O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti



Download 7,92 Mb.
bet24/157
Sana12.07.2022
Hajmi7,92 Mb.
#783017
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   157
Bog'liq
majmua tabiiy dorivor new

Endemik turlar areali – bunday turlar egallagan hudud nihoyatda cheklangan bo’ladi. Ular faqatgina ma’lum bir geografik zonada o’sadi.Masalan, O’zbekiston florasida o’sayotgan ayrim o’simliklar boshqa qo’shni mamlakatlarda uchramaydi. O’zR “Qizil kitobi”da ko’plab misollorni keltirish mumkin. Endemik turlar tog’li hududlar va orollarda ko’proq tarqalgan. Ba’zan bir o’simlik turlarlari faqat ma’lum sharoitlardagina o’sishi mumkin, ular o’z areallaridan tashqarida boshqa sharoitlarga tushib qolishsa, moslasha olishmaydi va nobud bo’lishadi. Masalan, botqoqliklarda, qumliklarda, suvda, sho’rxok erlarda yoki tropik o’rmonlarda o’sishga moslashgan turlar boshqa sharoitlarda o’sa olmaydi



Evropada chakandaning (Hippophae) tarqalish areali


Dorivor o’simliklarning mintaqalarda tarqalishi. O’zbekistono’simliklar dunyosi juda turli tumandir. Ular cho’l poyasidan tortib, tog’ cho’qqilarigacha tarqalgan. O’zbekiston asosan ikki azim daryo Amudaryo bilan Sirdaryo oralig’ida joylashgan.
Qoraqolpog’istondagi Ustyurt tekisliklarini hisbga olmaganda, u O’rta Osiyoning Turon past tekisligiga kiradi. Turon pasttekisligi iqlimning xarakterli tomoni- uning keskin kontinental-o’zgaruvchanligi bo’lib, asosiy yog’in miqdori yilning ikki faslida –qish va bahorda yog’adi. Yog’in miqdorining yil davomida bunday notekisligi , yozda xaroratning ko’tarilishi gidrometrik rejimning bir xilda bo’lmasligiga olib keladi.
Shunga asoslangan xolda Respublikamiz iqlimini ko’p yillar davomida o’rganib, er yuzidan ko’tarilgan sari iqlim sharoitining o’zgarib borishini hisobga oldilar va uni quydagi to’rt zonagaarid, ekstraarid, gumid va subnival iqlimlarga bo’linadilar. (Arid- lotincha - quruq erlardir, ekstraarid- haddan tashqari quruq, o’ta issiq, kam yog’in. Gumid- lotincha xumidus- namlik, seryog’in, Subnival – lotincha sub ostida, nival- seryog’in o’simliklarga boy erlardir.Odatda bo’lingan poyasalar ma’lum bir taksonomik birlikka asoslangan. Bu birlik to’rt belgi: shu erning o’simliklar qoplami, tuprog’i, relefi va dengiz sathidan balandligi bilan xarakterlanadi.
Respublikamiz maydonining poyasalar bo’yicha taqsimlanishi quyda berilgan (1-jadval).
1-jadval
Respublikamiz maydonining poyasalar bo’yicha taqsimlanishi

Poyasalar

Ming ga

%

Cho’l

27594,8

61,16

Adir

2479,7

9,5

Tog’

961,9

2,13

Yaylov

701,8

1,55

Ekin ekiladigan erlar

11577,7

25,66

jami

45115,9

100

Jadvaldan shu narsa yaxshi ko’rinib turibdiki, respublikamiz maydoning katta qismini cho’l poyasi tashkil qiladi. Respublikamiz ekin maydonlari ana shu cho’llar hisobiga kengayib bormoqda.


O’simliklar tarkibidagi dorivor moddalar — biologik faol birikmalar o’simlikning o’sishi davrida (ontogenezda) va turli faktorlar ta’sirida doimiy o’zgarishda bo’ladi. Ular sintezlanadi, asta-sekin ko’payadi, ma’lum davrda ko’p miqdorda to’planadi, keyinchalik kamaya boradi va bir vaqt kelib, butunlay yo’qolib ketishi mumkin.
O’simlik tarkibidagi dorivor moddalar sinteziga, ularning to’planishini o’zgarib borishiga ta’sir etuvchi tashqi muhit omillariga quyidagilar kiradi: o’simlikning o’sish joyi, namlik (havo va tuproqdagi namlik miqdori), tuproq tarkibi, harorat (havo va tuproqning issiq-sovuqligi), yorug’lik va quyosh nurining ko’p yoki kam bo’lishligi, iqlim va boshqalar.
Ma’lumki, har bir o’simlikning o’ziga xos o’sadigan joyi bo’ladi va u shu sharoitda yaxshi taraqqiy etadi. Ba’zi o’simliklar, barglar chirindisi ko’p bo’lgan erlarda (marvaridgul va boshqalar), boshqalari sho’rli erlarda (qizilmiya, shuvoq turlari, sho’rak va boshqalar) yoqtirsa qolganlari tog’liq, toshli erlarni va shag’alli (qizilcha, qoraqovuq va boshqalar) yoki kishilar yashaydigan joylarga yaqin va iflos joylar (mingdevona, bangidevona va boshqalar) erlarda yaxshi rivojlanadi.
Ba’zi o’simliklar namlikni yoqtirsa (dala qirqbo’g’imi, oqqaldirmoq, valeriana, sariq nufar, igir, botqoq ledumi, meniantes va boshqalar), boshqalari aksincha quruq cho’llarda, qirlarda (achchiqmiya, afsonak, isiriq va boshqalar) o’sadi. Agar angishvonagulni o’sish davrida meyoridan ortiq sug’orilsa, uning tarkibidagi yurak glikozidlari kam sintezlanadi, xuddi shunday namlik ko’p bo’lsa, darmana shuvoq taraqqiy etmaydi.
Issiqlik va yorug’lik ham hamma o’simliklarga bir xil miqdorda kerak emas. Jenshen o’simligi o’rmonlarning (taygani) chirindisi ko’p, nam, salqin va yorug’lik kam bo’lgan erlarida yaxshi taraqqiy etadi, angishvonagul esa yorug’lik, quyosh nuri ko’p bo’lsa, yurak glikozidlarini yaxshi sintez qiladi.
Ko’pchilik efir moyi saqlovchi dorivor o’simliklar issiq va yorug’likni sevadi. Shuning uchun janubiy tumanlarning florasi tarkibida efir moyi saqlovchi o’simliklar ko’p bo’ladi va ularning efir moylari hidining yaxshiligi bilan farqlanadi. O’simliklarning deyarli barcha organlarida efir moyi bo’ladi. Efir moyining o’simlik tarkibida ko’p yoki kam miqdorda to’planishi havo haroratiga va namligiga, tuproq namligiga hamda erdagi mineral moddalarning ko’p yoki ozligiga bog’liq. Odatda havo harorati ko’tarila boshlagan sari o’simlik tarkibida efir moylari ko’proq sintezlanadi va aksincha, havo namligi ko’payishi bilan bu birikmalar miqdori kamayib boradi.
Tuproqdagi namlikning o’rta darajadan ko’p yoki kam bo’lishi o’simlik tarkibida efir moylarining kamayishiga olib keladi. Shuningdek qurg’oqchilik ba’zi o’simliklarda efir moylarining ko’p to’planishiga sabab bo’ladi. Odatda janubiy tumanlarning florasi shimoliy tumanlarnikiga nisbatan efir moyi saqlovchi turlarga boy. Shu sharoitda o’sadigan o’simliklarning efir moylarining hidi ko’proq xushbo’y, tarkibiy qismi ham murakkabroq bo’ladi.
Aksincha, ba’zi o’simliklar (rodiola, levzeya va boshqalar) salqin erda, tog’li tumanlarda yaxshi o’sadi.
Bunday misollarni ko’p keltirish mumkin. Shuni yaxshi bilish kerakki, har bir o’simlik o’ziningekologik muhit doirasidagi o’ziga xos sharoit va iqlimda o’ssa, tegishli o’ziga xos bo’lgan biologik faol moddalarni ko’p sintez qiladi. Yuqorida keltirilgan o’simliklarning o’sishi, rivojlanishi va ular tarkibidagi dorivor moddalarning sintezi va to’planishiga tashqi muhit (namlik, issiqlik, yorug’lik, tuproq tarkibi, o’sish joyi va boshqalar) ta’sirini bilishning katta ahamiyati bor va bu hollar dorivor o’simliklarni tabiiy sharoitdan plantatsiyalarda o’stirishga o’tqazilganda hisobga olinishi zarurdir. Har bir o’simlik uchun uni plantatsiyalarda o’stirilganda o’ziga xos sharoit va iqlimni iloji boricha tug’dirish lozim.

Download 7,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish