalarni
mustaqil bajarib boradilar, usullar texnikasini takomillashtirish
va bellashuv
taktikalarini rivojlantirishda murabbiylardan ko‘rsatma va tavsiyalar oladilar. Bu
bosqichda karashchilarning texnik va taktik tayyorgarliklariga katta e’tibor
qaratiladi. Musobaqalashish malakalari takomillashtiriladi.
YUqori malakali sportchilar tayyorlash bosqichida terma jamoalarga
saralangan, kurashchilar bilan texnik va taktik maxoratni takomillashtirish,
jismoniy fazilarlarni yanada rivojlantirish mashg‘ulotlari olib boriladi. Zamonaviy
sport talabalariga muvofiq yuqori malakali sportchilar tayyorlash bosqichida
kurash mashg‘ulotlarida har to‘rt kurashchiga ya’ni ikki juftlikka bir murabbiy
tayinlanadi. Bu murabbiylar kurashchilarning texnik va taktik maxoratini
takomillashtirishni nazorat qiladilar. Jismoniy fazilatlarni
rivojlantirishni tashkil
etish bo‘yicha bir murabbiy bir guruh jamoaga tayinlanib, jamoa a’zolari 14 – 16
kurashchidan iborat bo‘lishi mumkin. SHuningdek kurashchilarining ruhiy va iroda
tayyorgarligini tashkil etish va tavsiyalar berib borish uchun ham ruhshunos
mutaxassis faoliyat olib boradi. Kurashchilarning organizm faoliyatini nazorat
qilish, jarohatlarda va jismoniy charchoq va toliqishlarda tibbiy muolajalar va
tiklanish tadbirlari o‘tkazish uchun shifokorlar guruhi ham faoliyat ko‘rsatadi. Ular
119
kurashchilarga dori vositalar, tibbiy muolajalar, ovqatlanish
tartibi va tarkibi
xaqida ko‘rsatmalar va tavsiyalar berib boradilar.
Sportda uzoq muddat yuqori natijalarga erishish bosqichida bo‘lgan faxriy
kurashchilar texnik va taktik tayyorgarliklar, jismoniy fazilatlarni takomillashtirish
jarayonlarida mustaqil ishtirok etadilar. Sport tayyorgarlik darajalariga muvofiq
mashg‘ulotlar hamda musobaqalarda ishtirok etish jarayonlarini rejalashtiradilar.
Kurash sportida uzoq muddat yuqori natijalarga erishib kelish bir oz mushkul
vazifa bo‘lib hisoblansada, kurash turlarida ikki uch marta olimpiada o‘yinlari
g‘olibi, bir necha marotaba jahon chempioni, ko‘p marotaba qit’a
va mamlakat
g‘olibi va sovrindori bo‘lgan afsonaviy pahlavon kurashchilar ham bo‘lganlar.
Ularning bu darajada muvaffaqiyatlarga erishishlarida texnik va taktik maxoratni
yuqori darajada bo‘lishi, jismoniy fazilatlarni oliy darajada takomillashgani bilan
bir qatorda, kurash sportiga yoshlikdan mexr qo‘yganliklari, kurash sporti milliy
an’ana darajasiga ko‘tarilganligi sabab bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: