O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

Oltin 0 ‘rdada madaniy hayot. 
“Oltin 0 ‘rda” degan nom dastlab 
Chingizxon o ‘rdasiga nisbatan qo‘llangan. Chingizxon vafotidan keyin 
esa “Oltin 0 ‘rda” Jo‘ji ulusining nomi deb tushunilgan. Jo‘ji otasi Chin- 
gizxondan oldinroq vafot etdi (Bu haqda “Mirzo Ulug‘bekning "To’rt 
ulus tarixi” asari”da ham ta ’sirli rivoyat berilgan). Jo‘ji vafotidan keyin 
uning to‘ng‘ich o‘g ‘li 0 ‘rda taxtga o ‘tirdi. Bu hududlarni garchi Jo‘jining 
o‘g ‘illari mustaqil boshqarsalar ham, hammalar Botu xonadoniga itoat 
etar edilar. Botu aka-ukalariga qaraganda kuchli edi. Shu boisdan ham 
u otasidan qolgan hokimiyatni mustahkamlashga kirishdi. U o ‘z davlati- 
ning poytaxtini Itil daryosi bo‘yida barpo qildi. Bu poytaxt shahar Saroy 
deb nomlandi. Botuning qo‘l ostidagi hamma qavmlar Oltin 0 ‘rda nomi 
ostida birlashdi. “Oltin 0 ‘rda” nomi Sir 0 ‘rda, ya’ni “oltin qarorgoh” 
m a’nosidadir. Oltin 0 ‘rda davlatiga qarashli jamiki aholi asosan turkiy 
qavmlardan iborat bo‘lib, deyarli hamma qabila vakillari istiqomat qilar-
“ Рашидаддин. Собрание летописей. Том 1,Изд. Академии наук СССР, Москва-Ленинград, 
1952, 144-6.
223


di. Oltin 0 ‘rda barpo bo‘lgunga qadar Itil daryosining quyi oqimida va 
Itil bo‘ylarida bir necha qipchoq bekliklari bor edi; shimolda bulg‘orlar 
yashardi; yana Volganing quyirog‘ida va Shimoliy Xorazmda o‘g ‘uzlar 
va qipchoqlar o‘troq hayot kechirardi.
Berka xon davrida islomning qabul qilinishi Oltin 0 ‘rdaning mavqe- 
ini anchagina yuksaltirdi. Bu jarayonda albatta, Misr muhim rol o ‘ynadi. 
Endi Urganchdan, Buxorodan, oldingi Bulg‘or davlatidan, Sirdaryo qu- 
yisidan hunaimandlar, musavvirlar, olimlar, shoiriar kela boshladilar. 
0 ‘zbekxon davrida katta qurilishlar - machitlar, madrasalar, maqbaralar, 
saroylar qurildi. Oltin 0 ‘rda davlatining Misr bilan madaniy-iqtisodiy 
aloqalari aynan 0 ‘zbekxon davrida yanada kuchaydi.
0 ‘zbekxonning hukmronligi yillarida “o‘zbekiyon” degan termin 
tarixiy asarlarda ilk bor uchraydi. XIV asrda yashagan fors tarixchisi va 
geografi Xamdulloh Qazviniy Ozarbayjonga yurish qilgan 0 ‘zbek xon- 
ning askarlarini ana shu nom bilan ataydi. Bu voqea 1355-56 yillarda 
bo‘lgan edi. Qazviniy Oltin 0 ‘rdani “mamlakati 0 ‘zbek” deb ataydi. 
“O ‘zbekiyon” degan nom jamiki Oltin 0 ‘rda aholisining umumiy nomi- 
ga aylanib qoldi. Shuning uchun ham Abulg‘ozi Bahodirxon “mamlakati 
0 ‘zbek” nomini Oltin 0 ‘rdaning hamma hududiga nisbatan ishlatgan 
edi85.
Shu o ‘rinda ta’kidlash kerakki, “o ‘zbekiyon” termini bugungi 
o‘zbek xalqining etnik nomi emas. Bu nom Oltin 0 ‘rdada 0 ‘zbek xon 
hukmronlik qilgan qavmlaming hammasiga tegishli. Yuqorida biz o ‘sha 
qavmlaming nomlarini aytib o ‘tdik. “0 ‘zbekiyon” termini ostida qipc­
hoqlar ham, o‘g ‘uzlar ham, boshqird, qorachoy-bolqor, makedonlar, ta- 
tar va chuvashlar ham tushunilgan. “0 ‘zbekiyon” etnik nom emas, balki 
qabilalar uyushmasi nomini ifodalagan, aniqrog‘i, hududiy birlikning 
nomi. 0 ‘zbek xalqining kelib chiqishi haqida taniqli ms olimi akade- 
mik A.Yu.Yakubovskiy to‘g ‘ri va ishonchli dalilni aytgan. U 1941-yili 
“0 ‘zbek xalqining yuzaga kelishi masalasi haqida” nomli kitobchasi- 
da “Bironta xalqning vujudga kelishi sharoitini uning nomi tarixidan 
farq qilish zarur” degan nuqtai nazari o‘zbek xalqining etnik ildizlari 
“o ‘zbekiyon”dan boshlab emas, balki ancha ilgari - xunlar, ulardan ke­
yin qadimgi turkiylarga borib taqalishini isbotlaydi. Qolaversa, bugun­
gi kunda ayrim olimlaming turkiy va so‘g ‘diy qabilalar bugungi o ‘zbek
85Наджип Э.Н. Культура и тюркоязычная литература Мамлюкского Египта XIV века. Тур- 
кистон, 2004, 44-6.
224


xalqiga zamin bo‘lgani haqidagi qarashlar odamni ajablantiradi. Axir, 
buguni 0 ‘zbekistonning bir necha o ‘lkalaridan turkiy-run yozuvlarining 
topilgani o‘zbek xalqining etnik jarayonida so‘g ‘dlar emas, turkiy qavm­
lar asosiy zamin bo‘lganini isbotlab turibdi.
Oltin 0 ‘rda juda katta hududni - shimoli-sharqda Bulg‘or viloya- 
tini, shimolda rus knyazliklari yerlarini o ‘z ichiga olgan; janubda Qrim 
va uning dengiz bo‘yidagi shaharlarini, Darbandgacha cho‘zilib ket­
gan Kavkaz, hatto Bokugacha bo‘lgan joylami, shuningdek, Shimoliy 
Xorazmni qamrab olgan. G ‘arbiy hududi Dnestrdan boshlangan dasht 
o‘lkalar, sharqda - G‘arbiy Sibir va Sirdaryo etaklarigacha shu davlat- 
ga qaragan.86 Chingizxon saltanati yiqilgandan keyin Kaspiydan tortib 
Oltoygacha bo‘lgan o ‘lkalarda Chig‘atoy ulusi tashkil topdi. Agar Oltin 
0 ‘rda davlatining etnik tarkibiga nazar tashlasak, bu davlat hududidagi 
asosiy aholi turkiy qavmlardan tashkil topganiga amin bo‘lamiz. Shu sa- 
babdan “Oltin 0 ‘rda qandaydir bir xalqning normal rivojlanishi asosida 
tashkil topgan davlat emas, balki birovlaming yerini zo‘ravonlik bilan 
bosib olish orqasida vujudga kelgan sun’iy bir davlat bo‘lgan edi” 

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish