O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziy va uning



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

230


Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziy va uning
“Qisasi Rabg‘uziy” asari
Reja:
1. Asaming yaratilishi, maqsadi va tuzilishi.
2. Rabg‘uziy - manbashunos va tanqidchi.
3. Qissa.
4. Hikoyat.
5. Rivoyat.
6. She’riy janrlar.
7. Latifa.
8. Hikmat.
9. Boshqa kichik (xabar, foyda, munojot) janrlari.
Tayanch so‘z va iboralar: 
qasida, savol, javob, qissa, rivoyat, xa­
bar, hikmat, ahsan ul-qasas, adabiyotshunos, tanqidchi, hadis, musul­
mon va yahudiy manbalari, tafsir, hikoyat, g ‘azal, latifa, to ‘rtlik, muta-
savvuf
Asarning yaratilishi, maqsadi va tuzilishi. 
Yuqorida aytilganiday, 
islomni turkiy qavmlar orasiga keng yoyish, payg‘ambarlar hayoti bilan 
ommani tanishtirish va bu payg‘ambarlar tarixiga oid asarlar yaratish uc­
hun Berkaxon hukmronligi davridan boshlab Oltin 0 ‘rda hukmdorlari 
astoydil harakat qildilar. “Qisasi Rabg‘uziy” shunday asarlardan biridir. 
Payg‘abarlaming. avliyolaming hayot yo‘li, faaoliyati, m o‘jizalari va 
b.qator xususiyatlari haqidagi asarlar agiografik asarlar deb yuritiladi.
Rabg‘uziyning hayoti, ijodi to'g'risida biron tarixiy yoki ada­
biy manbada m a’lumot saqlanib qolmagan. Bu ijodkor haqidagi qisqa 
m a’lumotni “Qisasi Rabg‘uziy”dan topish mumkin.
Asar inson zotini Olloh Taolo yaratgani, avvalo xotinni emas, erkak 
zotini yaratgani, insonni yovuz yo'ldan qaytargani va pok yo'lga solgani 
haqidagi hamdu sano bilan boshlaydi. Shundan so'ng Muhammad Mus- 
tafo s.a.v.ga bag'ishlangan bir g'azalni keltiradi. Chamasi, Rabg'uziy bu 
g'azalni o'zi yozgan.
Shundan keyin Burhoniddin o'zining kimligi va “Qisasi 
Rabg‘uziy”ning yozilish sababini quyidagicha bayon qiladi: “...bu ki- 
tobni tuzgan, to’at yo‘linda tizgan, m a’siyat yobonin kezgan, oz ozuq-
231


lug', ko‘p yozuqlug' Rabot o‘g ‘uzining qozisi Burhon o ‘g‘li Nosurid- 
din urug'i... andog' aytur...beklar urug‘i, yigitlar arig‘i, ulug‘ otlig‘, 
qutlug' zotlig', ezgu qilqlig1, islom yorig‘lig‘, m o‘g ‘ul sanilig‘, mu­
sulmon dinlig‘, odamiylar inonchi, mo‘minlar quvonchi, himmati adiz, 
aqli tegiz begimiz Nosiruddin To‘qbug‘a sabbatallohu alo dinil-islom va 
salomuhu”.93 Bu ta’rifdan so‘ng To‘qbug‘abekka bag'ishlangan o‘ttiz 
uch baytdan iborat qasida keltiriladi. Qasidaning talablari va qonun- 
qoidalariga ko‘ra, To‘qbug‘abekning shaxsiy fazilatlari madh etiladi: u 
islomga e’tiqod qo‘ygan, muttasil Qur’on o'qiydi, himmati osmondan 
ham yuksak, islomga chin dildan e’tiqod qo‘ygan, xulq-atvori yaxshi, 
ko‘proq do‘st orttirishga harakat qiladi, ko‘rinishi arslon sifatliq, yoshi 
kichik bo‘Isa ham ulug‘sifat, zoti toza va h.
Rabg‘uziy asaming yaratilgan yili (hijriy 150) va To‘qbug‘aning 
unga qilgan iltimosi to ‘g‘risida bayon qiladi. Rabg‘uziy keltirgan 
m a’lumotlardan shu narsa anglashiladiki, To‘qbug‘a payg‘mbarlar 
tarixiga bag‘ishlangan qissalardan yaxshi xabardor. Shuning uchun 
To‘qbug'abek Rabg‘uziyga payg‘ambarlar to ‘g ‘risida asar yaratish- 
ga iltimos qilishdan oldin bu xildagi qissalaming mazmuni va shakli 
to ‘g ‘risida m a’lumot beradi. Payg‘ambarlar to'g'risidagi ba’zi asarlar 
to'g'ri, ba’zilari noto‘g‘ri, ayrimlari nuqsonli, ba’zilarida kamchiligi 
borligini uqtiradi. Asarga “Qisasi ar-Rabg‘uziy” deb nom qo'yganini 
muallifning o ‘zi qayd etadi.
Rabg'uziy asami yozishda Qur’ondan, Abu Is’hoq Nishopuriyning 
forscha “Qisas ul-anbiyo”sidan, Vahb ibn Munabbihning arab tilidagi 
“Ka’b ul-axbor” (mil.728) asaridan foydaiangan. Shuningdek, Sharqda 
yaratilgan va mashhur bo'lgan “Qisas ul-anbiyo” faqat shulardan iborat 
emas. Saxi bin Abdulloh at-Tustariy (mil. 896), Muhammad bin Abdul- 
malik al-Musabbihiy al-Xoroniy (mil. 1029) ham arab tilida “Qisas ul- 
anbiyo” yozganlar.
Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg'uziy” asari boshqa “Qisas ul- 
anbiyo”lardan faqat tuzilishi va til jihatidangina emas, balki muallifning 
biron dalilni tasdiqlash yoki rad qilish uchun sinchkov olim sifatida mu­
nosabat bildirgani bilan ham farq qiladi.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish