O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti



Download 7,92 Mb.
bet35/157
Sana12.07.2022
Hajmi7,92 Mb.
#783017
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   157
Bog'liq
majmua tabiiy dorivor new

Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida (quruq holda hisoblaganda) 4—6%, ba’zan 18% gacha vitamin S, 0,3 mg % vitamin V2, K1 (1 g mahsulotda 40 biologik birlik miqdorida), vitamin R, 12—18 mg % karotin, 18% atrofida qandlar, 4—5% oshlovchi moddalar, 2% atrofida limon va olma kislotalari, 3,7% pektin va boshqa moddalar bo’ladi.
XI DF ga ko’ra vitamin S butun holdagi mahsulotda 1%, tozalab qirqilgan mahsulotda 2%, kukun holidagisida esa 1,6% dan kam bo’lmasligi kerak.
Na’matak urug’ida moy, ildizi va bargida esa oshlovchi moddalar bo’ladi.
Ishlatilishi. Na’matak o’simligining mevasi tarkibida bir necha xil vitaminlar aralashmasi bor, shu sababli preparatlari avitaminoz kasalliklarini davolashda va oldini olishda ishlatiladi. Bundan tashqari, na’matak mevasi konditer sanoatida mahsulotlarni vitaminlashtirish uchun qo’llaniladi.
Na’matak turlarining mevasidan karotolin preparati va na’matak moyi tayyorlanadi. Karotolin mevaning yumshoq-etli qismining moyli ekstrakti (tarkibida asosan karotinoidlar hamda tokoferollar, to’yinmagan yog’ kislotalar va boshqa moddalar saqlanadi) bo’lib, tropik yaralar, ekzema (gush), eritrodermitning ba’zi turlari va yaralangan shilliq pardalarni davolash uchun surtiladi yoki dokaga shimdirilib, shikastlangan joyga qo’yiladi.
Na’matak moyi maxsus usul bilan mevadan tayyorlanadi. Moyni tropik yaralar, dermatozlar (terining turli yallig’lanish va diatez kasalligi), sassiq dimog’ (ozena), yarali kolit, yotoq va boshqa yara, yorilishlarni davolash uchun ularga surtiladi yoki dokaga shimdirilib, qo’yiladi.
Dorivor preparatlari. Askorbin kislota — vitamin S (kukun, draje, tabletka va ampulada eritma holida chiqariladi), mevadan damlama, ekstrakt, karotolin, na’matak moyi va sharbat (ho’l mevadan) hamda tabletkalar (kukunidan) tayyorlanadi.
Meva vitaminli va polivitaminli choylar — yig’malar tarkibiga kiradi. Ho’l mevadan yana turli vitamin konstentratlari va vitaminga boy oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanadi.
Askorbin kislota esa galoskorbin preparatlar tarkibiga kiradi.
Na’matakning kam miqdorda vitamin S saqlaydigan turi — itburun na’matak bo’yi 3 m keladigan katta buta bo’lib, boshqalaridan gulkosachasining patsimon qirqilganligi, gullab bo’lgandan so’ng kosachabarglarining pastga qarab yo’nalishi, hamda meva pishishi oldida ularning tushib ketishi bilan farq qiladi. Shuning uchun ham itburunning pishgan mevasini yuqori qismida teshikchalari bo’lmaydi.
Itburun O’rta Osiyoda, Rossiyaning Evropa qismida va Kavkazda tog’li tumanlarda (tog’dagi suv yoqalarida), o’rmon chetlarida, bog’larda, yong’oq va archa o’rmonlarida o’sadi.

Download 7,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish