O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti


Dorivor o’simliklarning geografik arelali



Download 7,92 Mb.
bet20/157
Sana12.07.2022
Hajmi7,92 Mb.
#783017
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   157
Bog'liq
majmua tabiiy dorivor new

Dorivor o’simliklarning geografik arelali. O’simlik turlarini er yuzida taqsimlanishi ularning biologik, ekologik xususiyatlariga hamda tashqi muhit sharoitlariga, asosan iqlim omillariga bog’liq. Tashqi muhit omillari doimiy o’zgarib turadi va bu hol deyarli barcha o’simliklarini er sharida turli darajada tarqalishiga ta’sir etadi. Ushbu ta’sir faol yoki passiv ko’rinishda bo’lishi mumkin. Masalan, Inson faoliyati ham ularning mintaqalararo tarqalishiga kuchli ta’sir etadi va o’simlik arealini o’zgartirib yuborishi mumkin. Er yuzida yuzaga kelgan tabiiy zonalar o’zining o’simlik dunyosi, iqlimi, faunasi va tuproq qoplami bilan bir-biridan keskin farqlanadi.

Shimoldan janubga borgan sayin bu gorizontal zonalar bir–biri bilan almashinadi va mintaqalar bo’yicha o’simlik va hayvonot olami xam bir biridan farqlanishini kuzatish mumkin. Bunday gorizontal zonallikdan tashqari, tog’lik hududlarda yana vertikal zonallikni (poyaslik) kuzatiladi. Bunda muayyan tog’ balandligida, shu balandlik uchun xos bo’lgan iqlim sharoitlari mavjud bo’lib, ularda o’ziga xos bir va ko’p yillik o’simliklar, daraxt–butalar hamda tuproq tiplari o’zgaradi, tog’da balandlikka nisbatan flora va dendrofloraning tarkibi qismlarida o’zgarishlar kuzatiladi.
Dengiz sathidan yuqori toqqa ko’tarilishda o’rtacha harorat pasayadi, quyosh radiastiyasi oshadi, namlik miqdori ko’payadi va bu kabi o’zgarishlar albatta tog’ florasi vakillarining bioxilma–xilligini ta’minlaydi.
Toqqa har 100 m ko’tarilganda o’rtacha havo harorati 0,6-10S ga pasayib boradi, ya’ni dengiz sathidan toqqa ko’tarilishda o’rtacha harorat pasayadi, quyosh radiastiyasi oshadi, namlik miqdori ko’payadi. Bu kabi o’zgarishlar albatta tog’ florasi vakillarining xilma–xilligini ta’minlaydi.
Florani xilma–xilligi tog’ yonbag’irlarining ekspozistiyasiga ham bog’liqdir, shimoliy, shimoliy-g’arbiy, shimoliy–sharqiy tog’ yonbag’irlarda ya’ni, tog’ning soya va salqin tomonida , quyosh nuri tik tushadigan janubiy, janubiy-g’arbiy, janubiy-sharqiy tog’ yonbag’irlarga nisbatan o’simliklar turlari ko’p hamda uning floristik tarkibi boy ham bo’lib, bu o’z navbatida tuproq tarkibining boyishi va ijobiy tomonga o’zgarishiga ta’sir etadi, ya’ni unumdor jigarrang tog’ tuproqlari aynan shimoliy ekspozistiyadagi tog’ yonbag’irlarida vujudga keladi.
O’simlik turlari tarqalgan va egallab olgan hudud chegaralari uning areali deb ataladi. Xar bir tur katta materikni yoki uning biror qismini egallashi mumkin. Shunga ko’ra o’simliklarni areali keng va kichik deb atalishi mumkin. O’simlik areallari katta–kichikligiga qarab ular 4 ga bo’linadi: kosmopolit, keng, tor va endemikarealli turlarga ajratiladi.




Download 7,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish