O’simliklarni yorug’likka bo’lgan munosabatiga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin (S.S. Pyatnistkiy bo’yicha).
Yorug’sevar-
Soyasevar -
Soyaga chidamli-
Tuprok sharoitiga munosabati.
Tuproq barcha yashil o’simliklar hayotida muhim rol o’ynaydi, chunki tuproq unda o’suvchi o’simliklar uchun oziq mineral moddalar va suv manbaidir. Tuproqlar unumdor va unumsiz bo’lishi mumkin, bu ularning tarkibidagi gumus, azot, fosfor va kaliy miqdori bilan o’lchanadi.
Unumdor tuproqlarda o’suvchi tabiiy o’rmon daraxt-butalar yaxshi o’sib rivojlanadi, ular daraxtlarni serhosil bo’lishi va yog’och zahirasini yuqori hamda sifatli bo’lishini ta’minlaydi. Unumdor, mexanikaviy tarkibi yaxshi tuproqlarda o’simlik ildizlari yaxshi shoxlanadi va erga chuqur kirib boradi. Unumdor va unumsiz erlarda o’suvchi bir xil turga mansub daraxtlar turli xil o’sish ko’rsatkichlariga ega bo’ladi. Ba’zi o’rmon daraxt-butalar unumsiz erlarda ham bemalol o’sadi.
O’rmon o’simliklarni tuproq unumdorligiga bo’lgan munosabatiga ko’ra quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:
Tuproq tanlaydigan megatrof o’simliklar. Bu guruhga kiradigan o’simliklar faqat unumdor erlarda o’sadi, unumsiz erlarda o’sa olmaydi, o’rtacha unumdor erda ular yaxshi o’smaydi va rivojlanmaydi. Unumdor erda o’sadigan megatrof o’simliklarga o’tkir bargli zarang, yavor, grab, qoraqayin, dala zarangi, oq qarag’ay, qayrag’och, amur barxati, oq va sinuvchan tollar, berest, shum, yong’oq va boshqalar kiradi.
Tuproq tanlamaydigan oligotrof o’simliklar. Bu guruh o’simliklari unumsiz erda ham o’saveradi. Ular tuprog’i bo’lmagan yoki oz bo’lgan, tog’ jinslari ochilib yotgan joylarda ham o’sadi. Shubhasiz oligotrof o’simliklar unumdor erlarda juda yaxshi o’sadi. Banks va oddiy qarag’ay, qayin, archa va boshqalar oligotrof o’simliklardir.
O’rtacha unumdor tuproqda o’sadigan mezotrof o’simliklar. Bu guruhga kiradigan o’simliklar o’rtacha unumdor erlarda tarqaladi, shubhasizki, unumdor er ular uchun eng yaxshi sharoit bo’lib, unumsiz erda yaxshi o’smaydilar va rivojlanmaydilar. Masalan tog’terak, chetan, qayin, echkitol, qizil eman, qoya emani va oddiy eman, qora qandag’och, mevasi eyiladigan kashtan, qoraqarag’ay, sibir tilog’ochi, arg’uvon va oq akastiya o’rtacha unumdor erlarda o’sadigan mezotrof daraxtlardir. Bu uchala guruhga kiradigan o’simliklarning yaxshi o’sishi va rivojlanishi uchun tuproq aerastiyasi va xarorat rejimi normal bo’lishi zarur.
Erning unumdorligidan tashqari, daraxt ayrim oziq moddalarga talabchan bo’lishi mumkin. Ba’zilar azotni juda yoqtiradi. Shu sababli ular nitrofil o’simliklar deb ataladi (masalan, berest, qayrag’och, teraklar, shumurt, buzina va boshqalar). Dukkaklilar oilasiga kiradigan daraxtlar, shuningdek, jiyda, qandag’ochning ildizida tuganaklar hosil bo’lib, ulardagi tuganak bakteriyalari vositasida havodagi erkin azot erda to’planadi. Daraxt va butalar uchun kalstiy elementi ham muhim ahamiyatga ega. Ko’pchilik yaproqli va ninabargli daraxtlar kalstiyga katta ehtiyoj sezadi, uni o’z tanasida yig’adi, biroq kalstiy o’simliklar uchun oziq modda hisoblanmaydi. U tuproqning fizikaviy va kimyoviy xossalariga, undagi mikrobiologik jarayonlarga ta’sir etib, o’simlik uchun qulay sharoit yaratadi. Agar tuproqda kalstiy kam bo’lsa, muxit kislotali bo’ladi. Kalstiy tuzlari tez erimaydigan fosfatlar bilan almashinish reakstiyasiga kirishib, ularni o’zlashtirish mumkin bo’lgan fosfat tuzlariga aylantiradi. Kalstiy tuproqning strukturasini va fizikaviy xossalarini yaxshilaydi. Tuproq muxiti (rN) daraxtlarning o’sishiga turlicha ta’sir etadi. Masalan, qoraqarag’ay, o’rmon qoraqayini, qayin, chetan, mevasi eyiladigan kashtan, grab kislotali tuproqda o’sgani holda, buning aksicha, eman, shum, o’tkir bargli zarang, ishqorsiz va kam ishqorli tuproqlarda yaxshi o’sadi. Ayrim tuproqlarda uchraydigan turli tuzlar (natriy xlorid, soda, natriy sulfat, kalstiy va magniy) o’simliklarga salbiy ta’sir etadi. Dasht va cho’l qum sahro hududlarida odatda zararli tuzlarga boy bo’lgan maydonlar ko’p. Bu erlarda o’sadigan daraxt va butalar (saksovul, qandim, jiyda, jing’il), sho’r va sho’rxok tuproq sharoitiga moslashgan bo’lib, bemalol o’saveradi.
Daraxt va butalarning sho’rga chidamliligi har xil turlarda birday emas. Masalan, jing’ilning ayrim turlari sho’rxok tuproqlarda bemalol o’saveradi, chunki uning assimilyastiya qiluvchi xujayralari ortiqcha tuzni tashqariga chiqarib yuborish xususiyatiga ega.
Qora saksovul, ingichka bargli jiyda, turanga teraklari, zangori tol kuchsiz sho’rxoklarda bemalol o’sadi. Ularga nisbatan oq va qora teraklar sho’rga kam chidamli. Qisman sho’rlangan erlarda ko’p turlar o’sa oladi, ularga so’galli va tukli qayin, tog’terak, eldor qarag’ayi, oddiy qarag’aylarni misol qilishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |