O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

Asarning qo‘lyozma nusxalari. 
«Hibat ul-haqoyiq»ning besh 
nusxasi mavjud. Nusxalar bir-biridan ju z ’iy farqlarga ega. Ulardan eng 
eskisi Samarqandda Zaynul Obidin degan xattot tomonidanl444-yilda 
uyg‘ur yozuvida ko‘chirilgan bo‘lib, turli sabablar bilan Turkiyaga borib 
qolgan. 1480-yilda Turkistondan Turkiyaga ko‘chib borgan Abdurazzoq 
baxshi degan kishi ushbu kitobning arab yozuvi ustiga eski turk-uyg‘ur 
yozuvida ko'chirgan. Har uch nusxa Istanbulda saqlanadi. So‘ngroq 
yana ikki nusxasi topilgan. Demak, hozirda kitob qo‘lyozmasining besh 
nusxasi mavjud.
Asarda kotib tomonidan kiritilgan misrada Adib Ahmadning 
tug‘ilgan yurti Yugnak degan joy ekani ko‘rsatiladi. Yugnakni ko‘pchilik 
olimlar - Samarqand atrofida deb ko‘rsatadilar.
“Hibatul-haqoyiq”ning o‘rganilishi. 
Turk olimi Najib Osim “Hi- 
but ul-haqoyiq”ni ilk bor topgan va o‘rgangan olimdir. U 1906-yili bu 
asaming Abdurazzoq Baxshi ko‘chirgan nusxasidan parcha chop ettirgan 
edi. Rashid Rahmatiy Arat bu asaming Turkiyadagi nusxalarini o ‘tgan 
asming o‘rtalarida nashr qildirgan. U, asaming asliyat eski uyg‘ur-turk 
yozuvida bitilgan, deb aytgan edi.69 0 ‘zbekistonda ilk bor Abdurauf Fit- 
rat bu asar haqida maqola e’lon qilgan va turkiyalik olimlar asar nashrida 
yo‘l qo‘ygan bir qator kamchiliklarga o ‘z munosabatini bildirgan edi, 
Marhum o'zbek turkiyshunos olim Qozoqboy Mahmudov bu asaming 
tanqidiy matnini o‘tgan asming 70-yillarida chop ettirdi va tadqiq etdi.
65Bu haqda qarang: Xo'janova G. “Hibat ul-haqoyiq” haqiqatlari. Toshkent. G ‘afur G'ulom
nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 2001. 32-b.
202


Qozoq va uyg‘ur olimlarining bu asar yuzasidan olib borgan tadqiqotlari 
va nashri ham diqqatga sazovor70.
Asarning tuzilishi va boblar tahlili. 
“Hibat ul-haqoyiq” 254 bayt­
dan iborat. Adib Ahmad asaming tuzilishi haqida to ‘xtalib: “Tuzattim bu 
o ‘n to‘rt bob ichra so‘zum” deb yozadi. Ammo asami ko‘chirish jarayo- 
nida kotiblar ayrim boblaming sarlavhalarini tushirib qoldirganlar. Shu 
bois asar boblari miqdori kamayib ketgan.
Adib Ahmad asarini yozishda Sharq adabiyoti an’analarini davom 
ettiradi. Birinchi bob hamd bilan boshlanadi: Yaratganga hamdu sano, 
Uning rahmatiga umidvorlik, asami yozishdan Undan madad tilash, Ya­
ratganning borligini jamiki yaratilgan narsalar ko‘rsatib turgani, o ‘likdan 
tirikni, tirikdan o‘likni yaratishi, qudrat egasi yagona Tangridan boshqa- 
si yo‘qligi haqida aytadi.
Ikkinchi bob na’tdan - Payg‘ambaming madhi, yaratilgan 
payg‘ambarlar orasida unga teng keladigan yo‘qligi, uni madh etishdan 
til lazzatlanishi, tilga shakar va asal bag‘ishlashi kabi ta’rif-tavsiflardan 
iborat. Shuningdek, to‘rt xalifa - Sodiq (Hazrati Abu Bakr), Fomq (Haz- 
rati Umar), Zayn nurin (Hazrati Usmon), Ali ham madh qilinadi.
Uchinchi bobda Adib Ahmad Dod Spohsolor bekka hamdlar aytadi: 
podshoh, ya’ni Dod Spohsolor bek aql-hushga, yaxshi xislatlarga boy, 
bilimdon, jamiki fazilatlar unda mujassamlashgan. Bu podshoh Simak 
yulduzi - Baliq quyrag‘i deb ataluvchi yulduzlardan ham yuksak him- 
matli, saxvatli, raiyat dardiga darmon shohdir. U xalqqa shafqatli, ammo 
g ‘azablanganda, arslonga o ‘xshaydi. Quvvat bobida Umarday navqi- 
rondir, saxovat bobida Usmonday yuksak himmatlidir. U shu darajada 
tetikki, tetikligi fazodan ham baland, insof va adolatda No'shirvondek 
odildir. Uning saxovatidan hatto osmondagi bulutlar ham uyaladi, dush- 
manlari ham uning xislatlariga amindir. Barcha xislat va fazilatlami mu- 
raw atli, saxovatli ulug‘ Tangri shohga ato qilgan.
Bu hamdu sanolardan so‘ng Adib Ahmad quyidagicha lutf qiladi:
Okush az teb aymas bezizlar tengiz,
Bulut hadya qilsa ushaq qatrani.
[Agar bulut bir zarracha tomchi suv hadya qilsa, dengiz oz demay 
to ‘lqinlana beradi.]
70Hemit Tomur, Tursun Eyub/ Atebetu 1-hekayik. Uygur kilasik adabiyati, Pekin, Milletler 
nasriyati - 1980; Ахмед Йупнеки. Акикат сыйы. - Алматы, 1985.
203


Tengiztin karimrak shahim ming qata,
Qabul qilsa tan yoq bu az hadyani
[Dengizdan ming qayta shohim ulug‘roq, bu ozgina arzimas hadya­
ni qabul qilsa ajab emas, deb umid qilaman].
Asarning to'rtinchi bobida Adib Ahmad Dod Spohsolor bek­
ning nomi olamda mangu qolsin deb bu kitobni yozganini, bu kitobni 
o'qiganlar shohning haqiga duo qilishlarini, o'qimishli, savodli kisbilar 
bu kitobdan foydalanishlarini umid va niyat qilib bayon etadi. Yuqorida 
aytilganiday, Dod Spohsolor bek Farg‘ona hokimi bo'lgan edi. Bu bobda 
Adib Ahmad kitobini Dod Spohsolor bekka bag'ishlab yozgani haqida 
xabar beradi va Dod Spohsolor bekni ideal hukmdor sifatida ta’riflaydi: u 
es-hush, yaxshi xislatlar makonidir, bilim manbaidir. Simak yulduzidan 
ham yuqori darajada himmatli, saxovatli. Raiyatga shafqatli, hammaga 
yaxshi muomala qiladi, ammo g‘azablanganda xuddi arslonga o ‘xshaydi. 
Kuch-qudrat bobida Umardek pahlavon. Saxovat bobida Usmon bilan 
teng. Insof va adolatda esa N o‘shirvondek. U shunchalik saxovatliki, 
hatto yomg'imi ayamay, qizg'anmay beradigan bulutlar ham uning oldi­
da uyaladilar, dushmanlari ham uning fazilatlarini e’tirof etadilar.
Adib Ahmad Dod Spohsolor bekning sha’niga hamdu sano o‘qir 
ekan, Sharq adabiyotidagi hukmdorlarga bag‘ishlangan asarlardagi sin­
gari xususiyatni ko‘ramiz. Bu hamdu sanolarda, albatta, bir oz mubolag‘a 
bor. Bu bobni Dod Spohsolor bekka qasida deb ham atash mumkin. Zo­
tan, bu bobning hajmi 14 baytdan iborat bo‘lib, qasidaning talablariga 
javob beradi.
“Hibatul-haqoyiq”ning maqsadi beshinchi bobdan boshlanadi. Adib 
Ahmadning maqsadi - pandnoma adabiyotlariga xos komil insonni tar- 
biyalashning muhim omili bo‘lgan ilmning manfaati, jaholatning zarari- 
ga e’tibor qaratish va kitobxonga yetkazishdir. Inson saodatining kaliti 
ilmdadir, deydi Adib Ahmad. Bu o‘gitni “Qutadg‘u bilig” da ham ko‘rib 
o ‘tgan edik. Ilm nafaqat oddiy insonlaming hayotida, balki davlat va ja- 
miyat boshqaruvida ham hukmdorlar uchun asosiy qurol.
Adib Ahmad bilimning ahamiyati haqida so‘zini davom ettirar ekan, 
shunday bir mantiqli o ‘xshatish qiladi va bilimni nihoyatda qimmatbaho 
buyum kabi inson avaylashi va beqadr narsa inson uchun keraksiz eka­
nini ta’kidlaydi:
204


Bahaliq dinar ul biliklik kishi,
Bu jahil biliksiz bahasiz bishi.
(Bilimli kishi baholik dinordir, ilmsiz johil kishi qimmatsiz yemish 
kabidir).
Adib Ahmad ilmli odamning m a’nan yuksakligini, ilmsiz odamning 
esa tubanligini ta’riflab, bu ikki toifa hech qachon teng bo‘la olmaydi, 
deya bu oddiy hayotiy haqiqatni shunday ta’riflaydi:
Biliklik, biliksiz qachan teng bolur,
Biliklik tishi - er, jahil er - tishi.
(Ilmli kishi bilan ilmsiz kishi qachon teng bo'ladi?! Bilimli xotin 
kishi - er kishidir. Bilimsiz erkak - xotin kishidir).
Adib Ahmad ilmning afzalliklari to‘g ‘risidagi o ‘gitlarini davom et- 
tirar ekan, suyakning mazmuni ilik bilan bo‘lgani kabi, insonning ko‘rki 
ham aql va tafakkur, ilm ekanini ta’kidlagani holda, ilmli va ilmsiz 
odamlaming taqdiriga oid hayotiy dalillar keltiradi: ilmli kishilaming oti 
mashhur bo‘ldi, bilimsiz kishilar esa tiriklayin o‘ldi, ulaming ko'rguligi 
shu bo‘ldi, deb quvonchlarini ham, afsus-nadomatlarini ham bayon etadi.
Adib Ahmad shu tariqa tazod san’atidan foydalangan holda ilm- 
lilikning inson uchun katta fazilat, ilmsizlikning esa og‘ir fojia ekani 
to‘g ‘risidagi qarashlarini davom ettiradi, insonni bilimli boMishga da’vat 
qiladi. Ahmad Yugnakiy ilmlilik va ilmsizlikni faqat m a’lum shaxsiyat- 
larga xos fazilat va illat sifatida qaramaydi, balki bu ikki narsaning ostida 
jamiyatning manfaati va fojiasi borligiga ishora qiladi.
Adib Ahmad ilmli va ilmsiz odamlar to‘g‘risida so‘z yuritganda, 
faqat fanning m a’lum bir sohasiga oid dunyoviy ilmlamigina nazarda 
tutmagan. Ilm, m a’rifat tushunchalari hamma davrda ham keng m a’noni 
ifoda etgan. Ilmli odam - dunyoqarashi keng, mulohazali, diniy bilimlar- 
ni ham puxta egallagan va ularga rioya qiladigan, zukko, hayotiy tajriba- 
si katta, jamiyatdagi, insonlar o ‘rtasidagi munosabatlami noziklik bilan 
ilg‘ab oladigan va shunga qarab fikr yuritadigan, inson ko‘ngliga ozor 
bermaydigan va hokazo xislatlarga ega zotlardir.
Oltinchi bobda ilm o'rganish haqida alayhissalomning aytganlariga 
to ‘xtalar ekan, ilmsiz odamga to‘g ‘ri so‘z ham m a’nisiz bo‘lib tuyuladi, 
unday toifaga o ‘git foydasizdir, deb hukm chiqaradi. Johil, nodon kim-
205


salar ma’rifatning qadrini aslo bilmasliklarini, ular har qancha yuvinsa 
h

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish