fsining istagidan hezor
bo‘ldi. Kechqurun tushida yangi xurmo yeyishi bildirildi. Malik nafsiga
xitob qilib: - Ey nafs, yangi xurmo yesang oyoq bo‘lursan; sabr qilsang,
bosh bo'lursan”, - dedi
(Attor. Yuqoridagi asar, 21-b.).
Yassaviy hikmatlarida qoMlangan bu singari ramziy timsollar
so‘fiyona m a’rifatga yetishish yo‘llariga ishora qiladi. Albatta, bu tim
sollar katta ijtimoiy hodisalardan ham darak beradi.
77Farididdin Attor. Tazkirat ul-avliyo (Avliyolar kitobi). Mirza Kenjabek tarjimasi. Toshkent,
“O'zbeJciston Milliy ensiklopcdiyasi” davlat ilmiy nashriyoti. 1997, 134-bet.
215
Yassaviyning “Devoni hikmat”i.
Yassaviyning hikmatidan kel
tirilgan yuqoridagi to‘rtliklar Ahmadning ham, Arslon boboning ham
tarjima holini ko‘z o'ngimizda gavdalantiradi. Faqat shugina emas. Bu
hikmat yana shunisi bilan diqqatga sazovorki, Arslon bobo singari ulug‘
zotlarga xizmat qilishday burchga ushbu hikmat da’vat qiladi:
Oqil ersang, eranlarga xizmat qilg‘il,
Amri m a’ruf qilg‘onlami izzat qilg‘il.
Nahy munkar78 qilg'onlami la’nat qilg‘il,
Ul sababdin oltmish uchda yerga kirdim
To‘rtlikning birinchi misrasi diqqatni jalb qiladi. Gap xizmat qilish
haqida ketmoqda. Xizmat qilish - shunchaki birovning og‘irini yengil
qilish, moddiy ko‘mak berish m a’nosida emas, balki “eranlar”, ya’ni
m a’naviy tomondan yetuk bo'lgan ulug‘ zotlaraing, valiylaming irfoniy
ilmlarini tinglash to‘g ‘risida so‘z ketmoqda. Yassaviy hikmatlarining
mohiyati va maqsadi faqat shu bilan chegaralanib qolmaydi. Insoniyatni
g‘ofillikdan uyg‘otish, ularda ruhiy uyg‘oqlik va e’tiqodda sobitlikni bo-
tiniy tuyg'u bilan tarbiyalash va chin e’tiqodni singdirish Yassaviy hik
matlarining yana bir muhim jihatlaridandir. Quyidagi parchaga e ’tibor
beraylik:
Shavq sharobin ichgan oshiq nurga botar,
Nuri bilan yurgan oshiq shavqi ortar.
Kimki ko‘rsa qo‘lin ushlab so‘zga tortar,
Donolarning so‘zin izlab keldim mano (37-b.).
Shavq sharobi - muhabbat shavqi, ilohiy fayz, ideal go'zallik; oshiq
- Ollohning jamoli va jaloliga mushtoq qalb. Zotan, bu to'rtlik ostidagi
o'gitlar va nasihatlarga ergashgan va tobe bo'lgan odamzodning “inson-
sevar va ilohsevar qalb nidolari” (N. Komilov) ekaniga yorqin bir dalil-
dir.
“Devoni hikmat” 0 ‘rta Osiyo, Volga bo‘ylarida XVIII-X1X asrlar-
da keng tarqaldi. Ayniqsa, Yassaviy hikmatlari X IX asming ikkinchi
yarmida chop etilib, toshbosma kitoblar holida keng yoyildi. Yassaviy
hikmatlari omma orasiga tobora kengroq kirib borishida darveshlar, qa-
™Nahy munkar - yomon ishlardan qaytarish.
216
landarlar katta rol o ‘ynadilar. Ko‘purilizoda Yassaviyning buyuk muta-
sa w u f ekanini, uning hayotini va turkiy tasavvuf maslagining yuzaga
kelishida katta xizmati borligini chuqur o ‘rgangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |