O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

am
pok bo‘lmasligini afsus bilan qayd etadi.
Yettinchi bob oldingi bobning mantiqan davomi bo‘lib, Adib Ahmad 
ilmlilar va ilmsizlami qiyoslab, o ‘z xulosalarini bayon qilib qolmaydi. U 
endi ilm egallashga hammani, shu jumladan, ilmsizlami ham da’vat qila­
di. Ilm nafaqat insonni ko‘klarga ko‘tarishga xizmat qiladi, balki inson- 
ning hayotini tahlikadan saqlaydigan, insonni butun olamga mashhur, 
olqishlarga sazovor qiladigan muhim quroldir. Hatto o‘tmishda inson- 
ning m a’naviy tubanlashuviga ham ilmsizlik sabab bo'lganini (odam­
lar ilmsizlikdan qo‘llarini but qilib: “bu Tangrimdir” dedilar) dalil qilib 
keltiradi.
Sakkizinchi bobda muhim hayotiy masalalar ko‘tarilgan. Bular - til- 
ni tiyish va odob-axloq haqida. Mazkur bob targ‘ib-tashviq m a’nosida 
emas, balki insonni har turli balolardan ogoh etadi, insoniyatga to‘g ‘ri 
yo‘lni ko‘rsatadi, mulohazali bo‘lishga, har bir so‘zni o‘ylab gapirishga 
da’vat qiladi.
Tiling bekta tutg‘il, tishing sinmasun,
Qali chiqsa bekta, tishingni siyur, -
(Tilingni tiy, tut, tishing sinmasin, agar so‘zlab yuborsang, tiling 
chiqib qolsa, tishingni sindiradi) deb oddiy hayotiy haqiqatni anglashga 
o‘rgatadi. Bu o'gitlar asrlar davomida hayot sinovidan o ‘tgan. 0 ‘ylab 
so‘zlash ham aslida odob hisoblanadi. Mulohazakorlik, o ‘ylab so‘zlash 
aqlli odamga munosib. “Ko‘p vaysagan til ayamaydigan yovdir,.. ach­
chiq, erk berilgan til bir kun boshingga yetadi” deb kitobxonni balo-ofat 
tildan kelishi haqida ogohlantiradi, o ‘tmishda ko‘p odamlar tilining das- 
tidan boshidan judo bo‘lganini ta ’kidlaydi.
To‘qqizinchi bob - aqldan ozish, til jarohati vauni tiyish haqida. Bu 
bob ham oldingi bobda ko‘tarilgan masalalarni davom ettiradi. Aqldan 
ozish degani - tabiatan telba bo‘lib qolish degani emas, balki aqlsizlik, 
ahmoqlik tufayli tilga erk berib, nodonlarcha so‘zlash va buning oqibati 
fojia deganidir. Adib, tili dastidan o ‘kinganlar ko‘p, deb o ‘tmishga isho­
ra qiladi, tilni tiyganlar orasida esa bunaqasi bo‘lmagan, inson yaxshilik- 
ni ham, yomonlikni ham tilidan ko‘radi, deb uqtiradi.
Bundan keyingi boblarda dunyoga muhabbat qo‘yish eng katta xato 
ekani, sazovatning samarasiyu baxillikning oqibatlari, tavozelik manfa- 
ati, kibrlik va harislikning zarari to ‘g ‘risidagi o ‘gitlardan iborat. Dunyo
206


bir yolg‘onchi, sarobga o ‘xshaydi, yuzini bir ko‘rsatib, keyin qochadi- 
gan narsa. Bu olamda insondan qoladigan narsa yaxshi nomdir, yaxs­
hi nom qoldirish uchun takabburlikdan, manmanlikdan tamomila uzoq 
bo‘lish, tavozega amal qilish, dunyo moliga ruju qo‘ymaslik talab eti- 
ladi. Inson mol -dunyosiga ishonib o‘zini kiborli tutadi, ulug‘likka qo‘l 
cho'zi shining sababi ham mol -dunyosi tufaylidir - Adib Ahmad mana 
shu illatlardan xalos bo‘lishga da’vat qiladi. Mol -mulk, boylik hech 
kimga vafo qilmaganini, narigi dunyoga hech narsasiz yalang‘och ketis- 
hi haqidagi azaliy haqiqatni baytlariga singdiradi. Odam ato bilan Momo 
Havoni misol qilib keltiradi.
Adib Ahmad - kuzatuvchan, tom m a’noda hayotiy haqiqatni teran 
anglaydigan donishmand, uning o‘gitlari hamma zamonlarda ham jami- 
yatni sog‘lomlashtirishga xizmat qilib kelgan. U molparastlikni qoralay- 
di. Mol -dunyoga hirs qo‘yish, odamzodning nafsi va ehtiyoji cheksiz- 
ligi, ikki vodiy to‘la oltini bo‘lsa ham, uchinchisini istashi haqida Adib 
Ahmadning dalillari “Qutadg‘u bilig”da 0 ‘zg‘urmishning 0 ‘gdulmishga 
bergan o ‘gitlariga hamohangdir. Har ikkala asardagi didaktik ruh bilan 
bir qatorda, o ‘z davridagi faqirlikni ixtiyor qilib yashash haqida keng tar­
qalgan aqida ikkala asarga birday ta’sir ko‘rsatgan. Qolaversa, hadislar- 
dagi (darvoqe, “Hibatul -haqoyiq”dagi har bir bob sarlavhalari hadislarga 
asoslangan) faqirlik haqidagi pandlar asarga mahorat bilan singdirilgan. 
Qolaversa, har ikkala asarda ham bu olamda mol -dunyo yig‘ishdan voz 
kechish hamma toifadagi insonlarga matlub ekanini ta’kidlaydi, mol -
dunyo deb inson o‘zini o‘qqa-cho‘qqa urishini qoralaydi. Shu boisdan 
ham “Hibat ul-haqoyiq”ning keyingi boblarida Muhammad a.s. ning ta- 
vozelikni oshirish va kibrlikni tashlish to‘g ‘risida; harislik haqida; inson- 
laming ikki “vodiy” to‘la oltini bo‘lsa ham uchinchisini istashi haqida; 
Tangri ning buyrug'i va shafqatiga itoat qilish haqida; g ‘azabni yengish, 
Tangrining har narsaga qodirligi, imonga erishish yo‘llari, Uning Rasuli- 
ga sadoqat va Ollohning muhabbatiga yetishisb to'g'risida; ibodat orqali 
sevinchni kutish haqida; ming do'stdan bir dushman ko'p ekani haqida 
o‘gitlari va pand-nasihatlari komil insonni shakllantirish yo‘lidagi katta 
qadamlar edi.
“Hibat ul-haqoyiq” asari to‘rtliklardan iborat bo‘lib, aruzning muta­
qoribi musammani maqsur bahrida 

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish