O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

“kelduk bayoqi so ‘zg ‘a
” deya davom ettirib 
ketadi: “Ul zamonkim, Muhammadni bulut kelturdi. Amina o‘g‘long‘a 
emukin berayin tedi ersa, olmadi”. Ffikoyada bayon qilinishicha, cha­
qaloq onasini yigirma besh kun davomida emmagandan keyin, Amina 
qayg‘urib olamdan o ‘tdi. 0 ‘g‘ilni doyaga berdilar.
M a’lum bo‘ladiki, Rabg‘uziy shu birgina hikoyaga bir necha voqe-
242


alami, ko‘p detallami olib kiradi. Barcha voqealar va detallar hikoyatni 
ertak janriga yaqinlashtiradi. Ertaklarda k o ‘p uchraydigan bayon usuli 
(“endi so‘zni falon podshohdan eshiting” yoki “endi gapni falonchidan 
eshiting” kabi) orqali Rabg‘uziy mazkur hikoyatni bir necha syujet chi- 
ziqli qilib yaratishga erishgan.
Rabg‘uziy qissalar tarkibiga hikoyatlarni olib kirar ekan, hikoyalar 
syujetiga afsonaviy ruh va mazmun singdiradi, hikoyalaming didaktik 
mohiyatiga alohida urg‘u qaratadi. Bu bilan Rabg‘uziy o‘z asaridagi hi­
koyalaming rang-barangligini ta’minlagan, badiiy asaming muhim ada­
biy kategoriyalarini - muallif pozitsiyasini, his-tuyg‘ularni, mavzuni, 
ya’ni axloqiy, falsafiy muammolami, g ‘oyani shakllantirgan. Ayniqsa, 
e ’tiqod va badiiy asar butunligini ta’minlashga erishgan. Nuh alayhis­
salom qissasida bayon qilingan quyidagi hikoyat ayni shu maqsadlami 
gavdalantiradi:
Nuhning bir qizi bor edi. Biri qiziga sovchilikka keldi. Bersammi- 
kan, deb o‘yladi. Yana bir keldi, bunga bersammikan, dedi. Xullas, to ‘rt 
sovchi keldi va hammasiga berishni ixtiyor qildi. Hammalar qizni olib 
ketgani keldilar. Nuh alayhissalom qayg‘uga botdi. Uyiga kirdi. Uyi- 
da bir qiz iti va bir mocha eshagi bor edi. Xudoning qudrati bilan ik- 
kalasi ham qiz edi. Xudo jannatdan bir humi berdi. To‘rtala qizni Nuh 
to ‘rtta kuyovga berdi. Qizlaming hammasi bir-biriga juda o‘xshar edi. 
0 ‘zinmg qizini taniy olmadi. Bir necha kundan keyin sovg'alar olib, qiz- 
larini ko‘rgani keldi. Bir kuyovidan so‘radi: “Jufting bilan munosaba­
ting qanday?” “Yaxshiman, ammo u yemaydiyam, ichmaydiyam”. Nuh 
bildiki, u hur ekan. Ikkinchi kuyovidan so‘radi: “Jufting bilan muno- 
sabating qanday?” Kuyovi: “Qanjig‘ ekan”, dedi. Nuh bildiki, it ekan. 
Uchinchi kuyovidan so‘radi: “Jufting bilan munosabating qanday?” Ku­
yovi: “yeydi, ichadi. Eshakday yotaveradi”. Nuh bildiki, u mocha eshak 
ekan. To‘rtinchi kuyovidan so‘radi: “Jufting bilan munosabating qan­
day?” Kuyovi dedi: “Men undan mamnunman, payg‘ambarlar urug‘idan 
ekan”. Nuh alayhissalom bildiki, bunisi o ‘zining qizi ekan. Olib kelgan 
sovg‘asini unga berdi.
Rivoyat. Qissalar tarkibida qo'llanadigan sermahsul janrlardandir. 
Rabg'uziv 
keltirgan rivoyatlar mavzu jihatidan turlicha bo‘ lib, asosan, 
hajm jihatidan hikoyatga nisbatan kattaroq, rivoyat qahramonining
243


mo‘jizalarini, uning hayotiga oid voqealami bayon qiladi. Rivoyatda 
ma’lum darajada tarixiylik tamoyili bo‘ladi. Shuningdek, afsonaviy-epik 
ruh rivoyatlaming muhim tarkibiy qismi sifatida ham namoyon bo‘ladi. 
Solih yalavoch qissasidagi rivoyat aynan shundan darak beradi. Rabg'uziy 
Solih yalavochni va uning faoliyatini hikoya qilar ekan, u odamlaming 
qo‘ylarini va yilqilarini hurkitib, hadeb bezovta qilaveradigan tuyani kim 
o‘ldirishmi bashorat qiladi. Qissaning tarkibidagi rivoyat ayni shundan 
boshlanadi. Rivoyatning boshlanishida Solih yalavoch bashorat qilgan 
“qizil yuzli, sariq sochli, chaqir ko'zli” odam tuyani oidiradi deb qil­
gan bashorati oqibatida odamlar shu rang va qiyofada tug‘ilgan bolani 
o ‘ldiraveradilar. Oxiri Solih yalavoch bilan tuyani o‘ldirgan odamlar 
o'rtasida ziddiyat kelib chiqadi va odamlar Solihni o'ldirish payiga tus- 
hadilar. Rivoyat bayoni davomida Solihning mo'jizalari, uning aziz mu- 
karram yalavoch ekani dalillar bilan ko‘rsatiladi.
“Qisasi Rabg‘uziy”dagi rivoyatlaming bir turi borki, aqidalar va 
udumlar rivoyatga asos bo‘lgan. Rivoyatda voqealaming bayonidan 
ko‘ra, m a’lum udumlaming paydo bo‘lish sabablari va omillari asosiy 
o‘rin egallaydi. Masalan, Odam alayhissalom qissasida qurbonlik udum- 
larining paydo bo‘lish sabablariga oid rivoyat shundan dalolat beradi (1, 
28-b.).
Rabg‘uziy ayrim rivoyatlarga aynan tarixiy dalillami yuklaydi. Ma­
salan, Nuh alayhissalom qissasida insoniyatning paydo b o iish tarixiga 
oid rivoyatni keltirar ekan, bu rivoyatni Rabg‘uziy Ka’bning asaridan 
olib keltiradi. Rivoyat epik syujetga ega bo‘lmay, faqat Ka’bning xu- 
losalaridan iboratdir (1,46-b.). Rabg‘uziy Ka’bning asarida keltirilgan 
m a’iumotlar rivoyat xulosasi uchun kifoya deb bilgani sababli voqealar- 
ni bayon qilishni lozim deb bilmagan.
Rabg‘uziy rivoyat janriga alohida urg‘u berib, bu janrga didaktik 
mazmun yuklaydi. Ayni paytda rivoyatning ishonchli ekanini tasdiqlash 
maqsadida, bir tomondan, rivoyatni turli ishonchli manbalardan keltira­
di, ikkinchi tomondan, qissada bayon qilinayotgan voqealarga aniqlik 
kiritish maqsadini rivoyat namoyon etadi. Yusuf 
qissasida kelti­
rilgan rivoyat bunga yaqqol dalildir. Rivoyatni Rabg‘uziy ikki qismga 
b o iib bergan: rivoyatning birinchi qismini Abdulloh ibn Abbosdan kel­
tiradi. Uning asaridan keltirilgan rivoyat Yusufning va Ibn Yaminning 
taqdiri haqida ko‘p asarlarda bayon etilgan an’anaviy syujetni to'ldiradi, 
sharhlaydi: Yoqubning Yusuf va Ibn Yamin taqdiri haqida Azroilga
244


bergan savollari, Azroilning Yoqubga Yusuf va Ibn Yamin begunoh va 
aybsiz ekanlari haqida bergan xabari, bir kun Yoqub ikkala o ‘g ‘li bilan 
‘rishuvi muqarrar ekani to‘g‘risidagi voqealardan iborat. Rivoyatning 
bu qismi tugallanmasida Rabg‘uziy quyidagi o‘gitni beradi: “Odam bo- 
talari nasibasi kelishini biladilar, ammo qachon kelishini bilmaydilar, 
*qo‘rquvlari shundandir” (153-b). Bu rivoyatdan keyingi - qissaning tar- 
kibiga kirgan voqealar Yusufning Misrdagi mavqei, Yoqub o ‘g ‘illarini 
Misrga don olib kelish uchun yuborishi, Yusuf saroyining tasviri, Yoqub 
o‘g‘illari Ibn Yaminni qaytarib berishni so‘rab Yusufga qilgan iltijola- 
ridan iboratdir. Qissa voqealari bilan keyin keltirilgan rivoyat uzluksiz 
|avo m etgan.
Rabg‘uziy “rivoyat” deb alohida ta’kidlashiga sabab shuki, bu rivo­
yatning manbai bor. Manba - Abdulloh Horis Ibn Navfal asaridan kelti­
rilgan voqealardir. Rivoyatda bayon qilinishicha, Yusufning Ibn Yamin­
ni so‘rab qilgan iltijolari behuda ketdi. Akalar Yusufdan Ibn Yaminning 
taqdirini so‘raganda, shunday javob berdi: “Uni sotdim, bitik oldim, 
mana o ‘sha bitik, u ibroniy tilida, biz ibroniychani bilmaymiz, ibroniyc- 
ha - sizlarning tilingiz, o‘qinglar, biz ham eshitaylik”. Aka-ukalar bitik- 
ni bir-birlariga uzatdilar, birontasi o‘qimadi, “Biz o‘qishni bilmaymiz”, 
deb javob berdilar. Yusuf ularga: “Nega o ‘z tilingizni bilmaysizlar?” deb 
e’tiroz bildirdi. Oxiri Yahudo o‘qigan edi, hamma sarguzashtlar m a’lum 
bo‘ldi. Bitigda Yusufni molik Za’rga sotganlari haqida yozilgan edi. Yu­
suf: “Hozirgacha bo‘ri yegan der edingiz, u sizlarning tug‘ishganingiz 
ekan; qarindoshni sotmoq ravo bo‘lurmi?” deb hammalarini tutishga amr 
berdi. Yusuf ularni azoblab o ‘ldiringlar, toki boshqalarga saboq bo'lsin, 
deya farmon qildi. Yusuf akalarining so‘nggi iltimosini - bug‘doy bera- 
jagini va qolgan ishlarini ertaga amalga oshiruvini aytdi.
Bu voqea boshqa mualliflaming “Y usuf’ qissalarida uchramaydi. 
Rabg'uziy mazkur rivoyatni keltirishidan maqsad - insonlami to ‘g ‘ri 
y o ‘lga boshlashdir. Shu bois ham rivoyat so‘ngida mazkur rivoyatning 
xulosasi sifatida quyidagi о‘git keltiriladi: “Shu tariqa qiyomat kuni 
Mavlo Taolo hamma bandalami do‘zax o ‘ti bilan qo‘rqitadi, bandalar 
azobni ko‘radilar. Shundan keyin o‘z fazilatlari bilan jannatga kiradilar”
(1, 157-b.).
Keltirgan rivoyatlar, garchi afsonalar mazmuniga monand bo‘lsa 
ham, deyarli hammasi biron manbadan olingani uchun Rabg‘uziy rivo­
yat janriga mansub deb qaraydi va albatta, rivoyat terminini ishlatadi.
245


K o‘proq rivoyatlami u Vahb ibn Munabbihdan keltirgan. Buning saba- 
bi shuki, “Qisasi Rabg‘uziy”ning yaratilishida asosiy manbalardan biri 
Vahb ibn Munabbihning asari bo‘ldi. Qolaversa, Vahb ibn Munabbih- 
ning “K a’b ul-axbor” asari Sharq adabiyotidagi payg‘ambarlar tarixini, 
xususan, Bibliyaning Eski Ahd qismidagi payg‘ambarlar tarixini yaxshi 
bilgan, manbalardan yaxshi xabardor bo‘lgan.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish