102
falsafaga nafaqat shunchaki haqiqatni izlash yoʻli, balki alohida hayot tarzi-
inson ruhiy mavjudligining sharti deb ham qaralgan.
Antik falsafaning
ibtidosi Miletlik Fales
(mil. av. 625
–
547-yillar)
qarashlarining shakllanishi bilan bogʻlanadi. Uning xronologik yakuni esa,
Rim imperatori Yustinian ―Afinadagi falsafiy maktablarni yopish toʻgʻrisida‖
kredet chiqargan Milodiy 529-yil sanasi bilan belgilanadi. Gʻoyaviy
mazmuni va harakteri, ayniqsa falsafiy mushohada yuritish usuliga koʻra
qadimgi Sharq falsafiy ta‘limotlaridan farq qiluvchi antik falsafada insoniyat
tarixidagi olamni ratsional tushunishga boʻlgan ilk urinishlar kuzatildi. U
yaratgan tafakkur uslubi keyinchalik vujudga kelgan ilgʻor sivilizatsiyalar
uchun asos boʻlib xizmat qildi. Antik falsafa taraqqiyotini shartli toʻrt
bosqichga ajratib oʻrganiladi: 1) Yunon falsafasi shakllana boshlagan ilk
davrlardan Mil. Avv. IV asrgacha boʻlgan muddatni oʻz
ichiga qamrab
oluvchi ―suqrotgacha boʻlgan davr‖; 2) Mil. Avv. V asrdan mil.Avv.IV
asrning oʻrtalarigacha davom etgan ―mumtoz davr‖ bu davrda Suqrot,
Aflotun, Arastularning ijodi vujudga kelib, keng tarqaldi; 3) Mil. Avv. IV asr
oxirlari va Mil. Avv. II asr oraligʻida rivoj topgan ta‘limotlarga nisbatan Ellin
falsafasi atamasi qoʻllaniladi; 4) Mil. Avv. II asr oraligʻida taraqqiy topgan
antik donishmandlik Rim davri deb ataladi. Antik falsafa bir qator oʻziga xos
xususiyatlarga ega:
1. Antik falsafa asosida obyektivizm tamoyili yotadi. Aniqrogʻi,
subyekt obyektdan alohida ajratilib, undan yuqori qoʻyilmaydi. 2.
Antik
falsafani moddiy-hissiy kosmologizm sifatida tavsiflash mumkin. Antik
falsafaning ontologik gʻoyalari Oʻrta asrlardagi singari mutloq shaxsga emas,
hissiy kosmosga tayanadi. 3. Antik falsafa panteistik xususiyatga ega boʻlib,
unda xudo va tabiat aynanlashtiriladi. Unga koʻra, kosmos mutloq ilohiylik
hisoblanadi. Tabiat xudolar tomonidan yaratilmagan, aksincha, ularning oʻzi
tabiatning bir qismi sanaladi. Odamlarga oʻxshagan Yunon xudolari tabiiy
stixiyalarni aks ettiradi. 4. Kosmos zarurat bilan shartlangan. Insonga
nisbatan qoʻllanilganda mazkur zarurat taqdir koʻrinishida namoyon boʻladi.
Ammo, Yunon falsafasiga koʻra insonlar birgina tabiat qonunlariga
boʻysunib emas, balki aqliy mushohadaga asoslanib ham yashashlari lozim.
Yunonlar xudolar oʻrnatgan qonunlarni ham tan
olgan holda aqlga tayanib
yashash gʻoyasini ilgari surganlar. 5. Inson kashfiyotlarining eng
muhimlaridan biri qonun hisoblanadi. Yunon falsafasida ta‘kidlanishicha,
qonun ustuvorligi oʻrnatilgan shahar davlat-
polis
hisoblanadi. Yunon
polislaridagi turli xalq yigʻinlari va sudlarda notiqlar tomonidan qoʻllanilgan
dalillash hamda xulosa chiqarish usullari kishilarning aql kuchiga boʻlgan
ishonchini yanada oshirdi. 6. Ijtimoiy hayotning fuqaroviy xarakteri va erkin,
faol ideal fuqaro obrazi Yunon falsafasida axloqiy qarashlar – amaliy
falsafaning shakllanishiga jiddiy ta‘sir koʻrsatdi. Muayyan insoniy xulq-atvor
tipiga qarab moʻljal olgan ushbu amaliy falsafada
kishilarning turmush
103
kechirish qoidalari, ezgu fazilatlari bilan bogʻliq gʻoyalar ilgari surildi. 7.
Yunon falsafasida mantiqiy, axloqiy va estetik qarashlarning oʻzaro ajralishi
roʻy berdi. Ammo, shunga qaramay, Yunon mutafakkirlari oʻz ta‘limotlarida
ularni asoslanmagan tarzda aynanlashtirishga moyil edilar. 8. Abstrakt
mushohada yuritish qadimgi Yunon falsafasining oʻziga xos xususiyati
boʻlib, antik mutafakkirlar dunyoqarash masalalarini tabiat, inson va xudoni
yaxlit tarzda idrok qilgan holda hal qilishga uringanlar.
Shu ma‘noda ularning ta‘limotlari Yunon falsafasiga dunyoqarash
harakterini baxsh etgan mifologiya bilan uzviy aloqadorlik kasb etgan.
Mifologiya hamma narsa nimadan tugʻilganligi
bilan qiziqsa, Yunon
faylasuflari dunyoda roʻy berayotgan narsa-hodisalarning bosh sababi-
ibtidosi nima ekanligini aniqlashga intilganlar. Suqrotgacha yashagan Yunon
faylasuflarining deyarli barchasi barcha hodisa va jarayonlarning birinchi
sababini topish, tabiatni tushuntirish hamda ayrimlari bilish muammolari
bilan shugʻullanganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: