Barglarning asosiy shakllari: 1 – dumaloq, 2 – ellipssimon, 3 – cho’zinchoq, 4 – lanstetsimon, 5 – tuxumsimon, 6 – o’tkir uchli tuxumsimon, 7 – lopatkasimon, 8 –lineykasimon, 9 – ninasimon, 10 – panjasimon, 11 – bo’lingan–panjasimon, 12 – kesilgan panjasimon, 13 – patsimon, 14 – bo’lingan patsimon, 15 – kesilgan patsimon, 16 – murakkab toq patsimon, 17 – murakkab juft patsimon, 18 – o’ta murakkab patsimon, 19 – murakkab panjasimon
Barglarning tomirlanish tiplari: 1 – parallel, 2 – birlashgan uchli, 3 – tarqoq patsimon, 4 – to’rsimon-patsimon, 5 – panjasimon.
Ildiz o’simliklar quruqlikda paydo bo’lib, yangi sharoitlarga moslashish jarayonida vujudga kelgan va shakllangan. Ildiz birlamchi urug’ unishi paytida murtak ildiz asosida hosil bo’ladi va er ostiga qarab o’sadi.
Ildiz o’simlik uchun muhim hayotiy funkstiyalarni bajaradi, u asosan tuproq tarkibidan suvda erigan oziq moddalarni so’rib olib, o’simlikni er ustki qismiga etkazib beradi. O’simlikni o’sib rivojlanish davrida uning ildiz sistemasi ham tez o’sib tarmoqlanadi hamda, tuproqqa yaxshi o’rnashib o’simlikning ustki qismini mahkam tutib turishga yordam beradi.
O’simlik urug’i qanday sharoitlarda unmasin, uning o’q ildizi doimo tuproq ichkarisiga qarab o’sadi. Bu hodisa biologiyada “ijobiy geotropizm” deb ataladi.
Ildiz tizimi: 1 – o’q ildiz, 2 – popuk ildiz
14 yoshli Griffit bagryannigining ildiz tizimi
(tog’ yonbag’rida o’sgan)
4 yoshli oq saksovulning ildiz tizimi
Generativ organlari -vegetativ organlarining shakl o’zgarishi natijasida hosil bo’lgan organlar hisoblanib, ularga gul, meva va urug’ kiradi.
Gul o’simliklarning jinsiy ko’payish organi bo’lib, ko’rinishi o’zgargan novda deb ta’riflanadi. Uning o’zgargan barglari gul qismlarini tashkil etib, gul hosil qiladi. Gul joylashgan novda gulband deb ataladi, ba’zi o’simliklarda u rivojlanmaydi bunday gul bandsiz gul deb ataladi. Gul kosachabarg, tojibarg, changchi va urug’chidan tarkib topgan. Kosachabarglar va tojibarglar birgalikda gulqo’rg’on deb ataladi. Gulqo’rg’on changchi va urug’chining ichki qismlarini noqulay tashqi sharoitlar ta’siridan saqlab turadi.
O’simlikning generativ organlari turlicha taqsimlanishi mumkin. Agar gulda changchi va urug’chi birga bo’lsa, bunday gul ikki jinsli, bir uyli gul deb ataladi. Masalan nok, olma, o’rik va boshqa mevali daraxtlarning guli ana shunday gul hisoblanadi.
Agar changchi va urug’chi gulda ajralgan holda bir daraxtning shox-shabbasini turli joylarida uchrasa, bir uyli ayrim jinsligul deb ataladi (qayin, eman, qoraqayin). Agar daraxtning bitta tupida changchili gul va ikkincha tupida urug’chili gul bo’lsa,bu ikki uyli bir jinsli gul deb ataladi (terak, tol). Gulda faqat changchi bo’lsa, u changchi yoki otalik guli deb ataladi va ♂belgisi bilan ko’rsatiladi.
Gul tiplari: A – to’g’ri gul, B - noto’g’ri gul, stv – gulo’rni, ch – gulkosachabarg, l – gultojibarg, ps – pestik, t – changchi, sm – urug’chi,
Do'stlaringiz bilan baham: |