O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

(Navoiy. MAT. 17-jild, 421-b).
Xullas, Ahmad Yassaviygacha bo'lgan m a’naviy hayot mana shu 
tariqa gurkiradi. Albatta, bu tarzdagi hayot Yassaviyning va yassaviylik- 
ning yuzaga kelishiga zamin yasadi.
Ahmad Yassaviyning manqabaviy hayoti. 
Turkistonda Sayram 
shahrida Hazrati Ali avlodidan shayx Ibrohim degan bir zot yashagan 
edi. Shayx vafot etganda, Javhar Shahnoz ismli qizi va Ahmad ismli yetti
212


yoshli o‘g ‘li qoldi. Ahmadga kichik yoshidan boshlaboq turli tajallilar73 
zohir bo‘lib turar, yoshiga mos b o ‘lmagan va hammani hayratga soladi- 
gan favqulodda hodisalar ko‘rsatardi. Ahmad Yassaviyga nisbat berila- 
digan “Devoni hikmat” asarida zohir bo‘lgan bu fayzlar (huzur-halovat) 
ni mutasawuflarga munosib til bilan, ko‘p narsani anglatadi, deb baho- 
lash mumkin. Yassaviyning birinchi hikmatidan bir bandni keltiramiz:
Yetti yoshda Arslonbobga qildim salom,
“Haq Mustafo omonatin qiling m’om”.
0 ‘shal holda ming bir zikmi qildim tamom,
Lomakonning maqomig‘a oshtim mano74.
“Lomakonning maqomig‘a osh”moq - faqat Olloh tajallisini o‘zida 
mujassam etgan ilohiy zotlarga tegishli. Bu misralar yetti yoshli Ahmad- 
da tajalli zohir bo‘lib turgani haqida ishonchli dalildir.
Yetti yoshda otasidan yetim qolgan Ahmad ma’naviy padari Arslon 
bobodan tarbiya oldi. Shayx Arslon bobo Sayramga kelib, Ahmadni Haq 
yo‘liga yo‘naltirdi.
Arslon bobo, rivoyatlarga ko‘ra, mashhur zotlardan edi. Yassaviy 
yana yuqoridagi hikmatida bu haqda shunday aytadi:
Yetti yoshda Arslon bobom izlab topdi,
Xurmo berib, parda birlan sirrim75 yopdi.
Bihamdilloh, ko‘rdum, teyu yuzum o‘bti,
Ul sababdin oltmish uchda yerga kirdim (14-b.).
Bu to‘rtlik Ahmad Yassaviy haqidagi manqabaviy rivoyatlami tas- 
diqlovchi muhim dalil sifatida ham qimmatlidir.
Yana o ‘z davrida keng tarqalgan rivoyatlarga ko‘ra, yosh Ahmad- 
ning m a’naviy padari Arslon bobo to‘rt yuz yil, boshqa bir rivoyatga 
ko‘ra, yetti yuz yil yashagan. U Turkistonga kelib, Xoja Ahmadni haq 
y o ig a amr qiiishini va bu vazifani bajarishini bir m a’naviy alomatga
n
Tajalli - ilohiy qudratning zohir bo'lishi, Haq nurinmg ta’sir bilan qulning qalbida haqiqatning 
bilinishi (yuqoridagi turkcha lug‘at, 960-bet).
74Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat. Nashrga tayyorlovchilar filologiya fanlari doktori I. 
Haqqul, filologiya fanlari nomzodi N. Hasan. “Movarounnahr” nashriyoti, Toshkent, 2006, 10-bet 
(bundan keyingi misollar shu nashrdan olinib, parchadan keyin sahifasi ko'rsatildi).
75 Sirr - eng fazilatli, eng yaxshi
213


qilingan ishoraga tayanib, o ‘z zimmasiga olgan edi: Bir kuni ahli kirom 
(muhtaram, aziz kishilar) och qolib, Payg‘ambaming huzuriga keldilar 
va bir oz yegulik iltimos qildilar. Payg‘ambaming duosi bilan Jabroil 
jannatdan bir tovoq hurmo keltirdi. Xurmolardan bir donasi yerga tush- 
di. Jabroil dediki: “Bu xurmo sizning ummatingizdan Ahmad Yassaviy 
otlig1 birining nasibasidir”. Payg‘ambar sahobalariga, orangizdan biron- 
tangiz bu vazifani (ya’ni Ahmad Yassaviyga xurmoni saqlash va unga 
yetkazishni - N.R.) o‘z zimmangizga oling, deb taklif qildi. Sahobalar- 
dan hech kim javob bermadi. Faqat Arslon bobo bu vazifani o‘z zimma­
siga olajagini so‘yladi.
Mana shu o‘rinda hikmatlar faqat badiiyat namunalari bo‘libgina 
qolmay, balki tarixiy voqealami ham o ‘z qamroviga singdirgan janr 
ekaniga guvoh bo ‘lamiz. Yuqorida hikmatdan keltirilgan voqealar ba- 
yoniga ko‘ra, Arslon bobo xumioni Ahmadga yetkazish vazifasini o ‘z 
zimmasiga olgandan keyin, Hazrati payg‘ambar o ‘sha bir dona xurmoni 
qo‘li bilan Arslon boboning og'ziga otdi va muborak tupiklaridan ham 
ehson etdi. U Arslon boboga sulton Ahmad Yassaviyni qanday topishini 
ta ’rif-tavsif qilib va o ‘git berib, uning tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lishini 
amr qildi. Shundan keyin Arslon bobo Sayramga - Yassiga keldi va o ‘z 
zimmasidagi vazifani bajargandan keyin bir yil o‘tgach vafot etdi. Bu 
voqeani yana Ahmad Yassaviyning birinchi hikmatidan topamiz:
Xurmo berib, boshim silab nazr qildi,
Bir fursatda uqbo sari safar qildi.
“Alvido!” deb bu dunyodin guzar qildi,
Maktab borib, qaynab, to‘lib-toshdim mano.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish