Daraxtlar
Ι – kattalikdagi daraxtlar – bo’yi 25 metrdan baland.
ΙΙ - kattalikdagi daraxtlar – bo’yi 15-25 m ga teng.
ΙΙΙ - kattalikdagi daraxtlar – bo’yi 10-15 m ga teng.
ΙV- kattalikdagi daraxtlar – bo’yi 10 m dan past.
Butalar
Ι– kattalikdagi butalar – bo’yi 3 metrdan yuqori.
ΙΙ – kattalikdagi butalar – bo’yi 2-3 m ga teng.
ΙΙΙ - kattalikdagi butalar – bo’yi 1-2 m ga teng.
ΙV - kattalikdagi butalar – bo’yi 1 m dan past.
Ba’zan sovuq iqlimli geografik zonalarda (tundra, tog’ o’rmonlarining yuqori tarqalishi chegaralarida) daraxt turlari er bag’irlab o’suvchi hayotiy shakllarini hosil qiladi. Bunday o’simliklar stlantik o’simliklar deb ataladi (sibir stlantik qarag’ayi stlantik oq qayin, kazak archasi va h.k). Er bag’irlab o’sish – ushbu o’simliklarning tashqi noqulay tabiiy sharoitlarga bo’lgan javob reakstiyasidir.
Daraxt–butalarni o’sishi turli yoshlarda turli darajada bo’ladi va u turli sifatiy o’zgarishlarni yuzaga keltiradi. Daraxtlarni to’liq urug’ berish yoshi voyaga etish yoshi deb ataladi. Voyaga etgan daraxtlarning o’sishi bo’yiga kamayib, eniga ko’payadi, yillik o’sish maksimal ko’rsatkichga etgach, u kamaya boradi. Bu texnik etilish yoshi deb ataladi. Bu jarayonlarni o’simlikning rivojlanishi deb ataladi. Demak o’sish jarayonlari bevosita daraxtning rivojlanishiga olib keladi. O’sish rivojlanish jarayonining boshlang’ich davri hisoblanadi. Ayrim o’simliklar hayoti davomida bir marta gullaydi va hosil beradi, so’ng qurib qoladi, bunday o’simliklar monokarp o’simliklar deb ataladi.
Boshqa o’simliklar uzoq vaqt har yili gullab hosil berish xususiyatlariga egadirlar, ular polikarp o’simliklar deb ataladi. Daraxt va butalar polikarp o’simliklar toifasiga kiritiladi. Daraxtlar o’tgan yilgi kurtaklardan o’sib chiqqan novdalar hisobiga o’sadi. Monopodial shoxlanishda yangi novdalar uchki kurtaklardan, simpodial shoxlanishda esa yon kurtaklardan o’sib chiqadi.
O’sish asosan uchki novdada amalga oshadi. Agar u zararlansa, o’sish sekinlashishi yoki to’xtab qolishi mumkin, bu holat yon kurtaklarni paydo bo’lishiga va ulardan yangi novda o’sib chiqishiga sabab bo’ladi. Daraxt va butalarning o’sishi, o’sish jarayonlarini tezlashuvi, sekinlashuvi yoki to’xtashi har bir turga hos bo’lgan biologik xususiyatlar bo’lib, ularga tashqi ekologik omillar kuchli ta’sir ko’rsatadi. Ba’zi daraxt turlari erta bahorda tez uyg’onadi va o’sa boshlaydi, ular uchun havoning +5+60S harorati etarli hisoblanadi, ammo ayrim turlar uchun ushbu harorat etarli emas, shuning uchun ular uchun vegetastiya davri kechroq boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |