Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Xristianlik va Avreliy Avgustin falsafiy ta’limotining vujudga



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Xristianlik va Avreliy Avgustin falsafiy ta’limotining vujudga 
kelishi.
Etuk patristika davridagi lotin tilida ijod etgan yirik namoyandalardan 
biri bu, shubhasiz, Avreliy Avgustindir (354–430-yillar). Uning ―Tavba‖ 
asari hamda Possidyumning unga bagʻishlangan biografik asarlari Avgustin 
haqidagi ma‘lumotlarning asosiy manbai sanaladi. Avreliy Avgustin 354-yil 
13-noyabrda Afrikaning Tagast shahridagi rimliklar oilasida tavallud topgan. 
U uncha badavlat boʻlmagan, biroq nufuzli va ma‘rifatli oilada voyaga etadi. 
U boshlangʻich bilimlarni Tagast va qoʻshni shahar Madavrda oladi. 
Oʻgʻlining an‘anaviy lotin mumtoz adabiyotidan tahsil olishi va notiqlik 
san‘atini egallashini istagan otasi Avreliyni 370-yilning kuzida mahalliy oliy 
ta‘lim markazi boʻlgan Karfagen shahriga yuboradi. Avgustin u erda 372–
373-yillar Sitseronning ―Gortenziy‖ dia‘logini katta qiziqish bilan mutolaa 
qiladi. Haqiqat izlab, muntazam falsafa bilan mashgʻul boʻlgan Avgustinning 
qalbida ushbu asar keskin burilish yasa‘ydi: ―Birdan koʻnglimda behuda 
umidlar bosh koʻtardi, men bu bezovtaligim bilan abadiy donishmandlikka 
erishishni istardim‖ (Avgustin. Tavba, III, 4, 7). Haqiqatga etishish 
maqsadida u dastlab, moniylik (215–277-yillar Moniy asos solgan) e‘tiqodini 
qabul qiladi. Avgustin toʻqqiz yil mobaynida moniylikning kuchli ta‘siri 
ostida boʻladi. (Tavba, II, 6 -7). 384-yilda Avgustin Mediolan shahriga 
koʻchib oʻtadi. Bu erda u mashhur xristian ilohiyotchisi va namoyandasi 
mediolanlik Amvrosiy (340-397 yillar) bilan uchrashadi va bu uchrashuv 
uning hayotida katta ahamiyat kasb etadi. Aynan mediolanlik Amvrosiy bilan 
uchrashgan vaqtlarda Avgustin falsafa bilan mashgʻul boʻlib, falsafani 
skeptitsizm hamda moniychilikdan afzal degan fikrda edi. Oʻz-oʻzini taftish 
etish va choʻqintirilishga hozirlik koʻrish maqsadida onasi va yaqin doʻstlari 
hamrohligida u Mediolan yaqinidagi joy - Kassiatsin deb atalgan Yer 
mulkiga koʻchib oʻtadi. 386-yili, qariyb yarim yil mobaynidagi doʻstlari bilan 
yozishmalari 
natijasida 
Avgustin 
oʻzining ilk falsafiy asarlari: 
―Akademiklarga raddiya‖, ―Tartibot haqida‖, ―Farovon hayot haqida‖, 
keyinchalik ―Ruhning abadiyligi haqida‖ dia‘loglarini hamda ―Monolog‖ 
nomli asarlarini nihoyasiga etkazadi.
387-yilning bahorida Mediolan shahriga qaytgach, u Amvrosiy 
tomonidan choʻqintiriladi. 387-yili onasining oʻlimidan soʻng boshiga 
tushgan kulfatga qaramay, Rimga yoʻl olib, u erda ―Erkin tanlov haqida‖ 
dialogini hamda ―Moniylar axloqi‖ deya nomlangan traktatini yozadi. 


116 
Ehtimol, aynan shu vaqtlar uning koʻnglida kelajakdagi hayotini cherkov 
xizmatiga bagʻishlash istagi tugʻilgan boʻlsa ajab emas. 388-yilning kuzida u 
Tagast shahriga qaytadi va meros qolgan uyini sotib, pulini kambagʻallarga 
ulashadi. Doʻstlari bilan zohidona hayot kechirishi uchun esa boshpana 
sifatida kichkina bir uyni olib qoladi. Tagastda yashagan paytlarida ―Ustoz 
haqida‖, ―Musiqa haqida‖, ―Moniylar axloqi‖ kitobining ikkinchi jildi, 
―Ruhning miqdori haqida‖ kabi asarlarini yozadi hamda dialog uslubida 
yozilgan ―Erkin tanlov haqida‖ traktati ustida keng qamrovli ishlarini davom 
ettiradi.
Asta-sekinlik bilan Avgustin Tagast va uning atrofidagi shaharlarda 
shuhrat qozona boshlaydi. 390-yilning oxirida Gippon shahri axolisining 
iltimosi bilan episkop Valeriy Avgustinni ziyorat qiladi va oʻz navbatida, 
Avgustin ham Gippon shahriga mehmon boʻladi. Avgustin 395-396-yilning 
qishida ogʻir xastalikdan vafot etgan Valeriyning oʻrniga Gippon shahri 
episkopligi lavozimini qabul qiladi. U umrining oxirigacha shu lavozimda 
faoliyat koʻrsatadi. Avgustin episkoplikning birinchi yilida muhim 
asarlaridan biri ―Xristian dini haqida‖ traktati ustida ish boshlaydi hamda 
moniylikka qarshi ruhdagi ―Favsta‘moniylikka raddiya‖ asarini yakunlaydi. 
Shuningdek, shu yillarda ―Din haqiqat‘i toʻgʻrisida‖, ―Rimliklarga kelgan 
ba‘zi sharoitlarning tahlili‖, ―Sakson uchta turli savol‖, ―Erkin tanlov haqida‖ 
dialogi yozib tugatiladi. Bundan tashqari, Avgustinning birlamchi 
gunohkorlik nazariyasini aks ettiruvchi ―Simpliyatsinga bir qancha savollar‖ 
traktati ham yakunlanadi. 397-401-yillar Avgustinda 12 jilddan iborat 
oʻzining eng mashhur asari - ―Tavba‖ni yozib tugatadi. Taxminan 399-yilda 
u muhim nazariy ahamiyatga ega boʻlgan hamda katta tanaffuslar bilan 
yigirma yil davomida yozilgan ―Troitsa‖ (―Uchlanganlik‖) deya nomlangan 
traktati ustida ish boshlaydi. 401-414-yillarda Avgustin oʻzining eng yirik 
ijod namunalaridan biri – 12 jilddan iborat ―Borliq kitobiga sharhlar‖ nomli 
asarini yozadi. Avgustin umrining soʻnggi yigirma yilini ikki fundamental 
masalaning yechimiga bagʻishlaydi: ulardan birinchisi 410-yilda Rimga 
hujum qilgan vestgot Alorixabilan urush natijasida toʻplangan ma‘lumotlar 
ta‘sirida yozilgan ―Ilohiy shahar haqida‖ mashhur asar ustida ish olib borish 
boʻlsa, ikkinchisi - ―Ilohiyotchi Pelagiyning birlamchi gunohkorlik haqidagi 
muhokamalari‖ edi. Pelagiyning ta‘kidlashicha, Odam Ato qilgan gunoh 
avlodlarga tarqalmaydi, gunoh – bu nasliy tavqila‘nat emas, balki har bir 
insonning erkin tanlovi oqibatida sodir etiladigan harakatdir. Shuningdek, 
insonga gunohdan xalos boʻlishda qandaydir gʻayritabiiy kuchlar emas, oʻz 
ezgu tabiati koʻmak beradi. Oddiy inson oʻz ezguligini zohidlik va taqvo 
yordamida topadi. 414–430-yillarda yozilgan koʻplab asarlari bilan Avgustin 
Pelagiyning fikriga qarshi oʻlaroq, oʻzining gunohkorlikning tabiati, ilohiy 
marhamat-inson irodasi hamda gʻayritabiiy kuchlar ekanligini bayon qiladi. 
Avgustin umrining soʻnggi yillarida toliqish va tobora kuchayib borayotgan 


117 
zaiflikni his qiladi. U keksalik tufayli episkoplikning ogʻir vazifalari va 
koʻplab traktatlar yozish bilan birdek mashgʻul boʻlishga qiynalardi. 426-
yilda u qolgan umrini ilmiy mashgʻulotlarga bagʻishlash maqsadida 
episkoplik lavozimidan voz kechadi. Nihoyat, shu yillari ―Xristianlik 
ta‘limoti haqida‖ va ―Ilohiy shahar‖ traktatlarini yozib tugatadi. Shuningdek, 
oʻlimi oldidan oʻzi oʻta muhim deya hisoblagan ayrim asarlariga tuzatish va 
qoʻshimchalar kiritadi. Shu tarzda uning koʻp yillik izlanishlarini 
xulosa‘lovchi ikki jilddan iborat ―Tahrir etilganlar‖ deya nomlangan traktati 
dunyoga keladi.
430-yilning yozida Gibraltar boʻgʻozini kesib oʻtgan vandallar armiyasi 
Gippon shahriga kirib keladi. 430-yilning avgust oyida Avreliy Avgustin 
Gippon shahrida vafot etadi.
Avgustin uchun bilish yoʻli – bu e‘tiqod orqali xudoga eltuvchi aql 
yoʻlidir. Bilish hissiy sezgilardan boshlanganidek, xudoni bilish ham uning 
yaratgan narsalarini anglashdan boshlanadi. Bu xuddi haqiqatga zinalar orqali 
koʻtarilayotganga oʻxshaydi (O Troitse, XV, 6, 10). Shu bilan birga, bilim 
sezgilar mujassam boʻlgan refleks va idrok oqibatida shakllanadi. Oʻz 
navbatida, aql oʻz-oʻzini muhokama etadi va uning mavjudlik qudrati 
bevosita unga ayondir. (O svobodnom proizvolenii, II, 6, 13 – 8, 24). 
Avgustinning ayni qarashlari Dekartning mashhur ―Men fikrlayapman
demak, men mavjudman‖ tezisini esga soladi. Biroq bu Avgustinda 
boshqacharoq: ―Men shubha yoki xato qilyapman, demak, men mavjudman‖ 
shaklida namoyon boʻladi. (O svobodnom proizvolenii, II, 3, 7; Monologi, 
II, 1, 1; Ob istinnoy religii, 39, 73; O Troitse, X, 10, 14; O Grade Bojiem, XI, 
26). 
Aql haqiqiy borliqning asosiy harakterli jihati – bu uning 
oʻzgarmasligidir. Avgustinga koʻra, xudo mutlaq yakkalik boʻlib, ―Troitsa‖ –
―Uchlanganlik‖ esa uning turli holda namoyon boʻlishidir. U substansional 
birlik boʻlib, bir vaqtning oʻzida uch qiyofada aks etadi.
Avgustinning ta‘kidlashicha, inson ―dunyoviy va oʻlimga mahkum 
tanadan foydalanuvchi aqlli ruh‖ (O nravax manixeev, I, 27, 52), aniqroq 
qilib aytganda, ―ruh va jismdan iborat aqlli mavjudot‖ (O Troitse, XV, 7, 11). 
―Aql, – deya ta‘kidlaydi Avgustin, – inson shaxsiyatidagi ilohiy 
uchlanganlikni anglaydi, iroda uni yoʻnaltiradi, xotira esa uni qamrab oladi. 
Shu tarzda insondagi oʻz-oʻziga aynanlik saqlanib qoladi (Tavba, I, 20, 31). 
Borliqni mavjud oʻzgarmas haqiqatga aynan deguvchi qator tasavvurlarni 
(olam gʻoyasi), shuningdek, olam tartiboti haqidagi qarashlarni va ezgulik 
boʻlmagan narsa bu 
yovuzlikdir, 
degan tushunchalarni 
Avgustin 
neoplatoniklarning ta‘limotidan oʻzlashtirgan. U qoida sifatida shuni 
ta‘kidlaydiki, ―har bir inson yaxshi ham, yomon ham boʻlishi mumkin‖ (O 
svobodnom proizvolenii III, 13, 36; sr. ―Nafaqat olam tartibotini buzuvchi
balki unga bevosita yondosh boʻlgan mavjud narsalarni ham yovuzlik deb 


118 
atash mumkin‖ (O svobodnom proizvolenii, III, 9, 25; O Grade Bojiem, XI, 
18 – 19). Biroq Avgustin koʻproq, ―Axloqiy yovuzlik‖ tushunchasiga e‘tibor 
qaratgan. Oʻzining ilk asarlari, ayniqsa, yirik dialogi – ―Erkin tanlov haqida‖ 
(388–395-yillar) asarida Avgustin yovuz iroda olamdagi barcha yovuzliklar 
va baxtsizliklarning manbai degan nuqtayi nazarni ilgari suradi. Shaxsning 
axloqiy erkin tanlov prinsipi shundan iboratki, shaxs ongli tarzda oʻz hatti-
harakatini ezgulikka boʻysundirmogʻi kerak; Oliy adolat har kimga haqli 
hukm qiladi.
Avgustin ilohiy tarixni siklik emas, balki ilohiy ragʻbat gʻolib chiqib, 
insoniyat mukammal axloqqa ega boʻlib, ―gunoh qilmaydigan‖ holatga 
etmaguncha davom etuvchi pogʻonama-pogʻona harakat, deya tasavvur 
etgan. Avgustin dunyoviy davlatni, oʻz manfaatini koʻzlab umumiy kelishuv 
asosida tashkil topgan kishilar jamoasi, deya ta‘riflaydi. Jamiyatni koʻzga 
koʻrinmas ilohiy shahar yoki cherkov boshqaradi. Dunyoviy yoxud shaytoniy 
shahar – bu axolisi kibr-u havo bilan yashovchi shahardir. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish