adabiyotida ilk
mutasavvuflar.
Qojatepa-Anqara,
oltinchi
nashri, 16-bet (keyingi sahifalarda matnda kitobning sahifasi ko‘rsatiladi). K o‘purilizodaning bu
fikrlariga raddiya shu sahifadagi izohda berilgan.
72Qarang: Бартольд В.В. Сочинения. Том V, М.: Главная редакция Восточной литературы,
1968. С. 68.
210
gan va’zlari natijasida esa juda ko‘plab odamlar islomni qabul qildilar,
gunohkorlar noma’qul yo'llaridan qaytdilar. Mana shu tariqa musulmon
mamlakatlarida tasavvuf yoyila bordi.
Ahmad Yassaviyga qadar bo‘lgan turkiy adabiyotning ayrim qirra-
lari haqida biz qo‘llanmamizning avvalgi sahifalarida aytib o‘tgan edik.
Islomgacha bo‘lgan turkiy adabiyot musulmonlik davrida tamomila iz-
siz yo‘qolib ketmadi. M a’lum bir timsollar, g ‘oyalar musulmonlik kirib
kelgan davrdagi adabiyotga o ‘tdi, musulmonlik davridagi adabiyotga
kirib kelgan turli adabiy parchalarda ko‘hna aqidalar, timsollar saqla
nib qolaverdi, mazmunan va mohiyatan esa musulmonlik aqidalari bilan
uyg‘unlashdi. Birgina Rashididdin Fazlulloh Hamadoniyning “Jome’ut-
tavorix” asarida 0 ‘g ‘uzxon obrazining musulmon aqidalari va udumla-
riga moslashtirilishini eslashimiz kifoya. Eronda hukm surgan mo‘g‘ul
Elxoniylar sulolasida yaratilgan bu asar, albatta, islomiyatning m o‘g ‘ul
xalqi hayotidan mustahkam o ‘rin olganidan dalolatdir. Zotan, bu davr-
dan oldinroq - Movarounnahr va uning atrofidagi mamlakatlarda har xil
mazhablar, maslaklamig paydo bo‘lgani, m a’naviy hayotda o ‘z o ‘mini
topgani ham m o‘g‘ullaming Markaziy Osiyo hududlarida barpo qilgan
davlatlari barqarorlashganidan bir dalolat edi.
Gap Ahmad Yassaviy haqida ketar ekan, u haqdagi dastlabki
m a’lumotni Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asaridan to-
pamiz. Navoiyning bu asari buyuk mutasawuflar haqida lo‘nda, aniq
m a’lumot beradigan asardir. Navoiy mazkur asarida Ahmad Yassaviy
haqida to ‘xtalib, u haqda quyidagicha ta’rif-tavsiflarai beradi: “Xoja Ah
mad Yassaviy q. t. s. - Turkiston mulkining shayx ul-mashoyixidur. Ma-
qomoti (daraja, bosqich) oliy va mashhur, karomoti mutavoli (cho‘zilgan)
va nomahsur (chegarasiz) ermish. Muridu as’hobi g ‘oyatsiz (cheksiz) va
shohu gadoning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish. Imom Yu
suf Hamadoniy q.s.ning as’hobidindur. Xoja Abluxoliq G‘ijduvoniy bila
q.s. suhbat tutubtur va Xoja Abdulloh Barraqiy va Xoja Hasan Ando-
qiy q.r.bilaki, ham Imom Yusuf Hamadoniy r.t. muridlaridurlar. Imom
qaysi biyik (ulug‘, buyuk) marotibga yetibdurlar, musohib (hamsuhbat)
bo‘lubdur va ro‘zgor (davr, zamon) mashoyixidin ko‘p buzurgvorlar
(ulug‘vor, hurmatli) aning tarbiyatin topibdurlar va Shayx Raziyuddin
Ali Lolo q.s. Shayxi buzurgvor Shayx Najmiddun Kubro r. xizmatig‘a
yetardin burun Xoja Ahmad Yassaviy q.r. xizmatida bo‘lub erdi va aning
xonaqohida aning irshodi (to‘g ‘ri yo‘l ko‘rsatish) bila suluk (yo‘l tutish)
211
qilibdur va aning mazori Turkistonda, Yassi degan yerdaki, aning mavlid
(tug‘ilgan joy) va manshaidur (kelib chiqish joyi) voqye bo‘lubdur va
Turkiston ahlining qiblai duosidur” (
Do'stlaringiz bilan baham: |