Oddiy na’matak (Шиповник собачий) - Rosa canina L.
Na’matak turlarining ba’zilaridan vitaminli konsentratlar, sharbat tayyorlanadi, vitamin C (askorbin kislota) olinadi, quruq mevasidan tabletka va xab dorilar tayyorlanadi. Bu dorilar avitaminoz kasalligini davolashda va uning oldini olishda ishlatiladi. Askorbin kislota ko’pgina kompleks preparatlar tarkibiga kiradi.
Vitamin C kamroq bo’ladigan na’matak turlaridan - oddiy itbu- run na’matagi (mevasi tarkibida 0,2-2,2% gacha vitamin C mavjud) mevasidan tayyorlanadigan xolosas preparati jigar kasalliklarini (xoletsistit, gepatit - sariq kasalligi va boshqalami) davolash uchun ishlatiladi. Na’matak turlarining mevasidan tayyorlangan damlama va qaynatmalar xalq tabobatida me’da-ichak kasalliklarini davolash uchun hamda isitma qoldimvchi, o’t va siydik haydovchi dori sifatida qo’llaniladi.
Bu dori turlari bilan og’iz bo’shlig’i kasalliklarida (milk yallig’lanishi va undan qon oqishi) og’iz chayiladi. Na’matak mevasi yana organizmni quvvatlantirish, modda almashinuvini yaxshilash, soxta mevalari ichidagi haqiqiy mevalari - yong’oqchalari buyrak va siydik yo’llari kasalliklarida siydik haydash uchun ishlatiladi. O’simlik ildizidan tayyorlangan damlama va qaynatma xalq orasida me’da va jigar kasalliklariga, bargining kukuni esa yaralarga davo bo’ladi.
Na’matak turlari mevasidan oziq-ovqat sanoatida vitaminga boy konsentratlar, konfetlar va boshqa qandolat mahsulotlari tayyorlashda foydalaniladi.
NA’MATAK — Rosa (cynosbatum)
Na’matak — Rosa (cynosbatum) XI DF siga binoan mahsulot askorbin kislotani miqdori bo’yicha standart talabini qondira oladigan na’matakning quyidagi turlaridan tayyorlanadi:
Begger na’matagi — Rosabeggeriana Schrenk.
Burushqoq na’matak — Rosarugosa Thunb.
Dauriya na’matagi — Rosadavurica Pall.
Zangezur na’matagi — Rosazangezura P. Jarosch.
Itburun na’matak — Rosacanina L.
May na’matagi (dolchinsimonna’matak) — Rosamajalis Herrm. (Rosacinnamomea L.)
Maydagul na’matak — Rosamicrantha Smith.
Pahmoq na’matak — Rosatomentosa Smith.
Tikanli na’matak — Rosaacicularis Lindl.
Fedchenko na’matagi — Rosafedtschenkoana Regel.
Qalqonburun na’matagi — Rosacorymbifera Borkh.
Qumsevar na’matak — Rosapsammophla Chrshan.
Qo’qon na’matagi — Rosakokanica (Regel.) Regel. ex Juz.
Ra’noguldoshlar — Rosaceae.
Na’matak turlari bo’yi 2 m ga etadigan tikanli buta. Novdasi egiluvchan bo’lib, yaltiroq qo’ng’ir-qizil yoki qizil-jigarrang tusli po’stloq hamda tikanlar bilan qoplangan. Bargi toq patli, poyada bandi bilan ketma-ket o’rnashgan. Bargchasi (5—7 ta) tuxumsimon shaklli va arrasimon qirrali. Gullari yirik, yakka yoki 2—3 tadan shoxlarga o’rnashgan. Guli qizil, pushti, sariq yoki oq rangli, xushbuy hidli. Gul oldi barglari lanstetsimon. Kosacha bargi va tojbargi 5 tadan, otalik va onaliklar ko’p sonli. Mevasi — gul o’rnidan hosil bo’ladigan shirali soxta meva. Ichida onaliklaridan hosil bo’lgan bir nechta haqiqiy meva — yong’oqchalar bor. Yong’oqcha o’tkir uchli, sertuk bo’lib, burchaksimon shaklga ega.
May oyidan boshlab, iyulgacha gullaydi, mevasi avgust-sentyabrda pishadi.
Na’matak turlari o’rmonlarda, ariq bo’ylarida, butalar orasida, tog’larning quruq toshloq yon bag’irlarida va boshqa erlarda o’sadi.
Na’matakning ayrim turlari bir-biridan mevasining, novda po’stlog’idagi tikanning rangi, shakli, katta-kichikligi hamda novdadagi tikanlar soni va joylashishiga qarab farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |