106
sifatida koʻrsatadi. U oʻzining gʻoyalar haqidagi qarashlaridan kelib chiqqan
holda ideal davlat ta‘limotini ishlab chiqadi. Aflotunning ideal davlatida
faylasuflar davlat boshqaruvi, harbiylar uning himoyachisi,
qolganlar esa
kundalik moddiy ehtiyojlarni ta‘minlash bilan shugʻullanadilar. Aflotun
davlatida tartib va qonun ustuvor boʻladi. Aflotunning soʻnggi asari
―Qonunlar‖ deb ataladi.
Aflotunning shogirdi, qomusiy olim va faylasuf Arastu (mil. av. 384–
322) Aflotun ta‘kidlagan gʻoyalar narsalarning ulardan ajralmagan shakli
ekanligi toʻgʻrisidagi qarashni ilgari suradi.
Arastu fikricha, gʻoyalar
narsalardan alohida mavjud emas. Arastu shakl materiyani voqe‘likka-
konkret narsaga aylantiradi deb ta‘kidlaydi. Arastu toʻrt turdagi sababni tan
oladi: 1. Materiya sabab – narsalar undan tashkil topadi. Aniqrogʻi u
narsalarning xomashyosi – substrati sanaladi. 2. Shakl sabab-narsalarning
gʻoyasi-mohiyatini anglatadi. 3. Harakat sabab – harakatning manbaini
anglatadi. 4. Maqsad sabab – ―nega?‖, ―nima uchun‖ singari savollarga javob
boʻladi. aniqrogʻi, narsa hodisalarning nima uchun mavjudligini bildiradi.
Falsafa tarixida Arastu falsafasi uch qismga boʻlib oʻrganiladi. Ular: bilish
haqida bilim berishni nazarda tutadigan nazariy falsafa (―Metafizika‖ asarida
bayon qilingan), inson haqida bilim berishni nazarda tutadigan amaliy
falsafa(―Siyosat‖ va ―Axloq‖ asarlarida bayon qilingan), ijod jarayoni haqida
bilim berishni nazarda tutadigan ijod falsafasi(―Poetika‖ va ―Ritorika‖
asarlarida bayon qilingan). Shuningdek, Arastuning ―Fizika haqida‖, ―Osmon
haqida‖, ―Hayvonlarning qismlari haqida‖, ―Ruh haqida‖ singari tabiiy-ilmiy
masalalarni tushuntirishga qaratilgan asarlari ham mavjud.
Ruhni hayotning
boshlanishi deb hisoblagan mutafakkir uning uch darajasini ajratib koʻrsatadi.
Unga koʻra ruh oʻsimlik ruhi, hayvon ruhi va aqlli ruh kabi darajalardan
tashkil topadi. Arastuning ijtimoiy-siyosiy qarashlari uning ―Siyosat‖ nomli
asarida bayon qilib berilgan. Faylasufning ta‘kidlashicha, siyosat bu aqlga
muvofiq qurilgan davlatchilik hayoti haqidagi ta‘limotdir. Arastu insonni
boshqalar bilan birgalikda yashashga moyil siyosiy hayvon,
ijtimoiy
mavjudot sifatida ta‘riflaydi. U davlat oila, qishloq singari dastlabki ijtimoiy
birlashmalardan tabiiy yoʻl bilan kelib chiqqan deb hisoblaydi. Mutafakkir
davlat boshqaruvining monarxiya, aristokratyai, politiya shakllarini toʻgʻri,
tiraniya, oligarxiya, demokratiya kabi koʻrinishlarini esa notoʻgʻri deb
hisoblagan. ―Nikomax etikasi‖ asarida axloqiy qarashlarini tushuntirib
bergan Arastu bu borada oltin oʻrtalik gʻoyasini ilgari suradi. Arastu formal
mantiqning asoschisi sanaladi. Arastu falsafasidan
keyin fan bilimga
mantiqiy tushunchalar vositasida erishish yoʻli sifatida tushinila boshlandi.
Arastu bilan Yunon falsafasining mumtoz davri oʻz nihoyasiga etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: