O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

Turkiy mifologiyada Umay kulti. 
Bitiktoshlaming mifologik tizi- 
mida Umay kulti ham bor. Bu kult onalami va bolalami himoya qiluvchi 
iloh. Qadimgi turkiylarda Tangri (xudo)ning umr yo'ldoshi deb tasawur 
qilingan. 
Tangri, Umay, iduq yir sub basa barti arinch
(To‘n., 38) — 
Tangri, Umay, muqaddas yer-suv mag‘lub qilib bergan, shekilli.
Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘atit-turk” asarida Umay haqida 
to‘xtalib, quyidagicha izohlaydi: “umay - yo‘ldosh; (tuqqan xotinlar 
qomidan chiqadigan narsa). Uni bolaning qomidagi hamrohi - yo‘ldoshi 
deyiladi. Shunday maqol ham bor: Umayqa tabinsa, o‘g‘ul bo‘lur - kim- 
ki Umayga xizmat qilsa, u o‘g ‘il ko‘radi, demakdir. Xotinlar yaxshilik 
kutadilar”. Mahmud Koshg‘ariyning Umay haqida bergan ma’lunioti 
shundan iborat. Qadimgi davrlardan tortib XX asming boshlariga qa- 
dar Umay bolalami asrovchi iloh sifatida turkiy xalqlar orasida ya- 
shayvergan. Ayrim turkiy xalqlar mifologiyasida, masalan, xakas, shor, 
beltir xalqlarida 
Imay
tarzida ham qo‘llanadi. Mahmud Koshg‘ariyning 
ko‘rsatishicha, tubutlar onani 
uma
deb aytar ekanlar, shuningdek, uyga 
kelgan mehmonni ham uma der ekanlar 
(Devonu lug'atit-turk, 1 jild,
118-bet). Umay/lmay
kultining ma’no va vazifalari ко‘p. Shu bois ayrim 
olimlaming, Umay eron mifologiyasida Xumoydan kelib chiqqan, degan 
fikrlari o ‘zini oqlamaydi. Xumoy qushi soyasini insonga solganda, inson 
baxtli bo‘lar ekan. Umay kulti Sibir turkiy xalqlarida keng ma’noda ish- 
latiladi. Umay bu xalqlarda faqat bolalami himoya qiluvchigina emas, 
balki bolalaming jonini oluvchi sifatida ham talqin qilingan.12
Turk-budda mifologiyasida Umay kultining turkiy yozma yodgor- 
liklaridan va udumlaridan keskin farq qiladigan jihatlari bor. “Oltin 
yorug‘”da buning namunasini ko‘ramiz. Buddaviylik aqidasiga ko‘ra, 
“qayta tug‘ilgan” jonzotlar, shu jumladan, insonlar ham, bo‘disatvga 
aylanadilar, ya’ni komil bo‘ladilar. Jonzotlaming hammasi bu jarayon- 
ni bosib o‘tishlari kerak. Zervan jonzot bolalariga quyidagicha uqtira-
12Потапов Л.П. Умай - божество древних тюрков. Тюркологический сборник, 1972, Глав­
ная редакция восточной литературы, М.: 1972, 275-6.
17


di: “(Ey)olamni, yeru suvni muhofaza etuvchilar! Sizlar shuni bilinglar: 
foyda, manfaat keltirgani jamiki jonzotlar bolalariga, el-ulusga boshchi- 
lik qilish qonuni bilan so‘ragan bo‘lsangizlar, ijozat bering, uni endi men 
(sizlarga) aytayin. Diqqat bilan eshitinglar: (jonzotlar) ilgari qilgan yaxs- 
hi ishlar tufayli Tangri zaminida tug‘ilganda Tangri xoni bo‘ladilar. Qac- 
honki qayta tug‘ilib, insonlar orasiga tushganda, insonlar xoni bo‘ladilar. 
Hukmronlik qiluvchi o‘z qudrati, irodasi bilan jamiki jonzotlar(ni) birga- 
likda muhofaza qiladilar. Shundan keyin xavf-xatarsiz ona qomiga kira- 
dilar. Qachon kirsalar ona qomiga, Umay onaday u yerda ham tangrilar 
muhofaza qiladilar. Tug‘ilsa, ham insonlar (orasi)da -insoniyat yerida 
ko‘p izzat-hurmatli bo‘lmoqdan uni Tangri deb aytadilar” (V I11 28a/20- 
28b/21).
“Oltin yorug‘”dan keltirilgan bu parchada Umay ona kulti diqqat- 
ga sazovor. Garchi “Oltin yorug‘” sanskritchadan xitoychaga va xitoyc- 
hadan qadimgi turkiyga tarjima qilingan bo‘lsa ham (IX asr oxirida), 
Umay kulti tarjima jarayonida kiritilganini ta’kidlash darkor. Parchadagi 
Umay ona kulti buddaviylikning aynan “qayta tug‘ilish” aqidasiga mos- 
lashtirilgani uchun uning yana bir xususiyati namoyon boigan. Umay 
ona “Oltin yorug‘”da “qayta tug‘iladigan”lami muhofaza qiluvchi iloh 
deb talqin qilingan.
Umuman olganda, qadimgi turkiy miflarning ildizlari juda ko‘hna, 
ishonchli manbalarda saqlangani bilan diqqatga sazovor. Qolaversa, tur­
kiy miflar o‘zlikni anglashning bitta omili, shu bois bu miflar ajdodlari- 
mizning ma’naviy hayotida muhim rol o'ynagani shubhasiz.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish