Antik falsafada Geraklit, Demokrit falsafasi xususiyatlari.
Efeslik
Geraklit (taxminan mil. av. 544–483) olovni olam substansiyasi deb bilgan.
mutafakkir butun olam va undagi alohida narsalar olovdan kelib chiqqanligi
107
gʻoyasini ilgari suradi. Geraklit butun olam doimiy harakat va oʻzgarishda
ekanligini ta‘kidlaydi. Mutafakkirning mazkur qarashi uning oqib turgan
daryoga ikki marta tushib boʻlmaydi degan, mashhur hikmatida ham yaqqol
koʻrinib turadi. Geraklit ta‘limotidagi logos tushunchasi butun olamni
tartibga soluvchi qonunni anglatadi. Geraklit falsafa tarixida sodda dialektika
usuliga asos solgan boʻlib, uning fikricha, logos borliq asosi va dialektik
qonunidir. Bir narsa turlicha: dengiz suvi ham toza, ham ifloslangan: baliqlar
uchun hayot manbai, ichimlik suvi. Odamlar uchun zaharli va ha‘lokatli.
Muhim oʻzgarish–bu qarama-qarshisiga aylanish, qarama-qarsxilarning
mohiyati birining ikkinchisi orqali aniqlanishida. Masalan, sogʻliqning qadr-
qimmati kasalga chalinganda bilinadi. Geraklit fikricha qarama-qarsxiliklar
kurashi barcha narsaning otasi, barcha narsalar ustidan hukmron kurash
zaruriyat tufayli paydo boʻladi.
Bilish masalalariga murojaat qilib, Geraklit hissiy va ratsional bilishni
ajratadi. Hissiyot, uning fikricha, foydadan xoli emas, ayniqsa koʻrish va
eshitish juda ahamiyatlidir. Lekin bilishning oliy maqsadi – logosni anglash
va shu tariqa dunyoning oliy birligini anglash hamda oliy donishmandlikka
erishishdir. ―Donishmandlik belgisi menga emas, balki barcha bir narsa
(birlikda) deb biladigan logosdadir‖. Biroq logosni bilish oson emas, buning
sabablari koʻp, xususan tabiat yashirinishni yaxshi koʻradi. Bundan tashqari,
―koʻpchilik odamlar hayvonlar singari keragidan ortiqcha toʻyib ketgan‖.
Shuningdek, ana shu koʻpchilikning ustozlari: Gomer ham, Gesiod ham,
boshqa xalq kuychilari ham logosni bilishga xalaqit berishadi. Koʻpchilik
odamlar nimaga toʻqnash kelishayotganlarini ham bilishmaydi. Koʻp narsani
bilish aqlli boʻlishga oʻrgatmaydi. U olamning yaxlit manzarasini oʻrnatishga
olib kelmaydi, unga faqat logosni (barcha bir narsa ekanligini) bilish
orqaligina
erishish
mumkin.
Demak,
Geraklit
fikricha,
logosni,
donishmandlikni dunyoning birligini bilish hammaga ham nasib etavermaydi.
Lekin odamlar tabiatan aqllidir. ―Fikrlash barchaga xos‖, ―Barchaga oʻzini
bilish va mulohaza yuritish qobiliyati berilgan‖, ―Logos barchada mavjud‖
1
.
Geraklit axloqiy qarashlarida odamlarni tabiatan bir-biriga teng deb
hisoblashga moyil. Biroq ularning amalda teng emasligi aniq. Buni ular
manfaatlarining teng emasligi oqibati deb biladi . Koʻpchilik logos boʻyicha
emas, xohishlari boʻyicha yashaydilar. Bunday kishilar hayoti – ―bolalar
oʻyini‖. Ular oʻz xohishlari hukmronligi ostidadir. Odamlar eshaklar singari
somonni oltindan afzal koʻradilar. Vaholanki, baxt tana ehtiyojini
qondirishda emas, balki oʻy-fikr yuritishda, ―haqiqatni aytish va tabiat
qonunlariga quloq solgan holda, ularga mos ravishda xatti-harakat
qilishdadir‖
2
.
1
Чанышев А.Н. Курс лекций по деревней философии.,М.:Высшая школа,1981.-С.137
2
Антология мировой философии.Т.1,Ч.1-С.280
108
Siyosiy qarashlarida Geraklit faqat nasli boʻyichagina emas, balki ruhi
boʻyicha ham aristokratdir. Uningcha, eng munosib odamlar bir narsani –
oʻluvchi narsalarni shon-shuhratga ega deb biladilar. Bunday odamlar
logosga muvofiq tarzda hayot kechiradilar va ular ozchilikni tashkil qiladilar.
Unday odamlar bebaho, ular ―logos boʻyicha emas, oʻz xohishlari boʻyicha
yashayotgan oʻn minglab odamlar oʻrnini bosadi‖
1
. Geraklit bitilgan qonunlar
tarafdori (u davrdagi aristokratiya mavjud urf-odatlarga taya‘nib ish tutgan).
―Xalq qonun uchun xuddi oʻz uyini himoya qilganidek kurashishi kerak‖
2
.
Uning ta‘kidlashicha, insoniyatga tegishli qonunlar yakka – ilohiyotdan
oziqlanadi.
Geraklitning
jon
toʻgʻrisidagi
ta‘limotida
mifologiya
elementlariayniqsa koʻp. Geraklit aytadi: ―Oʻlim – biz uygʻongandan keyin
koʻradigan narsadir‖, ―inson oʻlayotganda tunda oʻzi uchun olov yoqadi.
Uning koʻzi oʻchgan boʻlsa-da, oʻzi tirikdir‖
3
. Geraklit ta‘kidlashicha,
Quyosh–tirik jon, unga adolat xudosi Dikl va uning xizmatkori Erina qarab
turadi. Ular quyoshning me‘yordan chiqib ketmasligiga qarab turadilar.
Geraklit ta‘limoti ioniyadagi falsafiy fikr rivojining dastlabki natijalari
yakuni deb baholanishi mumkin. Uning muhim natijalari qatoriga borliqni
Yagona va Koʻplik birligida olib tushuntirishi, harakatning qonuniyligi va
universalligi gʻoyasining asoslanishi, garchi sodda koʻrinishda boʻlsada
dialektikani naturalizm, stixiyali materializm bogʻlashga boʻlgan
urinishlarni kiritish mumkin. Falsafiy fikrning Qadimgi Gretsiyadagi keyingi
rivojida mazkur gʻoyalar va yondashuvlar mukammallashib bordi.
Demokrit (mil. av. 460 –370) birinchilardan boʻlib borliqning atomlar -
boʻlinmas zarrachalardan tashkil topganligi toʻgʻrisidagi qarashni ilgari
surdi. Demokrit hayoti toʻgʻrisida bir qancha yarim afsonaviy rivoyatlar
saqlangan. Taniqli zotdan boʻlib, katta merosga ega boʻlib qolgan Demokrit
barcha boyligini ilmiy safarlarga sarflaydi. Bu davrda Abderda otadan
qolgan merosni bemahsul ishlarga sarf qilish jinoyat hisoblanardi va
shuning uchun ham Demokritning ishi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatiladi.
Lekin Demokrit ilmiy safarlarda yiqqan bilimlariga suya‘nib yozgan
asarlarini oʻqib beradi va jazodan qutilib qoladi. Alloma Bobil, Fors davlati,
Hindiston
va
Misrga
sayohat
qilgan,
olimlar,
magiya
bilan
shugʻullanuvchilarga shogird boʻlib tushgan. Demokrit V asr oxiri IV asr
boshida vafot etgan. Demokrit Levkippning shogirdi boʻlgan. Bu davrda
Abderda Sofist Protagor, naturalist va shifokor Gippokratlar yashagan.
Levkipp va Demokritning naturfalsafiyva falsafiy qarashlarining
asosini jismlarning boʻlinmas zarrachalarining mavjudligi toʻgʻrisidagi
1
Чанышев А.Н. Курс лекций по деревней философии.,М.:Высшая школа,1981.-С.138
2
Антология мировой философии.Т.1,Ч.1-С.280
3
Чанышев А.Н. Курс лекций по деревней философии.,М.:Высшая школа,1981.-С.138
109
farazlari tashkil etadi. Bunday son-sanoqsiz zarrachalarni, ya‘ni atomlarni
(atomos- boʻlinmas, qismlarga kesilmaydigan) mutloq zich va havosiz
boʻlgani uchun boʻlinmaydigan zarrachalar deb hisoblashgan. Demokritning
fikricha, doimiy harakatda boʻlgan atomlar bir-birlaridan faqatgina shakli,
joylashishi, tartiboti, hajmiga koʻra farq qiladi. mutafakkirning gnoseologik
ta‘limotida hissiy bilish bizga mavhum bilim berishi, aniq bilimlarga esa
faqat aqliy mushohada orqali erishish mumkinligi gʻoyasi markaziy oʻrin
tutadi. Mutafakkir narsalar rang, tam, hid, kabi sifatlarga ega emas, ular
atomlarning sezgi a‘zolarimizda qoldirgan taassurot mahsuli deb ta‘kidlaydi.
Havo atomlar hosil qiladigan jismlarda boʻladi va ular ana shu
havoda harakatlanishadi. Atomlar bir-biridan 1) shakli, ya‘ni tashqi
koʻrinishi; 2) oʻlchamlari; 3) holati va 4) tartibi bilan farq qilinadi
1
.
Boʻshliqdagi harakati jarayonida atomlarning ba‘zilari bir-birining ustidan
sakrab oʻtib ketishadi, boshqa bir xillari tarqalishib, oʻralishib ketishadi
(shakli mos kelganda) va murakkab jismlarni paydo qilishadi. Levkipp va
Demokritlar fikricha borliqda atomlarning faqat sonigina emas, balki
koʻrinishlari, shakllari ham cheksizdir. Lekin ular (shakllar) koʻrinmaydi, his
etilmaydi. Simplitsiyning xabar berishicha atom shakllari soni shuning
uchun ham cheksizki, ―ular soni boshqasining sonidan hech qancha koʻp
emas‖.
Atomistik ta‘limot eleyliklar qoʻygan masala: borliq paydo boʻlishi
ham yoʻq boʻlishi ham mumkin emasmi degan savolning oʻziga xos
yechimi edi. aynii paytda Levkipp va Demokritlar eleyliklarning koʻplik
(toʻplam)ni, harakatni fikralab boʻlmaydi degan xulosasini inkor etadilar.
Levkipp va Demokritlar atomlar harakati sababi toʻgʻrisidagi masalani
qoʻyishmaydi. Buning sababi shundaki, ular harakat atomga avval
boshidanoq xos boʻlgan xususiyat deb hisoblashgan.
Atomistik ta‘limot kundalik tajribadagi hodisaga tayanadi. Bu hodisa:
qattiq jismning qisilishidan iborat. Teofrast bergan ma‘lumot boʻyicha
Levkipp va Demokritlar shunday fikr yuritishgan: agar atomlar oraligʻida
havo boʻlmaganda jismning hajmi Qisqarmagan boʻlar edi. Demak,
jismning qattiqligi yoki yumshoqligiga uning zichligi va siyrakligi mos
keladi, degan xulosaga kelganlar. Atomlar barcha yoʻnalishlarda harakat
qilishadi. Ana shuning uchun ham ular borliqda muayyan tartibni hosil
qilishi ham, yoki tartibsiz xaotik harakatda boʻlishi ham mumkin. (masalan,
quyosh nuri derazadan oʻtganda mayda zarrachalar chang ichida
harakatlanayotgandek boʻlib koʻrinadi.
Levkipp va Demokritning fikricha atomlarni har xil kattalikda boʻlishi,
koʻzga koʻrinmaydigan eng mayda zarracha va katta hajmdagi zarracha
koʻrinishida boʻlishi mumkin.
1
Қ
аранг:Антология мировой философии.Т.1.Ч.-С.324
110
Aristotel fikricha, Demokrit cheksiz katta miqdordagi mohiyatni –
boʻsh fa‘zoni mavjud deb hisoblagan. Lekin bundan xuddi shunday
kattalik, oʻlchamdagi atom ham boʻladi, degan xulosa chiqarmagan.
Demokrit atomni ―gʻoya‖ deb ham atagan, lekin uning jismli shakl,
jismli ―gʻoya‖ deb hisoblagan. (Platonda ―gʻoya‖- jismsiz shakl).
Atom – jismli gʻoya boʻlsa, u qanday moddiy sifatlarga ega, degan
savol paydo boʻladi. Bunga Demokrit atomlar his etiladigan sifatlarga hid,
rang, tovush, harorat kabilarga ega emas. Atomlar faqat fa‘zodagi shakli,
oʻlchami, holati, tartibi boʻyicha farqlanadi, bu sifatlar his etilmaydi. Sekst
Empirik Demokritning quyidagi soʻzlarini keltiradi: ―Shirin, achchiq, issiq,
sovuq va boshqalar faqat fikrda mavjud, borliqda esa faqat atomlar va
boʻshliq mavjud, xolos‖.
Shuni ham e‘tiborga olish kerakki, Atomistik ta‘limot vaqtining
cheksizligi toʻgʻrisidagi fikr bilan birga rivojlandi.
Moddiy boshlangʻich asos va vaqtning abadiyligidan atomistlar
tabiatdagi barcha predmetlar va hodisalarning zaruriyligini keltirib
chiqarishadi. Aesiy bergan ma‘lumotga koʻra, Demokrit (balki Levkipp) hech
bir narsa ―sababsiz paydo boʻlmaydi, biroq barcha narsalar qandaydir asos
va zaruriyatga koʻra vujudga keladi‖, deb ta‘kidlaydi. Demokrit fikriga
koʻra zaruriyat fizikaviy ma‘noga ega, u ―materiya‘ning qarsxiligi, harakati
va zarbasi‖. U ―girdob‖ni barcha narsalarning sababi deb biladi. Dunyodagi
hamma hodisalar zaruriyatga boʻysunadi. Olamda sababsiz paydo boʻladigan
hech narsa yoʻq va demak, tasodif yoʻq. Demokrit fikricha ―Kisxilar
oʻzining mulohaza yurita bilmasliklarini yashirish uchun tasodif oʻylab
topishgan.
Simplitsiy Demokritning tasodif toʻgʻrisidagi mulohazalarini quyidagi
misolda tushuntiradi; kal bosh chol ekin maydoni boʻylab yurib
ketayotganda, uning boshiga toshbaqa tushib ketadi va kalla suyagini
sindiradi. Sodir boʻlgan hol goʻyoki tasodifdek. Lekin aslida unday emas,
u zaruriydir, chunki burgut uning boshini tosh deb oʻylab toshbaqani tashlab
yuboradi. (toshbaqa toshga urilganda kosachalari sinib, goʻshti ajraladi,
burgut uni eyish uchun shunday qiladi). Bu - zaruriyat.
Demokrit tasodifni maqsadga muvofiqlikka qarama-qarshi qoʻyib
tushuntiradi. Uning fikricha, har bir narsa toʻgʻrisida u nima sababdan
paydo boʻldi, uning sababi nima deb, savol qoʻyish kerak. Bunda qanday
maqsadga koʻra paydo boʻldi deb savol qoʻyish oʻrinli emas. Demak,
Demokrit tasodifni sababsiz narsa deb emas, maqsadga muvofiqlikning
inkori deb tushuntiradi.
Demokrit yozadi : ―Boʻshliq va atomlar – materiyadir, yoki narsalar
sababidir‖
1
.
1
Ўша жойда-Б.322
111
Atomizmning yangiligi quyidagi ikki narsada: 1) borliqning cheksizligi
va 2) cheksiz dunyoviy fa‘zoda bir qatda yonma-yon yashayotgan
dunyolarning koʻpligi haqidagi ta‘limotidir. Levkipp va Demokritning
dunyoning cheksizligi toʻgʻrisidagi qarashlari boʻsh fazoning cheksizligi va
atomlarning cheksiz miqdorda ekanligidan kelib chiqadi.
Dunyolar sonining cheksizligini ular quyidagicha tushuntirishadi:
chegarasizlikdan ajralgan holda shakliga koʻra turli xil jismlar ―buyuk
boʻshliqda‖ harakatlana borib birgalikda yagona girdobni (vixr) keltirib
chiqaradi va jismlar unda bir-biriga urilib, parchalanib, aylanib,
oʻxshashlari oʻzaro qoʻsxilib, kattalashib muqim aylanadigan jismlar shakliga
kirishadi. Shu tariqa yupqa, nozik qismlar tepaga chiqishadi, ogʻirlari
markazda boʻlgan sharsimon birikmalar hosil qilishadi. Shu tariqa Yer paydo
boʻladi. Uyirmali harakat davomida Yer yuqori qobigʻidan ajralgan
zarrachalar muayyan koʻrinishga ega jismlarni osmon yoritgichlarini
keltirib chiqarishadi. Erga eng yaqin aylana Oy, eng uzoq turgan aylana –
Quyosh. Bular faqat bir dunyoni paydo qilishadi, qolgan dunyolar ham shu
tariqa yuzaga chiqishadi.
Atom toʻgʻrisidagi ta‘limotni Demokrit matematika sohasiga yoydi. U
matematik jismlarni (shar, konus, piramida) xuddi atomlar bir-biridan
boʻshliqda ajralib turgani kabi, bir-biriga yopishgan teksiliklardan tashkil
topgan deb tushuntiradi. Masalan, konus uning asosiga nisbatan koʻp
miqdordagi parallel aylanalardan tashkil topib, ularning radiusi konus yuqori
nuqtasi tomon kichrayib boradi. Ular shunchalik ingichkaki, sezgi organlari
bilan his etib boʻlmaydi.
Atomistik nazariyaga koʻra jismlarning boʻlinishi cheksiz davom
etmaydi, uning chegarasi bor, bu atomdir. Bu fikri bilan Demokrit Zenon
oporiyasidagi ziddiyatni bartaraf etadi.
Stereometriyada Demokrit asosiy atomlar element deb Demokrit
piramidani hisoblaydi. Barcha jismlar piramidalarga ajralishi mumkin.
Levkipp va Demokrit irratsional munosabatlarni inkor qilishadi. Barcha
matematik predmetlar jismlar, yuzalar, chiziqlar atomlardir, ya‘ni boʻlinmas
butun elementlardir. Ana shuning uchun ham irratsional munosabatlarning
boʻlishi mumkin emas.
Atomistlar hissiy va aqliy bilishni farq qiladilar. Atomlarni faqat
hissiyot asosida bilib boʻlmaydi. Buning uchun hissiyot aql tomonidan
chuqurlashtirilishi, toʻldirilishi zarur. Demak, hissiyot va aql qarama-qarshi
emas, oʻzaro aloqadadir.
Aristotel ―Demokrit aqlni haqiqatni biladigan kuch deb hisoblamaydi;
uni jon bilan almashtirib yuboradi‖
1
. Demokrit fikricha, bilishning ikki turi
1
Қ
аранг: ўша асар. - Б.332
112
mavjud: haqiqiy va qorongʻi. Qorongʻi, bu koʻrish, eshitish, ta‘m, badan va
hid sezgilari.
Demokritning mantiqiy fikrlari ―Kanon‖larda (Kanon – ―mezon‖ ,
―qoida‖ da ifoda etilgan. Unda bilishning uch mezoni farqlanadi: 1) hissiy
bilishga oid, 2) tafakkur, 3) xohlangan va xohlanmaganlar (uning yordamida
predmetga yaqinlashamiz yoki uzoqlashamiz). Jon va nafas mexanik
muvozanatda boʻladi, hayot ana shunga asoslanadi - ya‘ni hayotning
oʻlimga qarsxiligi.
Demokrit bir tomondan xudolar toʻgʻrisidagi tasavvurlarga qarshi
chiqadi, ikkinchi tomondan, ularning mavjudligini tan oladi. Uning fikricha,
havo – barcha olovli atomlarning makoni. Havo faqat joylashadigan oʻrin
emas, u hayot uchun nafas olish va nafas chiqarish uchun zarur. Havo
olovli duma‘loq atomlarning uyirmali harakatidan hosil boʻladigan obrazlar
bilan toʻlib toshgan. Ular xudolar boʻlib, mustaqil, uzoq yashaydigan,
parchalanmaydigan xususiyatlarga ega. Ular odamga oʻxshamaydi.
Xudolarning ba‘zilari yaxshilikni keltiradi, boshqalari yomonlikni. Oʻz
ovozlari, koʻrinishlari bilan xudolar odamlarga ularning kelajagi toʻgʻrisida
ogohlantiradi.
Demokrit madaniyatga rivojlanish maqomini beradi. Madaniyat tabiat
rivojlanishining davomidir. San‘at–tabiatga taqlid qilish demakdir.
Demokrit etikasining aksiomasi va asosi: ozod grek jamiyatidan
ajralgan individ emas, balki shahar–davlat fuqarosidir, degan fikrdan
iborat. Yaxshi boshqariladigan davlat - bu yaxlit saqlanib turuvchi davlat,
u buyuk tayanch. Shuning uchun ham davlat manfaatlari yakka kishilar
manfaatlaridan yuqori turadi. Demokrit fikricha, polisdagi kambagʻallik
monarxiyadagi boylikdan afzal. Lekin demokratiya hamma vaqt ham yaxshi
hayotni kafolatlamaydi. ―Na san‘atga, na donishmandlikka ularni
oʻrganmasdan turib, erishib boʻladi‖. ―Hayotning maqsadi – ruhning, jonning
yaxshi oʻrnashib olishi‖.
Donishmandlik uch narsani keltiradi: yaxshi fikrlash, yaxshi gapirish,
yaxshi amallar qilish. Xulq,atvor aql bilan bogʻliq, u bilan belgilanadi.
E‘tiborga eng loyiq narsa – ehtirosga berilmaslik, vazminlikdir. Dono odam
yovuzlikdan ham ezgulikni ajrata oladi, agar u ana shunga loyiq ilmga ega
boʻlsa. Misol: chuqur havza koʻp munosabatda foydali, lekin unda choʻkib
ketish xavfi bor, ya‘ni u ziyon. aynii paytda undan (zarardan) qutilish
vositasi bor, bu – suzishga oʻrganish.
Bilim – ―ruhning yaxshi oʻrnashishiga‖ xalaqit beradigan narsalarni
bartaraf etuvchi vosita.
Demokrit tasodifni inkor qiladi. Uning fikricha, inson sababini
bilmagan hodisa va jarayonlarni tasodif deb oʻylaydi. Oʻzining ijtimoiy-
siyosiy qarashlarida faylasuf quldorlik aristokratiyasiga qarshi chiqib, antik
demokratiya‘ni ulugʻlaydi.
113
Do'stlaringiz bilan baham: |