O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


Ahmad Yugnakiy va uning “Hibat ul-haqoyiq” asari



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

198


Ahmad Yugnakiy va uning “Hibat ul-haqoyiq” asari
Reja:
1. Adibning tarjima holiga oid kuzatuvlar.
2. Fitrat Ahmad Yugnakiy haqida.
3. Asarning qo‘lyozma nusxalari.
4. “Hibatul-haqoyiq”ning o‘rganilishi.
5. Asarning tuzilishi va boblar tahlili.
T ayanch so‘z va iboralar: 
Alisher Navoiy, “Nasoyim ul-muhabbat
talaba, hikmatlar, bayt, naql, tolibi ilm, til, uslub, Dod Spohsolor bek,
Sayfi Isfarangiy, Badiuzzamon, Husayn Boyqaro, “Munshaot”, Adib
Ahmad, maktub, qoiyozma, xattot, bayt, sharq adabiyoti, n a ’t, tazod
san ’ad.
Adibning tarjima holiga oid kuzatuvlar. 
Ahmad Yugnakiyning 
tarjimai holi to‘g ‘risida ma’lumot deyarli saqlanmagan. Navoiy “Naso­
yim ul-muhabbat” asarida Adib Ahmad haqida to'xtaladi va uning qay­
si o‘lkadan ekani, shaxsiyati va jismoniy holati haqida shunday deydi: 
“Adib Ahmad ham turk elidin ermish. Aning ishida g‘arib nimalar man- 
quldur (ya’ni g‘aroyib voqealar ko‘chirib qoldirilgan). Derlarki, ko'zlari 
butov (ya’ni butun) ermishki, aslo zohir ermas emish. Basir bo‘lub, o‘zga 
basirlardek andoq emas ermishki, ko‘z bo‘lg‘ay va ko‘rmas bo‘lg‘ay” 
(Navoiy. MAT. 17-tom, 426-b
.) Chamasi, Navoiy ham Adib Ahmad ha­
qidagi ma’lumotlami biron tarixiy manabadan olgan. Aks holda, uning 
shaxsiy hayotiga va fazilatlariga oid quyidagi ma’lumotlami keltirma- 
gan bo'lardi: “Ammo bag‘oyat ziyrak va zakiy va zohid va muttaqiy 
(ya’ni taqvodor, parhizkor) kishi ermish. Haq s.t. agarchi zohir ko‘zni 
yopuq yaratqandur, ammo ko‘ngli ko‘zin bag‘oyat yoruq qilg'ondur: 
lo‘byog‘a (ya’ni o‘yinchoqqa) ilik surtubdur va debdurki, qo‘y bukragi- 
ga o'xshaydur va naxudni barmog‘i bila silab, debdurki, itolgu boshig‘a 
o‘xshar. Maskani Bag‘doddin necha yig‘och, ba’zi debdurlar, to‘rt 
yig‘och yo‘l ekan”.
Navoiy mazkur asarida Adib Ahmadning yoshligida - madrasa ta- 
labasi ekanligidayoq zukko, donishmand bo‘lgani va el og‘zida doston 
bo‘lganiga ishora qiladi. Navoiy davom etib yozadi: “Bir kuni Imom 
A ’zam q.r. darsig‘a hozir bo‘lur erkandur va bir mas’ala o‘rganib, bu
199


yo‘lni yayog1 borur erkandur. Darsda yeri saffi ni’ol (ya’ni poygak) 
erkandur. Naqledurki, Hazrat Imomdin so‘rubdurlarki, shogirdlaringiz 
arosida qaysidin andoqki ko‘nglunguz tilar, rozisiz? Bovujudi (shunday 
bo‘Isa ham) Imom Muhammad va Imom Abu Yusuf r. va alaming abno- 
yi jinsi (tengqurlar) va hamsabaqlari. Imom q.s. debdurki, bori yaxshi- 
durlar. Ammo ul ko‘r turkki, saffi ni’olda o‘Iturur va bir mas’alani maz- 
but qilib (xotirda saqlab), to‘rt yig‘och yo‘l yayog‘ kelib borur, andoqki 
kerak ul tahsil qilur.”
Shundan so‘ng Navoiy Adib Ahmadning chuqur ma’noli hikmatlari 
turkiy xalqlari orasida nihoyatda mashhur bo‘lgani to‘g‘risida dalillari- 
ni keltiradi va garchi “Hibatul-haqoyiq” asarining nomini tilga olmasa 
ham, ikki bayt keltiradi: ”Va aning tili turk alfozi bila mavoizi nasoyihqa 
(pandu nasihatlar, o‘gitlarga) go‘yo (gapiruvchi va biyron so‘zlovchi) 
ermish. Xeyli elning muqtadosi (ergashtiruvchisi, imomi) ermish. Balki 
aksar turk ulusida hikmatu nuktalari (nozik ma’noli so‘z, ma’nosi chuqur 
so‘z) shoe’dur (yoyilgan, tarqalgan, mashhurdir). Nazm tariqi bilan aytur 
ermish, aning favoididindur (foydaliligidandir):
Ulug‘lar ne bersa yemasman dema,
Ilik so‘n, og‘iz ur, yemasang yema!
Va ham aningdurkim:
So‘ngakka ilikdur, eranga bilik,
Biliksiz eran ul so‘ngaksiz ilik” (Navoiy. MAT, 17-tom, 426-427-
b.).
Bu baytlar “Hibat ul-haqoyiq”ning bugungi nashrlarida yo‘q.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish