Gul to’plamining sxematik tuzilishi: 2 – qalqonsimon, 3 – supurgisimon, 4 – boshoqsimon, 5 - murakkab boshoqsimon, 6 – so’tasimon, 7 – zontiksimon, 8 – murakkab zontiksimon, 9 – boshsimon, 10 – savatsimon.
Agar gulda faqat urug’chi gul bo’lsa, u urug’chi yoki onalik guli deb ataladi va ♀ belgisi bilan ifodalanadi. Daraxtlar asosan chetdan, ayrimlari esa o’zidan changlanadi. O’simlik gullari asosan shamol (anemofil) va hasharotlar (entomofil) yordamida changlanadi.
Meva yopiq urug’li o’simliklarning asosiy generativ organlaridan hisoblanadi. U ona xo’jayra urug’langandan keyin tugunchada rivojlanadi va urug’ hosil qiladi. Meva rivojlanishida urug’chidan tashqari, gulo’rin va gulqo’rg’on ishtirok etadi. Odatda tuguncha devorlarida meva hosil bo’lib, u quruq va qattiq (yong’oq,bodom,funduk ), yoki seret (olxo’ri, olcha, gilos) bo’ladi. Mevalar morfologik jihat turli – tuman shaklga ega: oddiy, soxta meva, yig’indi meva, yoki mevacha to’plami meva ko’rinishiga ega bo’ladi. Oddiy meva guldagi mavjud bitta urug’chidan rivojlanadi, yig’indi meva yoki mevachalar gulda mavjud bir necha urug’chini har qaysisidan ayrim mevalar rivojlanib hosil bo’ladi.
Soxta meva guldagi quyi tuguncha bilan gulo’rin va kosabarglarning qo’shilib o’sishidan hosil bo’ladi. Bir-biriga yaqin va zich joylashgan to’pgullarning mevasi birga qo’shilib o’sishi mumkin. Bunday paytda to’p meva hosil bo’ladi. Bunga misol tariqasida marvarid tut, shotut,maklyura, maymunjon, malina mevalarini ko’rsatish mumkin. Dukkak meva dukkaklilar oilasiga mansub oq akastiya, quyonsuyak (qum akastiyasi) yapon tuxumagi, amorfa, drok, gledichiya va boshqa daraxt–butalarga xosdir.
Ko’sak meva bir necha mevali bargdan tuziladi. Bu meva quruq bir nechta uyali turli uslubda ochiladigan bo’ladi. Masalan siren, tol, terak, normushklarning mevasi bunga misol bo’ladi. Yong’oq, yong’oqcha va qanotchali mevalar bir urug’li quruq bo’lib ochilmaydi. Masalan yong’oq daraxtining mevasi yong’oq, o’rmon yong’og’i turiniki yong’oqcha bo’lsa, qayin, qayrag’och, shumtol va zaranglarniki qanotchali mevalardir.
. Rezavor meva bir yoki ko’p urug’li, ochilmaydigan, meva eti sersuv va rango-rang bo’ladi. Uchqat, tok,malina,zirk, smorodina, krыjovnik mevalari shular jumlasidandir. Danakli meva ham bir yoki ko’p urug’li bo’lib ochilmaydi. Meva eti sersuv va seret, gohida quruq bo’lib, har xil rangli bo’lishi mumkin. Olxo’ri, o’rik, olcha, gilos, shumurt kabi daraxt hamda butalarning mevasi bunga misol bo’ladi. Quruq etli danak mevalar qatoriga bodom,jiyda va xandon pista kiradi. Ko’p urug’li sersuv soxta mevalarga olma, nok, chetan,behi, do’lana kiradi.
Daraxt–butalarning tabiatda tabiiy tarqalishida mevalari va urug’lari katta ahamiyatga ega. Mevalar inson hayotida oziq–ovqat resurslari sifatida katta ahamiyatga egadir. Mevalar yangi terilgan holda, quritilgan hamda qayta ishlangan (konservalangan) holda iste’mol qilinadi. Ulardan konserva, murabbo, povidlo, kompot, vino, sharbat, djem, pastila kabi turli–tuman oziq–ovqat mahsulotlari tayyorlanadi. Mevalar tarkibida glyukoza, saxaroza, oqsil, yog’, uglevodlar, vitaminlar va biologik faol moddalar, alkaloidlar, organik kislotalar, buyovchi moddalar mavjud bo’ladi.
Urug’ - urug’li o’simliklarning ko’payish organi bo’lib, odatda tuxum xo’jayra urug’langandan keyin urug’kurtakdan rivojlanadi. U yopiq urug’lilarda meva ichida joylashadi. Urug’ – urug’ po’sti, murtak va turli oziq moddalar zahirasidan iborat bo’ladi. Ochiq urug’lilarda urug’ qubba tangachalarida ochiq holda joylashadi. Masalan qarag’ay, qoraqarag’ay, tilog’och, oqqarag’ay, va kedrda aynan ana shunday holda joylashgan. Daraxt–buta o’simliklari turli-tuman bo’lganligi kabi, ular urug’larining shakli, hajmi, rangi, unish qobiliyatlari ham turlicha bo’ladi. Masalan, tol, terak, yulg’un kabi daraxt–buta o’simliklariningurug’lari juda mayda, aksincha, grek yong’og’i, qora va manjuriya yong’og’i, soxta kashtan, eman va o’rmon yong’og’ining mevalari yirik bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |