Oʻrta asrlar Evropasida Uygʻonish davri va falsafiy tafakkurning
rivojlanish xususiyatlari.
Ba‘zida ―Uygʻonish davri‖ ata‘masi keng ma‘noda uzoq muddat davom
etgan ma‘naviy va ijodiy turgʻunlikning oʻrniga keluvchi tez, intensiv
madaniy rivojlanish ma‘nosida tushuniladi. VIII-IX asrlardagi Karolinglar
Renessansi, Evropada shaharlar taraqqiyoti bilan bogʻliq ravishda roʻy
bergan XII asr Renessansi, shuningdek, gruzin, eron, arman, arab, hind, xitoy
Renessansi haqida soʻz borganda atama ayni keng ma‘nosida qoʻllaniladi
deyish mumkin. Tor ma‘noda esa XIV asrda Shimoliy Italiyada boshlanib,
XVI asrda Gʻarbiy Evropaning kattagina qismiga yoyilgan hamda Antik
madaniyat ideallari va qadriyatlarining qayta ―uygʻonishi‖, qayta qadr topishi
bilan tavsiflanuvchi davr tushuniladi. ―Uygʻonish davri‖ atamasi xuddi
―Oʻrta asrlar‖ kategoriyasi singari nafaqat xronologik, balki ma‘naviy
mazmunga ham ega. Mazkur davrni ―Oʻrta asrlar‖dan ham, ―Yangi davr‖dan
ham ajratib turadigan aniq chegarani belgilash imkonini beruvchi uning
oʻziga xos jihati koʻproq ma‘naviy hayot sohasida namoyon boʻladi. Agar
ushbu oʻziga xoslik koʻzdan qochirilsa, ―Uygʻonish davri‖ni yo ―Oʻrta
124
asrlar‖, yo ―Yangi davr‖ning qismi sifatida olib qarash yoki boʻlmasa,
ularning oʻzaro almashinuv paytidagi nomustaqil davr oʻlaroq baholashga
toʻgʻri keladi.
Har qanday hayot voqe‘ligiga mutlaqning majozi namoyon boʻlish
shakli oʻlaroq qarash bu davrning eng asosiy ma‘naviy xususiyati sanaladi.
Oʻrta asrlarda xudo ayro holda, yangi davrda olam xudodan alohida tasavvur
qilindi. Uygʻonish davrida esa xudo va olam munosabatlari Foma Akvinskiy
tushuntirganidek, ―oqibatdan sababga‖ yoʻnaltirilgan tarzda emas, aksincha,
obrazdan proobrazga, majozdan ma‘noga, hodisadan mohiyatga tomon
yoʻnalgan tarzda talqin etildi. Bruno va Kampanella hayotlariga oʻlim xatari
tahdid qilgan kezlarda ham, hatto qiynoqlar ostida jon taslim qilganlarida
ham oʻzlarining haqiqatga nisbatan shaxsiy qarashlari va borliqni ilmiy bilish
borasidagi huquqlari uchun emas, insonning, olam va undagi narsalarning
ilohiy qadr-qimmati uchun kurashganlar. Ular bu qarashni nafaqat
inkvizitsiya, balki tabiatdan yaxlit, toʻlaligicha iste‘mol qilish tarafdori
boʻlgan endigina etishib kelayotgan korchalon tadbirkorlar oldida ham qat‘iy
turib himoya qilganlar. Uygʻonish davrida roʻy bergan tabiatga
munosabatning oʻzgarishi Nikolay Kuzanskiyning: ―Olam – markazi hamma
joyda, chegarasi esa hech qaerda boʻlmagan sfera (soha) dir‖, degan
soʻzlarida yaqqol ifodasini topadi. Garchi mazkur ta‘kid Neoplatonizmni
yuzaga keltirgan boʻlsa ham, uni uygʻonish davriga yaqin deyish mumkin.
Oʻrta asrlarda borliq Aristotel metafizikasi va Ptolamey
kosmologiyasiga muvofiq ravishda cheklangan, oʻtib boʻlmas ―qoʻzgʻalmas
yulduzlardan iborat makon‖ koʻrinishida tasavvur etilgan. Oʻsha zamonlar
insonining aqli ham, tasavvuri ham cheksizlik oldida ojiz qolgan. Ta‘bir joiz
boʻlsa, cheksizlik Oʻrta asrlar tafakkurini sarosimaga solgan deyish mumkin.
Ehtimol shundan ham ular olamni oʻz aqliy imkoniyatlariga mos holda
cheklangan shaklda tasavvur qilgan boʻlsalar ajabmas. Garchi Yer olam
markazida tursa ham, unga oy ostidagi nur singan koʻrinishda tushadigan
(nur erga oy orqali tushishi nazarda tutilmoqda) borliqning qismi deb
qaraganlar. Oʻrta asrlar odamini orzu-umidga toʻla nigohini koʻkka qadagan
inson obrazida tasvirlash mumkin. Aniqrogʻi, ular – ―Oʻrta asr kishilari‖ –
oʻz istak va intilishlari roʻyobini osmon bilan bogʻlab, oʻlim esa uning badali
deb bilganlar. Jism toʻsiqlariga (materiya‘ning) erdan yulduzlar ruhi tomon
qochish lozim boʻlgan. Obrazli qilib aytganda, yangi davrga kelib olam hech
qanday chek va chegaraga ega emas deb tushunildi. Aql va iroda garchi
cheksizlikni tan olsa-da, hali-hanuzundan sarosimada edilar. Hamon aql
cheksizlikni toʻla tasavvur qilishga ojiz edi. SHu sababdan yangi davrda
insoniyat fanni qalqon qilib koʻtardi. Markazning yoʻqligi boshlangʻich
nuqtaning, ma‘noning, hayot tayanchlarining yoʻqligini anglatardi.
Uygʻonish davriga kelibgina insoniyat anglanmagan tarzda boʻlsa-da,
cheksizlik haqida oʻylab koʻra boshladi. Uygʻonish davri kishisi tabiatning
125
har nuqtasida xudo namoyon, ―har jabhada markaz mavjud‖, shuning uchun
ham butun olam tayanch, hayot va ma‘noga toʻla, deb hisoblardi. Uygʻonish
davri mutafakkirlari jonli mavjudotlarning cheksiz darajada turli-tuman
shakllarini bilishgan, shuning uchun ham har qanday olam sayyoralar va
yulduzlarda hayot kechirish uchun qulay shart-sharoit mavjud deb
hisoblashgan. Ular kosmosni xalq bilan toʻla muhabbat va uygʻunlik
hukmron boʻlgan goʻzal shahar sifatida tasavvur qilganlar. Tabiatga
munosabat masalasida XIX asr romantiklari va Shellinggacha boʻlgan davr
yangi zamon falsafasining uygʻonish davridan koʻra Oʻrta asr tafakkuri bilan
yaqinligi koʻproq koʻzga tashlanadi: tabiatga nisbatan yuqoridan turib past
nazar bilan qaralgan, nari borsa, unga befarq munosabatda boʻlingan.
Insoniyatning ehtiyoji, ayniqsa, moddiy ehtiyojini qondirish uning eng asosiy
vazifasi sanalgan. Tabiat oldidagi ulkan hayrat, uning ulkan e‘tirofi, haqiqiy
bilimga chanqoqlik va tabiatga ham shu yoʻsinda munosabat bildirish,
uygʻonish davri dunyoqarashining oʻziga xos xususiyatlari oʻlaroq namoyon
boʻladi. Tabiatni bilish hamda u orqali oʻzlikni va uning yaratuvchisi
boʻlmish xudoni bilishni anglatgan. Uygʻonish davrida erkakka nisbatan ayol,
ayniqsa, uning yaratish – ―tugʻish‖i tabiatga yaqinroq deb hisoblangan.
Qolaversa, yuqoridagi tabiatga oid mulohazalar ayolga ham taalluqli. Oʻrta
asrlarda esa ayolga yovuzlikning uyasi deb qaralgan edi. U vaqtlarda undan
mumkin qadar qochish, uni iloji boricha jilovlab turish zarur, degan fikr keng
targʻib qilingan. Bu esa zaminiy, mislsiz goʻzallik sohibasi boʻlmish oʻsha
zamon Madonnasi timsolini yuzaga keltirdi. Bulardan tashqari, Uygʻonish
davrining quyidagi oʻziga xos xususiyatlarini ham ajratib koʻrsatish mumkin:
Yunonlar va rimliklardan soʻng Evropa sahnasiga chiqqan German
qabilalari qanchalik yuksak madaniy taraqqiyotga erishgan boʻlmasinlar,
antik sivilizatsiyadan keyingi butun boshli davr uygʻonish davri
mutafakkirlari tomonidan ―Varvarlar davri‖ deb baholandi. Bu uyqudan
uygʻongani uchun Gʻarb koʻp jihatdan Sharq oldida qarzdor sanaladi.
Uygʻonish davridan oldingi asrda Portugaliyadan Gʻarbgacha, Indoneziyadan
Sharqqacha boʻlgan hududga yoyilgan arab-musulmon olami yuksak
madaniy qadriyatlar va an‘analarning tashuvchisi boʻldi. Salb yurishlari
davridayoq oʻsha zamonlarda musulmon dunyosining qalbi sanalgan Quddusi
sharifda evropalik ritsarlar oʻzlarining ma‘rifatli raqiblaridan koʻp narsani
oʻrgangan edilar. Keyinchalik arab mamlakatlari bilan savdo aloqalarining
yoʻlga qoʻyilishi, madaniy qadriyatlar, badiiy did va ilmiy-falsafiy
gʻoyalarning oʻzaro almashinuviga xizmat qildi. Italyan gumanistlari Oʻrta
asr an‘analari va qadriyatlari, ta‘lim darajasi, ayniqsa, iste‘moldagi til –
―xalqchil lotin tili‖ga varvarlikning sarqiti sifatida qaraganlar. Hali salb
yurishlari davrida ―haqiqiy iymon‖ – xudoga toʻgʻridan-toʻgʻri, bevosita
murojaat, Isoning hayoti va oʻlimi bilan belgilanuvchi muddat bilan
cheklanardi. Evropalik ziyoratchilar esa bir qancha qotib qolgan iymon
126
aqidalaridan chekinib, nisbatan jonliroq, nisbatan hayotiyroq shakllarini
qabul qila boshladilar.Keyinchalik ruhning alanga misol intilishiga monand
barcha rasmiy chegaralarni sidirib tashlaydigan yangi iymon shakllarini
targʻib etuvchi Avliyo Bernar, avliyo Fransisk Assizskiy singari avliyolar
paydo boʻla boshladi. XIV–XVasrlarda evropaliklar xudoni anglash va diniy
ma‘noda oʻzlikni bilish borasida shunday nozik nuqtaga etib kelgandilarki,
bunchalik oʻtkir hissiyotni na Oʻrta asrlarda, na yangi davrda uchratib
boʻlmasdi. Hatto oddiy xalq ham e‘tiqodning nozik jihatlarini qizgʻin
muhokama qilardi. Bir toʻda Flagellantlar (Flagellantlar – ―qamchilovchilar‖,
XIII–XIVasrlar, ayniqsa, 1348-yil ―qora vabo‖ avjiga chiqqan paytlarda
Germaniya va Italiyada keng tarqalgan tanani azoblash orqali gunohlardan
poklanishni targʻib qiluvchi birodarlar) shaharma-shahar izgʻib yurardi.
Taqvodorlikning tashqi – inson ichki dunyosi bilan bogʻliq boʻlmagan,
cherkov vositasida amalga oshiriladigan shakli oʻz umrini oʻtab boʻlgandi.
Endi har bir kishi yaratuvchi va oʻz qalbi oʻrtasida ichki aloqa bogʻlashga
intiladigan vaqtlar kelgandi. Uygʻonish davrining etakchi mutafakkirlari
oʻzlarigacha xristianlik paytlarini bid‘at va irim-sirimlar zamoni deb hisoblay
boshladilar. Ayniqsa, e‘tiqod va oʻzlikni anglash borasida katta oʻzgarishlar
fursati etganini bot-bot ta‘kidlardilar.
Buyuk geografik kashfiyotlar davri. Uygʻonish davriga kelib, madaniy
hayotda ham, sivilizatsiya rivojida ham birdek katta burilish roʻy berdi. XIV–
XVI asrlarda hayot sur‘atlarining keskin oshishi, Evropa xalqlari turmush
tarzining tubdan oʻzgarishi, ularning tor, mahalliy hududlar chegarasidan
chiqib, butunjahon miqyosida faoliyat koʻrsatishiga sabab boʻlgan ulkan
kashfiyotlar qilindi. Bular orasida eng muhimlari sifatida kompas, porox
hamda kitob chop etishning yoʻlga qoʻyilishini koʻrsatish mumkin.
1. Kompas. Kompasning kashf etilishi dengizchilarga katta tavakkal
bilan ummon orqali oʻzlariga noma‘lum oʻlkalarga ham suzib borish
imkonini berdi. Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli dunyo hududining Oʻrta
asrlarda tasavvur qilingandan birmuncha kengligi ma‘lum boʻldi, harakatsiz
yulduzlar sohasi – qotib qolgan borliq haqidagi hayollar barham topdi.
Insoniyat tafakkuri ―Yer qobigʻi‖dan tashqariga chiqib, cheksizlik sari
intilardi. Inson yangitdan oʻzini ―dunyo fuqarosi‖ oʻlaroq tasavvur qilib,
―global dunyoqarash‖ sohibiga aylana boshladi.
2. Porox. Evropada poroxning kashf etilishi (u kompas singari
allaqachon Xitoyda kashf etilgan edi) bilan, uni turli vayronkor qurollar: toʻp
va zambaraklar, oʻqotar qurollar yasashda qoʻllanila boshladi. Hatto
Venetsiya‘ning zambarak va yadrodan tashkil topgan qurol-aslahalari uning
harbiy qudrati ramzi va Sharq bilan oʻzaro savdo va madaniy aloqalarining
tayanchi ekanligi toʻgʻrisida afsona ham mavjud.
3. Kitob chop etishning yoʻlga qoʻyilishi. Evropada birinchi marta
XVasrda kitob nashr etilgan. Biroq bunday kitoblar nisbatan birmuncha
127
qimmat va kamyob boʻlgan. Tommazo Kampanellaning gʻururlanib: ―XVII
asrda oʻtgan besh ming yildagidan koʻra koʻproq kitob chop etildi‖, deb
aytgan soʻzlarida jon bor.
Davrning asosiy yutuqlari sirasiga yuksak mahorat bilan ishlangan
haykaltaroshlik, me‘morchilik va tasviriy san‘at namunalarining yaratilishi,
Lyuterning diniy islohoti kabilar kiritiladi. Antik falsafaning yangitdan
chuqur tadqiqi Uygʻonish davrining falsafiy fikr sohasidagi ulkan
xizmatlaridan sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |