O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

Savol va topshiriqlar
1. Mif deb nimaga aytiladi?
2. Miflarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillami ayting.
3. Afsonaning mifdan farqli jihatlarini ayting.
4. Ibtidoiy jamiyatda mifning xususiyatlari nimadan iborat?
5. Tangri timsolining qadimgi turkiy yodgoriklaridagi vazifasini 
aytib bering.
6. Turk-budda mifologiyasi haqida qisqacha so‘zlab bering.
7. Umay kulti haqida ayting.
8. Mahmud Koshg‘ariy Umay kultini qanday tahlil qilgan?
18


Avesto
Reja.
1. “Avesto”ning paydo bo'lishi. Avesto yozuvi.
2. “Avesto”ning tiklangan rmsxasi.
3. Zardusht shaxsi va zardushtiylik ta’limoti.
4. Sharqqa zardushtiylikning kirib borishi.
5. Zardushtiylikning mohiyati.
6. “Avesto” va “Oltun yorug‘”da Xo‘rmuzd va Zervon obrazlari- 
ning umumiyligi.
7. “Rigveda” va “Avesto”ning qarindoshligi masalasi.
8. “Avesto” qismlari. Gohlar.
9. “Oltun yorug‘” va “Avesto”da Abadiy zamon tushunchasi.
10. Yasna.
11. Jamshid haqidagi afsona.
12. Vandidod. Jamshid haqidagi afsona davomi.
13. Yashtlar. Axura Mazda qasidasi.
14. Visparad.
15. “Kichik Avesto”.
Tayanch so‘z va iboralar; Zardusht, zardushtiylik, “Avesto”, fal-
safiy risolalar, sosoniylar sulolasi, “Avesto ”ning parokanda qismlari,
axloqiy qarashlar, qasida, madhiya.
“Avesto”ning paydo bo‘lishi. “Avesto” yozuvi. 
“Avesto” 0 ‘rta 
Osiyo tarixidagina emas, balki dunyo madaniyati tarixida muhim 
voqeadir.”Avesto” to‘g‘risida so‘z ketganda, albatta, Zardusht shax­
si to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Zardushtning ta’limoti “Avesto”ni yuzaga 
keltirdi.
Zardusht “Avesto ”ni qanday yaratgani to‘g‘risida turli rivoyatlar 
mavjud.13 Bu rivoyatlardan ma’lum bo‘lishicha, “Avesto” dunyo tarixi­
da ilk muqaddas kitob hisoblanadi. Beruniy bu asar to‘g‘risida shunday 
deydi: “Zardusht majusiylar “Abisto” (Avesto -N.R.) deb ataydigan ki­
tob bilan yuzaga keldi. Bu kitob barcha xalqlar tillariga muxolif bir til- 
da yozilgan...va hamma bilishi uchun u tildagi harflar soni hamma tillar
,3Bu haqda qarang: Abu Rayhon Beraniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar, Toshkent. 
“Fan”, 1968, 236-237-b.
19


harflaridan ortiq edi” 
(Beruniy. Yuqoridagi asar, 237-bet).
Beruniy bu 
o‘rinda “Avesto” tilidagi undoshlami anglatish uchun qo‘shimcha bel- 
gilami, shuningdek, qisqa unlilami bildiruvchi belgilami ham nazarda 
tutgan.
Beruniy Zardushtning Sharqda mashhur bo‘lganiga oid dalillami 
keltiradi. U yozadiki, ibroniylar Zardushtni Ilyos payg‘ambarning sho- 
girdlaridan biri bo‘lganiga da’vo qiladilar. Yana rumliklar, yunonlar 
ham Zardushtni o‘zlariga yaqinlashtirib, turli dalillami keltirganini ham 
yozadi.
Beruniy “Avesto”ga oid dalillami o‘rganib, bu asaming asliyati va 
uning tuzilishi haqida ham dalillami bayon qiladi. “Podsho Doro ibn 
Doro xazinasida “Abisto”ning o‘n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan 
bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalami vayron qilib, ularda 
xizmat etuvchilami oidirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uc­
hun o ‘sha vaqtda beri “Abisto”ning beshdan uchi yo'qolib ketdi. “Abis- 
to” o‘ttiz 
nask
edi, majusiylar qo‘lida o‘n ikki 
nask
chamasi qoldi. Biz 
Qur’on bo‘laklarini haftiyak deganimizday, nask “Abisto” bo'laklaridan 
har bir bo'lakning nomidir” 
{Beruniy. Yuqoridagi asar, 237-bet).
Diqqatga sazovor tomoni shundaki, Zardusht qaysi o‘lkadan ekani 
va “Avesto”ni qayerda yozgani haqidagi bahslarga barham bermoqc- 
hi bo‘ldi. Zotan, Beruniygacha ham Zardusht shaxsi, zardushtiylik va 
“Avesto”ning yaratilishi haqida turli xalqlar orasida zid fikrlar bo‘lgan. 
Jumladan, ibroniylar, Zardusht Xarrondan bo‘lgan, Ilyosdan ta’lim ol- 
gan, u o ‘zining “Tug‘ilish kitobi”da bu haqda aytgan, deb da’vo qilgan 
edilar. Rumliklaming da’vosicha, Zardusht Mosuldan bo‘lgan. Yunon- 
liklar esa Zardushtni Siblon (Seylon) dan boMgan, “Avesto”ni o‘sha yer- 
da yozgan, deb aytadilar.
Beruniy esa “To‘g‘risi shuki, Zardusht Ozarbayjondan bo‘lgan”, 
deya o ‘z fikrini quyidagicha davom ettiradi: “Ehtimol, uning tug‘ilish 
haqidagi kitobida zikr qilishicha, u o‘z otasi bilan Xarronga borib, hik- 
matshunos Ilyosga uchragan va undan ilm istifoda etgan...” 
(Beruniy.
Yuqoridagi asar, 237-238-betlar).
“Avesto” Zardusht nomi bilan bog‘lansa-da, bu noyob asar bir davr- 
ning mahsuli emasligini ham ta’kidlamoq darkor. “Avesto” bir necha 
asrlar davomida shakllanib, yaxlit asar holiga kelgan. Bu jarayon dunyo 
madaniyati tarixida sinovlardan o‘tgan tajriba bo‘lib, “Avesto” ana shu 
tajribaning mahsullaridan biridir. Sharqda bu jarayonning namunalari
20


kuzatiladi. Qadimgi Xitoydagi falsafiy risolalar, Bibliya ham shakllan- 
ganda, ana shu yo‘lni - asrlar yo‘lini bosib o‘tgan.
“Avesto”ning tiklangan nusxasi. “Avesto”ni Iskandar kuydirib 
tashlagan ekan, bugungi kundagi mavjud nusxa qanday paydo bo‘lgan 
degan savol tug‘iladi. Bu tiklangan nusxa Sosoniylar sulolasi hukmron- 
ligining ilk yillarida paydo bo‘lgan.
Sosoniylar sulolasining ilk hukmdori Ardasher Bobakon o‘z saroyi- 
dagi Xirbadan nomli donishmandga “Avesto”ni qayta tiklash vazifasini 
topshitadi. Xirbadan bir qancha zardushtiy ulamolari bilan birga asami 
qayta yozib olib, qaytadan tartib beradi. Shunday qilib, hozirgi mavjud 
nusxa Sosoniylar sulolasi davrida shakllantirilgan. Shopur II davrida 
Ozarpod Mehrosin “Avesto”ning parokanda qismlarini to‘plab, asardagi 
ko‘plab nomlar, atamalami sharhlab, “Zand Avesto” nomli kitob yarata- 
di.14 “Zand Avesto”ni bu ulkan asaming sharhi va “Kichik Avesto” deb 
aytish mumkin. Bugungi mavjud nusxa 1278-yili ko‘chirilgan.
“Avesto”ning eng qadimiy qatlamiga ko‘ra, shunday xulosa chi- 
qarish mumkihki, zardushtiylik urug‘chilik jamiyatida - tabaqalashish 
boshlanganda va hukmron tabaqa o‘z hukmini o‘tkaza boshlaganda ya­
ratilgan.
“Avesto” faqat zardushtiylik oqimining muqaddas yodgorligi bo‘lib 
qolmay, Markaziy Osiyo xalqlarining ijodiy qobiliyati, og‘zaki ijodi, 
c’tiqodi va dunyoqarashining mahsuli hamdir.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish