O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti



Download 7,92 Mb.
bet23/157
Sana12.07.2022
Hajmi7,92 Mb.
#783017
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   157
Bog'liq
majmua tabiiy dorivor new

Tor arealli o’simliklar – bunday arealli o’simliklar biror materikning ma’lum qisminigina ishg’ol qiladi. Bunday o’simlik turlariga anzur piyozi, jigar o’ti-kadanopsis, daraxtlardan qoraqayin, xandon pista va zarnab (tiss)ni misol qilish mumkin.Tor arealli o’simliklar – biror materikning ma’lum qisminigina ishg’ol qiladi. Bunlarga qoraqayin, shum, grab va zarnab turlari kiradi.
Mevali yoki evropa zarnabi- (Taxus baccata,L)
Qalin shox-shabbali, tanasi qirrali, sershox daraxt yoki ba’zan yirik buta bo’lib, bo’yi 10-27 metrgacha, diametri 1,5 metrgacha etadi. Po’stlog’i qizg’ish rangda, bo’yiga yorilgan bo’lib, ko’p tinim kurtaklari qavarib turadi. shoxlari jigar rangda, novdalari esa yashil rangda, tuksiz. Kurtaklari yumaloq, jigar rang tangachali. Ninabarglari chiziqli, yassi to’q yashil rangda, yaltiroq, uchi o’tkir, cheti bir oz qayrilgan, bo’rtib chiqqan asosiy tomirlari bor. Barglarining bo’yi 15-25 mm, eni 2 mm. Yuqoridagi novdalarida barglar spiral shaklida joylashadi. Daraxtda ular 3-5 yil saqladi. Daraxti erta bahorda–fevralda gullaydi.
Erkak qubbalari mikrosporachi barglarning yig’indisidan hosil bo’lib, barglar qo’ltig’ida joylashadi. Urg’ochi qubbalri esa boshqacharoq tuzilgan. Ular yashil kurtakka o’xshaydi. Barg qo’ltig’ida 1-2 tadan mikrosporachi barglar chiqib, ularning bittasidan urug’kurtak hosil bo’ladi. Urug’ining po’sti qalin, qattiq bo’lib, qizg’ish rangda va seret. U birinchi yili etiladi. Etilgan urug’i ho’l mevaga o’xshaydi, uni qushlar iste’mol qiladi va ular yordamida tarqaladi. Urug’i 6-8 mm, eni 5 m, qo’ng’ir rangda, qattiq bo’lib, oval tuxumsimon, 1000 dona urug’ining vazni 50 g keladi.
Zarnab asosan urug’idan ko’payadi, urug’i kuzda etiladi. Uning ma’lum qismi bahorda unib chiqsa, qolganlari 2-4 yil davomida ko’karadi. Unuvchanligini 4-5 yilgacha saqlaydi. U qalamchadan, ildiz bachkisidan ham ko’payishi mumkin, sekin o’sadi. Qalin o’rmonzorlarda hosilga kirishi kuzatilgan. U 4000 yil yashaydi.
Zarnab daraxti har xil tuproqli erlarda o’sa oladi. Serchirindi erlarda juda yaxshi o’sadi. Ildizi baquvvat bo’lganligidan shamolga chidamli. U nihoyatda soyasevar o’simlik bo’lib, eman, qoraqarag’ay va qoraqayinzorlarning pastki yarusida o’sadi. U Evropaning janubida, Kavkazda va Kichik Osiyda xamda Shimoliy Afrikada tarqalgan. Kavkaz, Qrim tog’larida dengiz sathidan 2000 metrgacha bo’lgan balandlikda o’sadi.



-rasm. Zarnabning mevali shoxi.
Zarnabning yog’ochi qizil-qo’ng’ir rangda bo’lib, pishiqligi, qattiqligi va yaltiroqligi bilan ajralib turadi. U oson silliqlanadi, shuning uchun turli qimmatbaho mebellar yasashda ishlatiladi. Suv osti inshootlarida ham keng qo’llaniladi. Uni yashil to’siq hosil qilish maqsadida ekish ham mumkin. Havoning iflos bo’lishiga chidamli daraxt. Uning bargi va barcha qismlari zaharli, ayniqsa ot qattiq zaharlanadi.

Download 7,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish