O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

Ikkinchidan,
Oltin 0 ‘rda davlatidagi madaniy-adabiy hayotning ta- 
komili natijasida o ‘zbek adabiyotiga yangi janr -
noma janri
kirib keldi. 
Xorazmiyning birinchi marta o‘zbek tilida yaratilgan “Muhabbatnoma” 
(1353) asari buning dalilidir.
Uchinchidan,
Oltin 0 ‘rdadagi adabiy muhitning e’tiborga molik 
jihatlaridan yana biri taijimachilikka alohida e ’tibor berilganidir. Tur­
li tillardan o ‘zbek tiliga nodir asarlaming taijima qilingani bevosita va 
bilvosita Chingizxon hamda uning farzandlari olib borgan siyosat, yerli 
aholiga bo‘lgan ehtirom samarasidir. Chingiziy hukmdorlar farmonlarini 
turkiy tilda e ’lon qilganlari, eski uyg‘ur-turkiy yozuv asosida mo‘g ‘ul 
yozuvini yaratib, mo‘g‘ul davlatida yangicha madaniy taraqqiyotga asos 
solganlari buning yana bir dalilidir.
Chingizxon avlodlarining muruwatpeshaligi va yerli aholiga xayri- 
xoh munosabatlarini Oltin 0 ‘rda xonlari davom ettirdilar. Oltin 0 ‘rdada 
o‘zbek tilida yaratilgan har bir asaming yuzaga kelishida biron hukmdor- 
ning ta’siri bor. Qutbning “Husrav va Shirin”i taijimasi shahzoda Tini- 
bekka bag‘ishlangan. “Muhabbatnoma” aynan o ‘zbek tilida Muhammad 
X o‘jabekning homiyligi va taklifi bilan, “Qisasi Rabg‘uziy” Xorazm 
beklaridan To‘qbug‘abekning iltimosi bilan yozilgan va h. Bulardan 
tashqari, til jihatdan “Qisasi Rabg‘uziy”ga yaqin bo‘lgan “Tafsir” va 
“Siroj ul-qulub” asarlari ham Oltin 0 ‘rdada yaratildi.
Shu o ‘rinda bir dalilni ta’kidlab o ‘tish o ‘rinlidir. Oltin 0 ‘rda xonla- 
rining shaxsiy fazilatlari haqida tarixiy asarlarda m a’lumotlar bor. Jum­
ladan, Rashididdin Fazlulloh Hamadoniyning “Jome’ut-tavorix”, Mirzo 
Ulug‘bekning “To‘rt ulus tarixi”, Mirzo Muhammad Haydar Ayoziy- 
ning “Tarixi Rashidiy” (44-bet) asarlarida berilgan m a’lumotlar buning 
bir dalilidir. Jumladan, Mirzo Muhammad Haydar Ayoziyning “Tarixi 
Rashidiy” (1541-1546-yillarda fos tilida yozilgan; 1837-1838-yillarda 
Xoja Muhammad Sharif tomonidan turkiy tilga tarjima qilingan) asarida 
Jo‘jining yettinchi avlodi Jonibek xon haqida to ‘xtalib: “Bisyor hamida 
xisol neku a f ol erdilar - ya’ni ko‘p maqtovli xislatlari bor, go‘zal fe’l- 
atvorli edilar”89, deb ta ’rif beradi.
89Mirzo Muhammad Haydar Ayoziy. Tarixi Rashidiy. - Т.: “0 ‘zbekiston” nashriyoti. 2011,44-b.
227


Albatta, Oltin 0 ‘rda abadiy davlat bo‘lib qola olmadi. Shahzoda­
lar o‘rtasidagi mulkparastlik, hukmronlikka intilish Oltin 0 ‘rdani ich- 
dan yemira boshladi. Oltin 0 ‘rda, Tovka Temur va Shaybon sulolalari 
o ‘rtasidagi ixtiloflar XTV asming 60-yillarida kuchaydi. Aslida tanazzul 
alomatlari Oltin 0 ‘rda ikkiga - Ko‘k 0 ‘rda va Oq 0 ‘rdaga bo‘linib ket- 
gan paytda boshlangan edi. Ayniqsa Jonibek davrida (1340-1357) tanaz­
zul tezlashdi.
Oltin 0 ‘rda davlatining tanazzuliga yana bir sabab - bu davlatdagi 
iqtisodiy buhronlar, ishlab chiqamvchi kuchlar izdan chiqib borayotgani, 
hunarmandlaming va boshqa tabaqa aholining katta qismi qashshoqlas- 
huvi, faqat mahalliy bozorlar bilan chegaralanib qolingani edi. Shubha- 
siz, iqtisodiy va siyosiy zaiflashuv Oltin 0 ‘rdaning adabiy hayotiga ham 
ta’sir ko‘rsatdi. Oltin 0 ‘rda adabiy hayoti iqtisodiy va siyosiy buhronlar- 
ga aralashib, tanazzulga yuz tutmasligi uchun vaziyatni ham, makonni 
ham o‘zgartirishiga to‘g‘ri keldi. Adabiy hayot tamomila o ‘zga yurtga -
Misrga ko‘chdi. Bu adabiyot ravnaqi uchun Misrda barpo etilgan turkiy 
qavmlar davlati asos bo‘ldi.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish