O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

a-a-b-a
yoki 
a-a-a-a
shaklida. “Qissai zabihi Ismoil alayhissalom”da kel­
tirilgan ikki to ‘rtlik (1,78,79-b.), “Qissai Yusuf Siddiq alayhissalom”da 
berilgan sakkiz misradan iborat to‘rtlik (1,101-b.) shuni tasdiqlaydi. Ay­
rim hollarda ikki misraga nisbatan bayt terminini qo'llaydi (Alisher Na­
voiy ham ikki misraga nisbatan bayt terminidan istifoda etgan o ‘rinlar 
bor). Bu bayt fard mazmunini o ‘zida ifoda etadi. Masalan, “Qissai zabihi 
Ismoil alayhissalom”da quyidagi bayt fard xususiyatiga ega bo‘lib, taq- 
dirda bo‘lmasa, biron o‘zgarish bolm aydi degan m a’noni ifoda etadi: 
Suvda turg‘an ot bolasi necha bo‘lsa ul kichik,
Keng dengizning suvi ani eltu-mas (1, 78-b.).
Rabg‘uziyning ijodida eng muhim o‘rin egallagan she’riy janrlar- 
dan biri - bahoriyotdir. Rabg‘uziy “Qissai Yusuf siddiq alayhissalom”da 
“bahoriyot” degan nom bilan Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan g ‘azalni 
keltiradi. Rabg'uziyning bu g ‘azalida tabiat, butun yer yuzi uyg‘ongan 
va bezangan, dillarga xushnudlik baxsh etadigan fasl ekani, bahor fasli- 
ning jamiki ko‘rk-tarovati tasvirlanadi. Shu boisdan ham Rabg‘uziy “ba­
horiyot” deb nom bergan.
Xullas, Rabg‘uziy bu asaridakeltirgan she’riy janrlaming ko‘pchiligi 
g ‘azal janridan, so‘ngra to'rtliklardan iborat.
Latifa. 
Bu janr asarda asosan, “Qissai Yusuf siddiq alayhissalom”da 
keltirilgan. (1, 117,127-b.) “Latifa” termini ostida hikoya qilingan vo- 
qealaming hozirgi latifa, ya’ni yumorga yo‘g ‘rilgan, kulgili voqealarga 
aloqasi yo‘q. Aksincha, latifalarda m o‘jizaviy voqealar hikoya qilinadi. 
Buning ustiga, mo‘jizaviy voqea muhim xulosalarga, o‘git va hikmatlar 
kelib chiqishiga omil bo‘ladi. Mazkur janming asosiy belgisi shulardan 
iboratdir.
Birinchi latifa Yusufning duosi tufayli bir qator mo‘jizalar yuz ber-
248


gani hikoya qilinadi. Hikoya qilinishicha, Molik Za’r Yusufga arz holini 
bayon qildi:
“Ey Yusuf, senga bir hojatim bor...Molim ko‘p, ammo amolim yo‘q. 
Quruq yig‘ochman, butog‘im yo‘q. Sendan duo, haqdin umanchim bor”. 
Yusuf Molik Za’ming iltijosini eshitib, qo'llarini ko‘tarib duo qildi: “Ey 
davlat tojin boshing‘a urug‘li, ey mazallat javonin egnig‘a kizukli, quzi 
tushganlarni yuqoru ko‘turgan, ura qo‘pg‘anlami yumurg'an, berga san, 
olg‘an san. Bu abushqag‘a o ‘g‘ullar karomat qilg‘il”.
Yusufning duosi ijobat bo‘lib, Malik Z a’r o ‘n ikki cho‘risidan 
bir kunda egizak o‘g‘il - yigirma to ‘rt o‘g‘il ko‘rdi. Latifa so‘ngida 
cho‘rilarning Malik Za’rga qilgan iltifotlarini Rabg‘uziy quyidagi hik­
mat orqali yakunlaydi:
“Qamug* to‘nlar yigna birla tikilur, azinlarni o ‘rtar, ammo o ‘zi ya- 
lang qolur, yo kendu chirog‘ mengizlik o ‘zi yonar, o‘zgalarga yoruqluq 
berur” ( 1 , 119-b.).
Rabg‘uziy bu hikmatni cho'rilar orqali Molik Za’rning iltijosi va 
orzusi ushalib farzandli bo‘lgani, cho‘rilaming o ‘zlari esa igna singari 
yolg'iz qolganiga yoki chiroq singari o'zlari yonib, Molik Za’ming ha- 
yotini shod-xurram qilganiga ishora etmoqda.
Ikkinchi latifa Yusuf va Zulayho o'rtasidagi mojaro haqida hikoya 
qiladi. Yusufning ishqida yongan Zulayho eri Azizi Misrga Yusuf usti- 
dan tuhmat qildi. Latifadagi voqealar bayonida kim haq va kim nohaqli- 
gini Zulayho cho‘risining to‘rt oylik beshikda yotgan o‘g ‘li, “Zulayho -
nohaq, Yusuf esa haq”deya ishorat bilan guvohlik beradi. Latifa so ‘ngida 
Rabg‘uziy to‘rt oylik chaqaloqning ishorat orqali guvohlik bergani niho- 
yatda maqbul ish bolganini foydali maslahat sifatida keltiradi. So‘ngra 
kimdir o ‘z gunohini boshqa birovga yuklamog‘i bandalarga ham, Yarat- 
ganga ham xush kelmasligini aytish bilan bir qatorda, gunohni boshqa- 
laming oldida oshkora aytmoq ham insoniylikning alomati emasligini, 
gunohkor va begunohni ajrim qilishda aql bilan ish ko‘rish lozimligini 
Rabg‘uziy shunday xulosalaydi:
“Ey m o‘min, o‘z yozuqingni o‘zgalarga yuklamagil, yukla-
249


ding ersa Mavlo o ‘g ‘lontek aning arig‘liqin bilgurtgay, seni rasvo 
qilg‘ay...O‘ngingda kimarsaning aybini ochmag‘il. Yusufga zarurat 
bo‘lmaguncha, “Sizlaming makr va hiylalaringiz ulug‘dir”, demadi. 
Yana o ‘g ‘lon tanuqluq berdi ersa, ravshan aytmadi, o'rtukluk aydi. Azizi 
Misr o ‘zi angladi” ( 1 ,128-b.).
Har ikkala latifa o ‘zbek adabiyotidagina emas, balki turkiy adabi- 
yotda mazkur janming mazmunan tamomila yangi namunasi bo‘lib, di- 
daktik adabiy otning uzluksiz davom etganini ko‘rsatadigan dalildir.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish